Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti


Partiyalarning yoshlar, ayollar va tadbirkorlar huquqlari bilan faoliyati



Yüklə 459,5 Kb.
səhifə12/16
tarix17.06.2022
ölçüsü459,5 Kb.
#117015
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
BMI TAYYOR Dildora (2)bbbb

2.3. Partiyalarning yoshlar, ayollar va tadbirkorlar huquqlari bilan faoliyati

So‘nggi yillarda va hozirgi vaqtga kelib mamlakatimizda yoshlar siyosati, xotin-qizlarni qo’llab quvatlash gender tengligi masalalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va o’z faoliyatini boshlamoqchi bo’lib turgan tadbirkorlarni qo’llab quvatlash mamkatimizda investitsion muhitni yaxshilash maqsadida ko’plab qarorlar qabul qilinmoqda.


Mamlakatimizda Yoshlarini ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligi oshirish ularni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish ulardan munosib kadrlar zaxirasini shakillantirish maqsadida mamkataimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar huzurida “Yoshlar qanoti” va Oliy majlis qonunchilik palatasi huzurida “Yoshlar parlamenti” tashkil etildi.
2017-yil 7-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonning 4-bandida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur Farmonning 1-bandi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida band (4.5-band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.
Shuningdek jamiyatimizda ayollar faoligini oshirish ularning siyosiy elitasini ustahkamlash gendir tengligini taminlash maqsadida partiyalar qoshida “Ayollar qanoti” ijtimoiy guruhlarining tashkil etilganligi mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Xususan davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning quyidagi so'zlaridan bilishimiz mumkin - "Barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu - avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi" Xotin-qizlarga e'tibor hamma vaqt barcha sa'y-harakatlarimiz markazida bo'lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak ekani anglashimiz mumkin.
Partiyalar huzurida tashkil etilgan “Ayollar qanoti”, “Faol ayollar” qanoti harakatlari jamiyatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, bandligini ta’minlash maqsadlarini ko‘zlab, izchil faoliyat yuritib kelmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Ijtimoiy-iqtisodiy faollik oshishi natijasida har bir ayol o‘z iste’dodi va qobiliyatini keng namoyon etadi, oilasi farovonligi uchun sidqidildan mehnat qiladi, tanlagan sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shadi. Shu tariqa jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bugun jamiyatning biror sohasi yo‘qki, unda xotin-qizlarning ishtiroki bo‘lmasa. Viloyatlarda “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan «Bibixonim» va «Ayol deputatlar» klublari tashkil etilgan. Unda davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini kuchaytirish, partiyadoshlar orasidan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar tayyorlash, kadrlar bilan ishlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida interfaol usullarda muntazam ravishda davra suhbati, seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar ayollarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish imkonini kengaytiradi.
Jamiyatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, xotin-qizlar va bosh aholi qatlamlarini faol tadbirkorligini qo’llab quvatlash maqsadida ko’plab loyhalar ishlab chiqilib jamiyatga tadbiq etilmoqda.

Yüklə 459,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin