"Tumaris expo" startaplar koʻrgazmasi Press-relizi



Yüklə 19,04 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü19,04 Kb.
#126833

“Tumaris.expo” startaplar koʻrgazmasi
Press-relizi

Raqamlashtirish insoniyat hayotining barcha jabhalariga yildan-yilga faolroq kirib bormoqda. Insonlar hayotini osonlashtiradigan, ko‘plab davlat idoralari ishini tezlashtiradigan va iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradigan texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.


Biroq ko‘p yillar davomida dunyoda, jumladan, O‘zbekiston IT sanoatida gender nomuvozanatligi kuzatib kelindi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida IT Park Tumaris.Tech loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash, startap jamoalarini ishtirokchilarga o‘z mahsulotlarini bozorda yanada ilgari surish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga o‘rgatish edi. Tumaris.Tech o‘zining bir necha yillik faoliyati davomida Markaziy Osiyo darajasiga chiqdi va xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
2023-yil 11-mart kuni Astrum IT Akademiyasida “Tumaris.Tech Expo” Markaziy Osiyo startap ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda butun mamlakat bo‘ylab 17 ta startap-loyiha taqdim etiladi. Taqdim etilgan startaplar orasida “Tumaris.Tech” dasturlari loyihalari ham boʻladi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, IT Park direktori Farhod Ibragimov, USAIDʼning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Iqtisodiy o‘sish va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining vaqtinchalik direktori Yuliya Sandu, Beeline Uzbekistan Bosh direktori Anjey Malinovski, shuningdek, O‘zbekistondagi yirik kompaniyalari vakillari, OAV, blogerlar, investorlar, O‘zbekiston tadbirkorlari va IT Parkʼning xalqaro hamkorlari ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida ayollarning texnologiya tadbirkorligini rivojlantirish imkoniyatlariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi. Konferensiya spikerlari:

  • Veon guruhining raqamli mahsulotlar boʻyicha direktori Jorj Xeld “Jahon IT bozoridagi tendensiyalar” mavzusi bilan;

  • “Plug and Play Uzbekistan”ning hamkorlar bilan ishlash boʻyicha menejeri Rano Sidikova “Ayollar startap loyihalarining jahon bozoriga ta’siri” mavzusi bilan;

  • Wonder Women ayollar hamjamiyati asoschisi Rada Islamova “Ayol tadbirkor sifatida” mavzusi bilan.

Konferensiya eng yaxshi startap loyihalari va hamkorlarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi, shundan so‘ng 10 ta loyiha o‘rtasida startap-battl boshlanadi.
Bundan tashqari, ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan qizlar o‘zlarining startap loyihalarini taqdim etadilar:

  • DermaMarker – bu neyrotarmoq yordamida tanadagi pigmentli teri lezyonlarini skanerlaydigan va ularning xavfini tahlil qiladigan platforma;

  • ADU24 – bu yuqori darajadagi xizmatni hamda keng assortimentdagi mahsulotlarni va xizmatlarni taklif qiluvchi koʻp toifali platforma;

  • Immunigide - umumiy qon tahlilining raqamli koʻrsatkichlarini matematik qayta ishlash orqali insonning immunitet holatini massiv tarzda aniqlash texnologiyasi;

  • Birge – bu ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga yordam beruvchi dastur.

  • Mavi – bu ijtimoiy zaif guruhlarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini yaratuvchi ish qidirish va xodimlarni tanlash xizmati;

  • EasyStep – bu IT sohasidagi kasblar bilan tanishish, mavzular boʻyicha testlar topshirish, tanlangan oʻqitish usullari boʻyicha tahsil olish va mentorlik qilish uchun ekspertlarni topish imkonini beruvchi ilova;

  • We in Crypto – markazlashmagan avtonom tashkilot boʻlib, uning faoliyati ayollar va yoshlarning raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish, NFT toʻplamlarini ishga tushirish va Web3 sohasida ayollar va yoshlar tomonidan boshlangan startaplar uchun inkubatsiya dasturlarini amalga oshirishni oʻz ichiga oladi;

  • MyHealth – bu sogʻliqni saqlash va hayot sifatini yaxshilash boʻyicha yordamchi dastur;

  • Tilzone – bu Qirgʻizistondagi birinchi onlayn til platformasi boʻlib, u oʻz platformasida toʻliq infratuzilmaga ega boʻlgan xorijiy tillarni oʻrganishning samarali usulini taklif qiladi;

  • Happy.kg – bu merchantlarga oʻz mahsulotlarini platforma orqali sotish, mijozlarga naqd va naqd pulsiz usulda toʻlash va sotib olish, shuningdek, boʻlib toʻlash yoki kredit orqali xarid qilish imkonini beruvchi marketpleys;

  • Growy Me – bu AI-kouching, interaktiv motivatsiya vositalari va qoʻllab-quvvatlash orqali maqsadlarga erishishda yordam beruvchi tizim;

  • Ayol Uchun – bu millionlab ayollarning hayotga, taʼlimga va shaxsiy oʻsishiga qarashlarini oʻzgartiruvchi platforma;

  • GradUz – taʼlim sifatini oshirish va talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan platforma;

  • My Dars – repetitorlarni topish uchun onlayn platforma;

  • Tutor ON – korporativ taʼlimga qaratilgan onlayn xorijiy tillar maktabi;

  • IbnSino – ITS siyosatini onlayn xarid qilish va shifokor qabuliga yozilish uchun ilova;

  • Vegan.uz – vegan taomlari va shirinliklarni ishlab chiqarish va yetkazib berish xizmati.

Yüklə 19,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin