Bosh harflar
-
Bosh “U” harfi ikki unsurdan iborat boʻlib, birinchi unsuri usti va osti ilmoqli uzun tayoqcha hamda ikkinchi unsuri osti ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat;
-
Bosh “L” harfi bir butun shaklda, usti ilmoqli osti halqali toʻlqinsimon uzun qiya tayoqcha qoʻl harakatini uzmay yoziladi va oʻzidan keyin harflar bilan oson bogʻlanadi.
-
Bosh “J” harfi toʻlqinsimon chiziqcha osti ilmoqli uzun tayoqcha unsurlarga ajratilmay bir ustun shaklda yoziladi.
-
Bosh “I” harfi qoʻl harakatini uzmay bir ustun shaklda yoziladi
-
Bosh “M” harfi uch unsurdan iborat boʻlib, yozishda va bogʻlashda qoʻl harakati uzilmaydi.
-
Bosh “N” harfi uch unsurdan iborat boʻlib, unsurlarga ajratilmay bir ustun shaklda yoziladi. Ammo kichik harflar qoʻshimcha unsur bilan bogʻlab, yozishda qoʻl harakati uzib yoziladi.
-
Bosh “K” harfi ikki unsurdan iborat boʻlib, ikkinchi unsuri ham usti ham osti ilmoqli tayoqchadan iborat, keyin kichik harflar bilan oson bogʻlanadi;
-
Bosh “H” harfi unsurlarga ajratilmay, bir ustun shaklda yoziladi. Uning pastki va ustki halqalari bir xil boʻlishi lozim.
-
Bosh “A” harfi unsurlarga ajratilmay bir ustun shaklda yoziladi. Buning uchun daftar chizigʻining yuqorisiga ruchkaning uchini qoʻyib, pastki chiziqcha yarim oy shakli tushiriladi. Uni harf quyaligiga nisbatan tikroq qilib, yuqoriga davom ettiriladi va daftarning yuqori chizigʻiga yetkazmay turib, pastga 75 daraja qiyalikda toʻgʻri tayoqcha unsuri tushiriladi va qoʻl harakatini uzmay turib shu chiziq boʻyicha yana yuqori koʻtarib belbogʻi yoziladi.
-
Bosh “D” harfini yozishda qoʻl harakati uzilmaydi va bir butun shaklda yoziladi. Ammo kichik harflar bilan qoʻshimcha chiziqcha bilan bogʻlanadi.
-
Bosh “O” harfi katta toʻliq oval shaklida yoziladi. Kichik harflar bilan pastdan yordamchi chiziq orqali bogʻlanadi.
-
Bosh “Oʻ” harfi bosh “O” harfiga koʻndalang toʻlqinsimon chiziqcha chizilsa “Oʻ ” harfi hosil boʻladi.
-
Bosh “Q” harfi “O” harfi ostiga halqali unsurni qoʻshib yozish orqali hosil boʻladi.
-
Bosh “X” harfi oʻng va chap tomonga qaragan katta yarim oval shakldan iborat boʻlib, bu harfni yozishda qoʻl harakati uzilmaydi.
-
Bosh “Ch” harfi katta yarim ovalga kichik “h” harfini bogʻlab yozish orqali hosil boʻladi.
-
Bosh “E” harfining tashqi koʻrinishi sodda boʻlsa ham yozilish usuli ancha murakkab, chunki bu harfning harakati soat miliga qarshi yurgizishni talab etadi. Bu harfning yuqoridagi yarim oval unsuri pastki unsuriga nisbatan kichikroq boʻladi.
-
Bosh “S” harfi kichik “s” harfi shaklida boʻlib undan ikki barobar katta yoziladi.
-
Bosh “Sh” harfi katta “S” harfiga kichik “h” harfini qoʻshib yozilsa, “Sh” harfi hosil boʻladi.
-
Bosh “Z” harfi bir butun shaklda yoziladi va boshqa kichik harflar bilan oson bogʻlanadi.
-
Bosh “V” harfi kichik “v” harfi shaklida boʻlib, faqat oʻlchamining kattaligi bilan farq qiladi.
-
Bosh “G” harfi ikki unsurdan: toʻliq ovalva osti tugunchakli tayoqchadan iborat boʻlib, kichik harflar bilan bogʻlab yozishda qoʻl harakati uzilmaydi.
-
Bosh “Gʻ ” harfi bosh “G” harfi ustiga kichik toʻlqinsimon chiziqcha qoʻyilsa bosh “Gʻ ” harfi hosil boʻladi.
-
Bosh “Y” harfi ikki unsurdan iborat boʻlib, birinchi unsur usti va osti ilmoqli kichik tayoqcha, ikkinchi unsur esa osti halqali uzun tayoqcha qoʻl uzmasdan yoziladi.
-
Bosh “T” harfi ikki unsur: osti ilmoqli uzun tayoqcha va boshlanish qismi ilmoqli uzun tayoqchaning koʻndalang shaklidan iborat boʻlib, yozishda qoʻl harakati uziladi. Soʻzni yozib boʻlib, bosh “T” harfining ikkinchi unsuri yoziladi.
-
Bosh “F” harfi “T” harfidan oʻrtasidagi toʻlqinsimon chiziqli belbogʻi bilan farqlanadi.
-
Bosh “P” harfi ikki unsurdan: osti ilmoqli uzun tayoqcha va koʻndalang katta yarim oval shakldan iborat.
-
Bosh “B” harfi uch unsurdan: birinchi unsur osti ilmoqli uzun tayoqcha, ikkinchi va uchinchi unsur yarim ovaldan iborat;
-
Bosh “R” harfi uch unsurdan: birinchi unsur osti ilmoqli uzun tayoqcha, ikkinchi unsur yarim oval va uchinchi unsur usti va osti ilmoqli kichik tayoqchadan iborat.
Test topshiriqlaridan namunalar
Hurmatli oʻqituvchilar, oʻquvchilaringiz ona tili fanidan olayotgan bilimlarini tekshirmoqchi boʻlsangiz, ushbu testlar sizga albatta yordam beradi.
Testlar oʻquvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir.
Qoʻllanmadagi keltirilgan testlar o‘quvchining ona tili fanidan oʻrgangan nazariy bilimlarini mustahkamlashga va tahlil qilish mahoratini tekshirishga moʻljallangan. Ushbu testlar 2-sinf ona tili dasturi va darsligi boʻyicha tuzilgan. Har bir boʻlim uchun berilgan test topshiriqlarining javob kalitlari ham berilgan.
Oʻquvchi mustaqil ravishda oʻzini oʻzi tekshirishi va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladi.
TEST
Gap va soʻz
1. Gapning birinchi soʻzi qanday harf bilan yoziladi?
A) kichik harf bilan
B) kichik va bosh harf bilan
D) bosh harf bilan
2. Gapning oxiriga qanday belgilar qoʻyiladi?
A) nuqta, undov va soʻroq belgilari
B) vergul, undov va soʻroq belgilari
D) nuqta, chiziqcha va soʻroq belgilari
3. Siz muzey tomosha qilganmisiz? Bu qanday gap?
A) undov gap
B) soʻroq gap
D) darak gap
4. Kishilarning ismi va familiyasi, hayvonlarga qoʻyilgan nomlar qanday harflar bilan yoziladi?
A) kichik harf bilan
B) kichik va bosh harf bilan
D) bosh harf bilan
5. Tovushlar nima bilan ifodalanadi?
A) harflar bilan
B) tovushlar bilan
D) soʻzlar bilan
6. Alifboda nechta unli tovushlar bor?
A) 6 ta
B) 3 ta
D) 29 ta
7. Nima boʻgʻin hosil qiladi?
A) unli harflar
B) harflar
D) bir unli tovush
8. Bir qop un, ichida ustun. Topishmoqning javobini toping?
A) tuxum
B) jiyda
D) behi
9. Tutuq belgisi tushib qolgan soʻzlar qatorini belgilang.
A) surat, qatiy, alo
B) baxt, olam, mehmon
D) oʻqish, ariq, koʻcha
10. Boʻgʻin koʻchirib bo‘lmaydigan soʻzlar qatorini belgilang.
A) oyna, qalam, echki
B) tuya, olma, archa
D) oʻrik, oʻqish, eshik
11. Oʻzbek tilida qanday undosh tovushlar bor?
A) jarangli
B) jarangsiz
D) jarangli va jarangsiz
12. Jarangli tovushlarni talaffuz qilganda nima eshitiladi?
A) Shovqin va ovoz eshitiladi.
B) Faqat shovqin eshitiladi.
D) Faqat ovoz eshitiladi.
13. Qaysi tovushlar talaffuz vaqtida tushib qoladi?
A) b va p tovushlari
B) d va t tovushlari
D) s va z tovushlari
14. Xato yozilgan soʻzlar qatorini belgilang.
A) tabbasum, pila, novot
B) izzat, sayyora, chaqqon
D) tayyor, xizmat, arra
15. Tinchlik _____, sogʻlik_____. Chiziqchalar oʻrniga mos keladigan soʻzlar qatorini belgilang.
A) bor, bor
B) taxt, baxt
D) bolsa, boʻladi
Test kaliti
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Jami:
|
D
|
A
|
B
|
D
|
A
|
A
|
D
|
B
|
A
|
D
|
D
|
A
|
B
|
A
|
B
|
|
Soʻz
1. Soʻzlar nimani bildiradi?
A) Shaxs va narsaning sanogʻini, tartibini bildiradi.
B) Shaxs va narsaning ikkinchi darajali boʻlagini bildiradi.
D) Shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, sanogʻini bildiradi.
2. Shaxs va narsaning nomini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Qanday? Qanaqa?
B) Kim? Nima?
D) Nechta? Qancha?
3. Qanday soʻzlar kimlar? va nimalar? soʻrogʻiga javob boʻladi?
A) Birdan ortiq shaxsni va narsani bildirgan soʻzlar.
B) Uchtadan ortiq shaxsni va narsani bildirgan soʻzlar.
D) Bir qancha shaxsni va narsani bildirgan soʻzlar.
4. Shaxs va narsalarning nomini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Kim? Nima?
B) Qancha? Nechta?
D) Kimlar? Nimalar?
5. Birdan ortiq shaxsni va narsani bildirgan soʻzlar qatorini belgilang.
A) kabutar, kitob, quruvchi
B) quruvchilar, togʻlar, oʻquvchilar
D) sholgʻom, dehqon, quyosh
6. Dilshodning doʻsti unga kitob sovgʻa qildi. Ushbu gapdan nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzni belgilang.
A) kitob
B) doʻsti
D) sovgʻa qildi
7. Qanday soʻzlar bosh harf bilan yoziladi?
A) Shahar, qishloq, koʻcha, daryo nomlari.
B) Kishilarning ismi va familiyasi, hayvonlar nomi.
D) Barcha javoblar toʻgʻri.
8. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Qanday? Qanaqa?
B) Kim? Nima?
D) Nima qildi? Nima qiladi?
9. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻzlar qatorini belgilang?
A) yashnadi, gullaydi
B) koʻm-koʻk, koʻkardi
D) mayin, yoqimli
10. Tikuvchi koʻylaklarni _________ va _________ . Gapdagi chiziqcha oʻrniga mos soʻzlarni toping.
A) oʻqiydi, yozadi.
B) bichadi, tikadi
D) davolaydi, qaraydi
11. Oʻquvchi maktabda nima qiladi?
A) oʻqiydi, yozadi
B) oʻynaqdi, kuylaydi
D) uxlaydi, choʻmiladi
12. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan soʻz ishtirok etgan gapni belgilang.
A) Alisher Navoiy gʻazallar mulkining sultoni.
B) Sinfda a’lochi oʻquvchilar koʻp.
D) Nigora gullarni parvarish qiladi.
13. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Nima qildi? Nima qiladi?
B) Kimlar? Nimalar?
D) Qanday? Qanaqa?
14. Nuqtalar oʻrniga mos soʻzni topib maqolni davom ettiring.
Koʻz − …, qoʻl − …
A) kuchsiz, xolsiz
B) qoʻrqoq, botir
D) ravshan, kuchli
15. Gapdagi shaxs va narsaning belgisini bildirgan soʻzni toping
Aziza juda iqtidorli oʻquvchi.
A) Aziza
B) oʻquvchi
D) iqtidorli
16. Chiroyli soʻziga ma’nodosh soʻz qatorini toping.
A) ajoyib
B) goʻzal
D) yoqimli
17. Bahor fasliga mos boʻlgan soʻzlar qatorini aniqlang.
A) sovuq, oppoq, muzdek
B) sap-sariq, mazali, issiq
D) koʻm-koʻk, mayin, iliq
18. Shaxs va narsaning sanog‘ni bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Nima qildi? Nima qiladi?
B) Nechta? Qancha?
D) Qanday? Qanaqa?
19. Shaxs va narsaning tartibini bildirgan soʻzlar qanday soʻroqqa javob boʻladi?
A) Qanday? Qanaqa?
B) Nechta? Qancha?
D) Nechanchi?
Test kaliti
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
Jami:
|
D
|
B
|
A
|
D
|
B
|
A
|
D
|
D
|
A
|
B
|
A
|
D
|
D
|
B
|
D
|
B
|
D
|
B
|
D
|
|
Nutq. Matn
1. Nutq nimalardan tuziladi?
A) boʻgʻinlardan
B) gaplardan
D) soʻzlardan
2. Tipratikan qish uyqusidan _________. Chiziqcha oʻrniga mos soʻzni toping?
A) uxlaydi
B) kuylaydi
D) uygʻonadi
3. Nima mehnatni juda sevadi?
A) odam
B) yer
D) osmon
4. Mehnat kishini nima qiladi?
A) sevadi
B) oʻstiradi
D) ulugʻlaydi
5. Qaysi gap mazmunan notoʻgʻri tuzilgan?
A) Kapalak eng uzoq umr koʻradigan hasharot.
B) Baliqlar suvda yashaydi.
D) Ayiq oʻrmonda yashaydi.
6. Nutq nima uchun kerak?
A) Shaxs va narsa haqida xabar berish uchun kerak.
B) Shaxs va narsa haqida biror ma’limot olish uchun kerak.
D) Shaxs va narsa haqida yozish uchun kerak.
7. Matn deb nimaga aytiladi?
A) Mazmunan oʻzaro bogʻlanmagan bir necha gap matn deyiladi.
B) Mazmunan oʻzaro bir-biriga yaqin gap matn deyiladi.
D) Mazmunan oʻzaro bogʻlangan ikki yoki bir necha gap matn deyiladi.
8. Kunduz nurin sochadi,
Kechga borib qochadi. Topishmoqning javobini toping?
A) soat
B) quyosh
D) kitob
9. Ushbu gapning asosini toping? Dehqon ekin ekadi.
A) dehqon ekin
B) ekin ekadi
D) dehqon ekadi
10. Ushbu gapning asosini toping?
Erta tongda sayroqi qushlar sayradi.
A) erta tong
B) qushlar sayradi
D) sayroqi qushlar
Test kaliti
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Jami:
|
B
|
D
|
B
|
D
|
A
|
D
|
D
|
B
|
D
|
B
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
-
I.A. Karimov. Barkamol avlod − Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori («Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»). – T.: Oʻzbekiston, 1997. 64-b.
-
I.A. Karimov. Oʻzbekiston mustaqillikka erishsish ostonasida. –T.: Oʻzbekiston. 2011. 69-bet.
-
T. Gʻafforova. Boshlangʻich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, Oʻquv qoʻllanma. − T.: Tafakkur, 2011.
-
K. Qosimova, S. Matjonov, X. Gʻulomova, Sh. Yoʻldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili oʻqitish metodikasi. − T.: TDPU, 2009.
-
“Boshlangʻich sinflarning takomillashtirilgan davlat ta’lim standarti”. Boshlangʻich ta’lim, 2006. 5-son.
-
Oʻzbek tilining izohli lugʻati, I−V tomlar
-
K. Qosimova, S. Fuzailov, A. Ne’matova. Ona tili, 2-sinf uchun darslik. − T.: Choʻlpon, 2014.
-
K. Qosimova, A. Ne’matova. 2-sinfda ona tili darslari uchun oʻqituvchi kitobi. − T.: Choʻlpon, 2008.
-
A. Ne’matova, Tarqatma materiallar. − T.: Oʻqituvchi, 2008.
-
V. Gʻulomov, Husnixat, 2-sinf, − T.: Choʻlpon, 2001.
-
Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. Diktantlar toʻplami, − T.: Niso poligraf, 2012.
-
A. Abdurahmon, Gʻaroyib avtobus. − T.: Oʻqituvchi, 2012.
-
B. Toʻxliyev. Soʻzdan soʻz yasa yana sana. − T.: Bayoz, 2013.
MUNDARIJA
Soʻzboshi………………………………………………………………….
|
| -
Boshlangʻich sinfda “Ona tili” fanini oʻqitishning maqsad va vazifalari……
|
|
Metodik qoʻllanmaning tuzilishi……………………………………………..
|
|
2-sinfda husnixat daqiqalarini tashkil etish………………………………….
|
|
Ta’lim jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib oʻtiladigan dars namunalari va tavsiyalar
|
|
1-dars. Gap va soʻz (1−4-mashqlar)………………………………………...
|
|
2-dars. Gap va soʻz haqida umumiy ma’lumot (5−7-mashqlar)…………
|
|
8-dars. Unli tovushlar va harflar (16−17-mashqlar)………………………
|
|
9-dars. Unli tovushlar. A va o unlilari (19−20-mashqlar)……………….
|
|
10-dars. U va i unlisi (22−23-mashqlar)……………………………………
|
|
11-dars. Unli tovushlar va harflar(25−26-mashqlar)……………………
|
|
Undosh tovushlar va harflar……………………………………………….
|
|
17-dars. Harf birikmalari (37−38-mashqlar)………………………………
|
|
J tovushi va harfi…………………………………………………………….
|
|
22-dars. H va x tovushli soʻzlarning talaffuzi va yozilishi (46−48-mashqlar)…………………………………………………………………….
|
|
Bayon – bolalar nitqni oʻstirishning yuksak shakli sifatida…………….
|
|
23-dars. Matnni savollar yordamida ogʻzaki va yozma qayta hikoyalash (bayon; 50-mashq)…………………………………………...
|
|
24-dars. Tovushlar va harflar yuzasidan mustahkamlash mashqlari……
|
|
25-dars. Tutuq belgisi (‘) (55−56-mashqlar)………………………………..
|
|
Alifbo…………………………………………………………………………
|
|
Boʻgʻin. Boʻgʻin koʻchirish…………………………………………………
|
|
37-dars. Boʻgʻin − soʻzning qismi (73−76-mashqlar)……………………….
|
|
38-dars. Soʻzlarni boʻgʻinga boʻlish (78−82-mashqlar)…………………….
|
|
39-dars. Boʻgʻin koʻchirish (83−86-mashqlar)………………………………
|
|
41-dars. Harf birikmali soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratish (91−93-mashqlar)…..
|
|
42-dars. Nazorat ishi…………………………………………………………
|
|
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar…………………………………...
|
|
46-dars. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi soʻz (103−104-mashqlar)……….
|
|
Boshlangʻich sinfda rasm asosida insho yozishga oʻrgatish usullari……
|
|
48-dars. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar (108−109-mashqlar)……
|
|
Soʻz ichida ketma-ket keladigan bir xil undoshlar……………………….
|
|
50-dars. Soʻz ichida ketma-ket keladigan bir xil undoshlar (116−117-mashqlar)…………………………………………………………………….
|
|
Shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlar………………………………...
|
|
58-dars. Shaxs va narsa nomini bildirgan soʻzlar (136−140-mashqlar)
|
|
60-dars. Mustahkamlash mashqlari (145−148-mashqlar)..........................
|
|
63-dars. Soʻzlarga soʻroq berish va ularni guruhlash (149−152-mashqlar)........................................................................................................
|
|
66-dars. Yaqin ma’noli soʻzlar bilan tanishtirish, oʻrganilganlarni mustahkamlash (158−161-mashqlar)...........................................................
|
|
67-dars. Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf (162−164- mashqlar).........................................................................................................
|
|
73-dars. Rasmlar va berilgan reja yordamida hikoya tuzish (173−174-mashqlar)…………………………………………………………………….
|
|
74-dars. Hayvonlarga qoʻyilgan nomlarda bosh harflar (175−178-mashqlar)........................................................................................................
|
|
74-dars. Shahar, qishloq, koʻcha, daryolarga qoʻyilgan nomlarning imlosi (182−184-mashqlar)…………………………………………………
|
|
Shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar……………………………..
|
|
80-dars. Shaxs va narsa harakatini bildirgan soʻzlar (188−191-mashqlar)……………………………………………………………………
|
|
Shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar…………………………………
|
|
93-dars. Shaxs va narsa belgisini bildirgan soʻzlar (215−218-mashqlar)........
|
|
94-dars. Qanday?, qanaqa? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar. Qarama- qarshi ma’noli soʻzlarni kuzatish (230−233-mashqlar)...............................
|
|
Shaxs va narsaning sanoq va tartibini bildirgan soʻzlar............................
|
|
105-dars. Narsa va shaxsning sanogʻi va tartibini bildirgan soʻzlar ........
|
|
Nutq. Matn. Gap.............................................................................................
|
|
109-dars. Gap (245−246-mashqlar).............................................................
|
|
110-dars. Gapdagi tinish belgilarning vazifasi (247−249-mashqlar.).....
|
|
116-dars. Gapning asosi. Gapda soʻzlarning bogʻlanishi (256−258-mashqlar)
|
|
117-dars. Gapda soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishini aniqlash.......................
|
|
120-dars. Nutq haqida umumiy tushuncha. Ogʻzaki va yozma nutq (269−272-mashq)
|
|
127-dars. Rasmlarga qarab reja asosida matn tuzish va uni yozish (286−288-mashqlar)…………………………………………….
|
|
Test topshiriqlaridan namunalar………………………………………………..
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….
|
|
Dostları ilə paylaş: |