Toshkent−2015 Tuzuv ch i-muallifla r: Umida Masharipova, Mashrabxon Umarova, Dilnoza Baynazarova, Manzura Nabiyeva Taqrizchila r



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə9/17
tarix14.07.2018
ölçüsü1,52 Mb.
#56744
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17

IV.Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

97-mashq.Yonma-yon berilgan soʻzlarni oʻqing. Shu soʻzlarning birinchi tovushini talaffuz qilib, qiyoslang. Qaysi tovushni talaffuz qilganingiz­da shovqin va ovoz, qaysilarida esa faqat shovqin eshitiladi?

Dil — til, gul — kul, joy — choy, jala — chala, zina — sina, vaza — fazo.

Soʻzlarni koʻchiring. Yonma-yon berilgan soʻzlar ma’nosini farqlayotgan harflarning tagiga chizing.

Oʻqituvchi: “Men jufti bilan aytgan soʻzlar qaysi tovush bilan farqlanishini ayting”, topshirigʻini berib, soʻzlarni jufti bilan oʻqiydi: bol−pol, vaza−fazo, gul−kul, dil−til, joy−choy, zina−sina; oʻquvchilar soʻzlarni farqlayotgan tovushlarni jufti bilan aytadilar, qiyoslab aytib koʻradilar: bp, vf, gk, dt, jch, zs.

Ular tovushlarning aytilishi va soʻz ma’nosini farqlashni kuzatib, oʻqituvchi yordamida b, v, g, d, j, z tovushlarini aytganda, shovqin va ovoz ham eshitilishini, ularning jufti boʻlgan p, f, k, t, ch, s tovushlarini aytganda esa faqat shovqin eshitilishini aniqlaydilar. Xulosa chiqariladi: oʻzbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning juftlari bor.

Mavzuni mustahkamlash maqsadida multimediali ilovada trenajyor mashqidan foydalanish.

Gulzorga kapalak uchib keladi. Ekranga yaqinlashgach, kapalak kattalashadi. Kapalakning tana qismida undosh harflar beriladi. Kapalak tilga kirib, oʻquvchilarga topshiriq beradi. Kapalak tanasida quyidagi harflar beriladi: b, d, g, v, z, gʻ, j, j, l, m, n, r, y, ng, p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h.

Oʻquvchilar oʻng qanotidagi “jarangli undoshlar”ga b, d, g, v, z, gʻ, j, j, l, m, n, r, y, ng ;chap qanotidagi “jarangsiz undoshlar”ga p, t, k, f, s, x, ch, sh, q, h harflarini joylashlari kerak


Sirli kataklarni toʻldir” ta’limiy oʻyini.

Oʻquvchilarga kataklarni toʻldirib, tovushdosh soʻzlar hosil qilish vazifasi topshiriladi. Masalan: toy soʻzini soy soʻzigacha davom ettirish talab etiladi.

Namuna:

1. Otning bolasi toy.

2. Tuproqning suvli aralashmasi loy.

3. Oʻrin-maska joy.

4. Yogʻning ma’nodosh soʻzi moy.




o

y




o

y




o

y




o

y




o

y




o

o




o

y




o

y




t

o

y

l

o

y

j

o

y

m

o

y

v

o

y

ch

o

y

y

o

y

s

o

y




98-mashq sharti asosida bajariladi. Jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlarni aniqlash yuzasidan mashq oʻtkaziladi. Soʻzlar oʻqitiladi.

Gul − kul, barg − park, vahm − fahm, jim − chim.

Juftlab berilgan soʻzlarning birinchi tovushini talaffuz qiling. Ular qanday tovushlar?

Javob na’munasi: gul-kul soʻzlarida g jarangli, k uning jarangsiz jufti.

Bargpark soʻzlarida: b jarangli, p uning jarangsiz jufti.

Vahmfahm soʻzlarida: v jarangli, f uning jarangsiz jufti.

Soʻzlar tovush-harf jihatdan tahlil qilinishi.

Namuna:

gul – 3 ta tovush, 3 ta harf, 1 ta unli, 2 ta undosh, 1 boʻgʻinli soʻz;

u – unli tovush; g – jarangli undosh; ljarangli undosh.

kul – 3 ta tovush, 3 ta harf, 1 ta unli, 2 ta undosh, 1 boʻgʻinli soʻz;

u –unli tovush; k – jarangsiz undosh; ljarangli undosh.

Lugʻat ishi:

vahm qoʻrquv, ruhiy bezovtalik

fahm insonning tushunish, anglash, ongli sezish qobiliyati



98-mashqda xurmolarda soʻzlar beriladi. Bunda topshiriqning shartini bajarishda qush xurmo mevasini daraxt ostidagi savatga solishi kerak. Meva savatga solingach, mevadagi soʻz savat tashqarisiga koʻchadi.

Bolajonlar, mevalarimdagi soʻzlarni oʻqing. Qushga mevalarni terib savatga joylashda yordam bering. Buning uchun savatda berilgan soʻzlarning birinchi jarangli undoshiga koʻra daraxtdagi mevalarda berilgan soʻzlardan jarangiz jufti bilan boshlanadigan soʻzlarni topib, tartib bilan ikkinchi savatga joylang.

Savatdagi soʻzlar: gul, barg, vahm, jim, dil, zina.

Mevalardagi soʻzlar: kul, park, fahm, chim, til, sina.

V. Darsga yakun yasash va baholash.

  • Jarangli undosh tovush jarangsiz undosh tovushdan nimalar bilan farqlanadi?

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanib dars yakunlanadi.

VI .Uyga vazifa berish. 99-mashq.
46-DARS
Dars mavzusi: Tekshiruvchi va tekshiriluvchi soʻz (103−104-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: tekshirish lozim boʻlgan soʻzni aniqlash (topish), tekshiruvchi soʻzni tanlash; tekshirilgan va tekshiruvchi soʻzlardagi undosh harfni taqqoslash koʻnikmasini oʻstirish.

Tarbiyaviy: milliy sharqona odob-axloq qoidalariga amal qilish.

Rivojlantiruvchi: ogʻzaki va yozma nitqni rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, so‘zlar kesmasi., mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

102-mashq matnidagi soʻzlarni oʻqitiladi.

Soʻz top” ta’limiy oʻyini otkaziladi. Shakllar ichidagi boʻginlardan tekshiriluvchi soʻz hosil qilish va yozish aytiladi.


Xur










bi



Soʻzlar: Xurshida, sabab, avlod, hisob, Habiba.





III. Yangi mavzu bayoni:

Tekshiruvchi va tekshirilgan soʻzlardagi undoshlarni taqqoslash.

103-mashq. Tushirib qoldirilgan harflarni nuqtalar oʻrniga qoʻyib koʻchirishda, tanlangan harfning toʻgʻriligi qanday tekshirilishi soʻraladi. Oʻquvchilar soʻz oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish uchun undoshdan soʻng unli tovush qoʻshib aytadilar.

Halol mehnat — moʻl daromad. Mehnatda sinalgan elda aziz. Oʻz aybini bilgan mard .

Ushbu mashqni multimediali ilova asosida bajarish.

Ekranda 103-mashq matni quyidagi tartibda beriladi. Oʻquvchilar berilgan jadvaldagi soʻzlarning tushirib qoldirilgan harflarini nuqtalar oʻrniga qoʻyishlari kerak.

Oʻz aybini bilgan – ... .

d


d
aroma .


Mehnatda sinalgan – elda

...

mar.

... – bilim bulogʻi.(t, d)


tuzsi. (s, z)

Halol mehnat – moʻl ...

azi.(s, z)

... bir yashaydi, ilmli ming


yashaydi.

Odo. (b, p

... – oltindan qimmat



Ilmsi.(s, z)

Doʻstsiz boshim - ... oshim.

Kito.(b, p)

Maqollarni oʻqib, nuqtalar oʻrniga maqollar mazmuniga mos soʻzlarni joylaydilar.

Oʻz aybini bilgan – mard.




Mehnatda sinalgan – elda aziz.




Kitob –bilim bulogʻi.




Halol mehnat – moʻl daromad.




Ilmsiz bir yashaydi

ilmli ming yashaydi.


Odob

oltindan qimmat.


Doʻstsiz boshim – tuzsiz oshim.







IV.Mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash.

104-mashq. Tekshirish kerak boʻlgan soʻzlar oʻqitiladi. Ko‘chirishdan oldin tekshirish nima uchun kerakligi soʻraladi.

Tekshiruvchi soʻzni oʻqing. Qaysi soʻz oldin yoziladi, tekshiruvchi soʻzimi yoki tekshiriluvchi soʻzimi?

Ozod, Umid, Obid, Ziyod, Xurshid. Kitob, maktab, hisob, sabab, gʻolib.

Yozilishi tekshiriladigan harfning tagiga chizish, oldin tekshiruvchi soʻzni, keyin yozilishi tekshirilgan soʻzni yozish tushuntiriladi: OzodaOzod, sababisabab… .

Mashqni bajarishda multimediali ilovadan foydalanish.


104-mashqdagi soʻzlar beriladi. Oʻquvchilar ushbu soʻzlarga tekshiruvchi soʻz topishlari lozim.

Aziz oʻquvchilar, soʻz oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish uchun undosh tovushdan soʻng unli tovush qoʻshib aytamiz. Oxirida undosh harfdan keyin unli harf qo‘shilgan soʻz tekshiruvchi soʻz hisoblanadi.

It: Bolajonlar, berilgan soʻzlarni yozilishini tekshirishda undoshdan keyin “i” unlisi qoʻshiladigan soʻzlarni mening doskamga joylashtiring.

Ayiq: Bolajonlar, berilgan soʻzlarni yozilishini tekshirishda undoshdan keyin “a” unlisi qoʻshiladigan soʻzlarni esa mening doskamga joylashtiring.
Namuna:

Ozoda

Ziyoda

Xurshida

Umida

Obida


Ozod hisob

Ziyod sabab

Xurshid kitob

maktab Umid

gʻolib Obid


maktabi

gʻolibi

hisobi

sababi

kitobi





Ha-yoʻq” oʻyinini oʻtkazish.

1.Oʻzbek tilida faqat undosh tovushlar boʻladi. (Yoʻq)

2.Oʻqish darslarida faqat she’rlarni yod olamiz. (Yoʻq)

3.Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahri. (Ha)

4. Alifboda 29 ta harf bor. (Ha)

5. “Vatan bu...” she’rining muallifi Poʻlat Moʻmin. (Ha)

6. Faqat bir tovushni bildiruvchi harf bu “j” harfi? (Yoʻq)

V. Darsga yakun yasash va baholash.

Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar baholanib, dars yakunlanadi.

VI.Uyga vazifa berish. 105-mashq.
48 - DARS
Dars mavzusi: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar (108–109-mashqlar).

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: soʻz oxirida aytilishda tushib qoladigan d va t undoshli soʻzlarning toʻgʻri aytilishi va imlosi haqida koʻnikma hosil qilish, oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli soʻzlarning toʻgʻri aytilishi va yozilishini kuzatish.

Tarbiyaviy: odob-axloq qoidalariga xos sifatlarni oʻquvchilarning kundalik ehtiyojiga aylantirish.

Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.

Dars turi: yangi bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy oʻyin.

Dars jihozi: darslik, ragʻbatlantirish uchun kartochkalar, harflar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Yozma ishda yoʻl qoʻyilgan xatolar ustida ishlash.




III. Yangi mavzu bayoni.

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli soʻzlarni talaffuzi va yozilishini kuzatish. Oʻzbek tilida ikki har xil undosh yonma-yon keladigan soʻzlar mavjud. Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli rost, doʻst, xursand, payvand kabi soʻzlardagi d, t undosh tovushlar ba’zan aytilmaydi (talaffuz qilinmaydi), ammo yoziladi. Dasturga koʻra oʻquvchilar nutqida koʻp qoʻllanadigan, ularning faol lugʻatiga aylangan ayrim soʻzlar misolida bunday soʻzlarning aytilishi va yozilishi haqida oʻquvchilarda koʻnikma hosil qilish koʻzda tutiladi.

Soʻzlar oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan soʻzlarni yozdirish, aytilishi va yozilishini qiyoslash.

Bir soʻz bilan ayting:

    • Oʻzbekistonning markaziy shaharining nomi. (Toshkent)

    • Biror oʻsimlikni boshqa oʻsimlik tanasiga ulab oʻtkazish usuli. (Payvand)

    • Ota-onaning oʻgʻil va qizi. (Farzand)

    • Tana qoʻyib, shoxlar chiqarib oʻsadigan oʻsimlik. (Daraxt)

Oʻquvchilar aytgan soʻzlarni oʻqituvchi doskaga yozib boradi.

  • Shu soʻzlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?

Oʻqituvchi qisqa tushuntiradi: oʻzbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan soʻzlarni aytganimizda ba’zan soʻz oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu soʻzlarni yozganda asliga muvofiq oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, doʻst, gʻisht kabi yoziladi.

Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi koʻnikmani shakllantirish. 108-mashq sharti asosida bajariladi.

Xursan... , balan... , darax... , pas... , farzan... , payvan... , ros... , doʻs... .

  • Shu soʻzlarning aytilishi va yozilishida qanday farq bor?

Demak, Samarqand, farzand, doʻst, daraxt kabi soʻzlar oxirida kelgan d, t tovushlari ba’zan aytilmasa ham yoziladi.

Oʻquvchilarga soʻzlar beriladi, berilgan soʻzlarni bir-biriga bogʻlab, gap tuzish vazifasi topshiriladi, talaffuzda tushib qoladigan soʻzlar toptiriladi.

1. xursand, boʻldi onasi, Maftunadan.

2.Toshkentda binolar koʻp baland.

3. Shohruh, buzilib qolsa, velosipedini, tuzatadi, oʻzi.

4. Samarqand, shahri, qadimiy.

Basketbolning shitlarida d, t harflari yozilgan boʻladi. Basketbol toʻplarida 108 - mashqdagi soʻzlar beriladi. Bola nuqtalarga mos keladigan shitga toʻpni joylaganda soʻz shitda hosil boʻladi. Agar soʻz notoʻgʻri shitga otilsa, toʻp setkaga tushmasdan joyiga qaytadi.

Samarqand, farzand, doʻst, Toshkent kabi soʻzlar oxirida kelgan d, t tovushlari talaffuz qilinmasa ham yoziladi.

IV. Mavzuni mustahkamlash

Darslik bilan ishlash. 109 - mashq. Oʻqituvchi she’rni oʻqib beradi, oʻquvchilarga talaffuzda tushib qoladigan d va t undoshli soʻzlarni aniqlash topshirigʻini beradi. Oʻquvchilar Toshkent, poytaxt, baland, farzand soʻzlarini aniqlaydilar (zarur boʻlsa, oʻqituvchi yordam beradi).

She’rning keyingi olti qatorini koʻchirish va ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning yozilishini yodda tuting. Soʻzlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash bilan talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosi haqidagi koʻnikmani mustahkamlash.

110 - mashq.Tez va toʻgʻri oʻqing.

Olti juft oq chinni choynakka toʻrt juft koʻk qopqoqni, toʻrt juft koʻk chinni choynakka olti juft oq qopqoqni yopib boʻladimi?

  • Qaysi soʻzlar oxiridagi undosh tovush aytilmasa ham yoziladi?

110-mashqdagi tez aytish oʻquvchi tomonida videotasvirda namoyish etiladi. Namoyish jarayoni tez aytish matni oʻquvchi yonidagi ekranda yoziladi.

Tez va toʻgʻri oʻqing. Qaysi soʻzlar oxiridagi undosh tovush aytilmasa ham yoziladi?

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin