Tulki bilan Chumoli



Yüklə 15,79 Kb.
tarix15.03.2023
ölçüsü15,79 Kb.
#124114
Tulki bilan Chumoli


Tulki bilan Chumoli
Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor tulki har kuni qorinim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bohona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi.
Tulki hirmonning bug’doyga to’lib ketganini ko’rib, Chumolini aldab, hosilning barini o’zi olmoqchi bo’libdi.
Chumoli do’stim, shuncha bug’doyni tahsimlab o’tirishning nima keragi bor? Kel, yaxshisi, quvlashmachoq o’ynaymiz. Hirmonga kim birinchi bo’lib yetib kelsa, hamma hosil o’shaniki bo’lsin, — debdi.
Chumoli biroz o’ylanib, nihoyat, rozi bo’libdi.
Yonma-yon turishibdi.
Qani, bo’lmasa boshladik! — deya Tulki qichqiribdi-da, hirmon tomon yugurib ketibdi. Lekin chumoli ham bo’sh kelmabdi. U Tulkining dumiga yopishib olibdi.
Tulki hirmon oldiga yetib kelibdi-da, silkinibdi. Shunda Chumoli sirg’alib tushibdi-da, bug’doy ustiga chiqib olib, o’sha yerdan gap boshlabdi:
Hoy, Tulki, namuncha imillamasang?
Tulki sarosimaga tushib qolibdi: Qachon kela qolding?
Allaqachon! Men dam olishga ham ulgurdim, sen bo’lsang, hali ham hansirab turibsan.
Shunday qilib Tulki yengilib, boshqa xiyla o’ylab topolmay jo’nab qolibdi.
Chumoli barcha hosilni omborga toshib olib, qishda uni bir chekadan yeb yotaveribdi. Dangasa Tulki bo’lsa butun qish och qolibdi.


Piyozvoy nega homush?
Oshxonada savlat toʻkib turgan jovon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurunga kirishibdi.
Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sarigʻayib pishgan pomidor boshlabdi:
Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin olma”, goh pomidorim – hammasi dorim, deb erkalaydi. Shifobahshligim boyis men odamlarga juda kerakman!
– Qoʻying, Pamidorxon, koʻp ham maqtanmang, bar bir kamina-yu kamtarin Kartoshkabekga hech bir sabzavot foydalilikda teng kelolmaydi. Menichi, istasa yogʻda qovuradi, istasa suvda qaynatadi. Agar hoxlasa, poʻrga koʻmib pishirishlari mumkin. Har qanday holatda ham totli boʻlib pishaman. Aytmoqchi, men “S” vitaminining koniman. – Shu payt Sholgʻomoy yanoqlarini qizartirib gapga chogʻlanipdi:
– Kartoshkabek, maqtanishda Pamidorxondan qolishmaysiz! Har holda siz aytgan “moʻjizalar”, bizning ham qoʻlimizdan keladi. Maqtanadigan odatim yoʻgʻ-u, biroq oshxona bekasi oʻgʻli Sanjarbek shamollaganida dori bermaydi, sholgʻomni qasqonda dimlab yediradi. Ertasi kuni qarabsizki, Sanjarbek otday! Xullas, baxslashmay qoʻyaveringlar. Chunki foydalilar foydalisi menman!
– Voy-voy Sholgʻomoy, maslahatim, sal oʻpkangizni bosvoling?! Mening oshxonadagi oʻrnim beqiyos, – gap boshladi Sabzivoy, – bilib qoʻyinglar, taomlar shohi – palovxontoʻraga maza beradigan menman. Ha, aytgandek, men ham darmon dorilarga boy sabzavodman…
Sabzavotlar bir-birlariga gal bermay oʻzlarini maqtashaveribdi. Ammo toʻniga oʻralib olgan Piyoz miq etmabdi. Shunda Kartoshkabek:
– Piyozvoy sen nimaga jimsan? – deb soʻrabdi. Piyozvoy esa:
– Munisa doim ukasi Sanjarga “Sen oʻzingni maqtama, seni birov maqtasin”, deydi. Men esa… – hali gapini aytib ulgurmagan bechora Piyozvoyni suhbatdoshlari tort tomonidan baqirib oʻtakasini yoribdi.
– Nima-nima? Seningcha biz maqtanchogʻ-u, sen kamtar va maqtanishga emas, maqtashga arziguliksan, shundaymi? – debdi Pomidorxon suzilipgina.
Jaxldan uning oftob koʻrmay sarigʻaygan yonogʻi ham qizarib ketibdi.
– Yoʻq-yoʻq, aslo! Doʻstlarim, aksincha, men oʻzimni na maqtanishga, na maqtashga arzishimni aytmoqchi edim. Siz meni notoʻgʻri tushindingiz. Kechiringlar… Axir oshxona bekasi ham meni yigʻilab-yigʻilab toʻgʻraydi. Xullas, men tufayli xafa boʻlishadi, yigʻlashadi… – xijolat boʻlibdi Piyoz.
Shu payt oshxonaga dastiyor qiz Munisa kirib jovonni ochibdi. Kerakli sabzavotlardan idishiga solibdi.
Munisa kechki ovqatga shoʻrva pishiribdi. Munisaning dadasi shoʻrvani ishtaha bilan ichayotib: – Oh, oh, oh!!! Juda mazali chiqibdi. Rostdan ham oʻzing pishirdingmi? Buning siri nimada ekan-a, qizim?! – debdi.
– Darmon - dorilarga boy boʻlgan piyozda, dadajon. Maktabda pazandachilik maxoratidan mashgʻulot boʻldi. Ustozimizning aytishicha, taomning shirin chiqishida piyozning oʻrni beqiyos ekan. Shuning uchun oshpazlarning erkasi ekan. U shamollaganda va burin bitganda qoʻllanilsa, kasallik tum - taraqay qocharkan. “Yigʻlab-yigʻlab” toʻgʻrash esa koʻz uchun ayniqsa foydali ekan. Bara piyoz ham odamlar sogʻlikiga foyda berarkan.
– Voy, mening dono qizim-ey! Barakalla!!! Bundan keyin ovqatga ham, achchiq-chuchuka ham koʻproq piyoz sol. Ham mazzali, ham foydali boʻladi.
– Xoʻp boʻladi, dadajon!
Piyozvoy haqidagi maqtovlarni eshitip, kovsadagi boshqa sabzovotlar uyalib qolishibdi.
Yüklə 15,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin