Tuproq namunalari tuproq profilining morfologik tavsifini oydinlashtirish hamda laboratoriya – amaliy mashg’ulotlarda talabalar bilan turli analizlar qilish uchun mo’ljallangan.
Namunalar pastki qatlamdan boshlab navbati bilan olinadi. Chuqur kavlab bo’lingan zahoti ona jinsdan yoki pastki qatlamdan belkurak bilan birinchi namuna olinadi. Tuproq profili ta’riflab bo’lingach, yuqoridagi qatlamlardan namunalar olinadi. Yeng oxirida ustki qatlamdan namuna olinadi.
Ustki qatlamdan olingan namunaning og’irligi 300-400 g atrofida bo’lishi kerak, qolgan qatlamlardan 200 g dan namuna olish kifoya.
Namunalar olish texnikasi. Har bir qatlamning o’rta qismida taxminan 10 sm qalinlikdagi qatlam orasi belgilab qo’yiladi va undan old devorining butun eni bo’yicha pichoq bilan tuproq namunasi kesib olinadida qalin qog’oz varag’i ustiga qo’yiladi. Chirindili va haydalma qatlamlardan namuna qatlamning butun qalinligi bo’yicha olinadi. Agar chirindili qatlamning qalinligi 20 sm dan ziyod bo’lsa, u holda har 10 sm dan ikki-uch namuna olinadi.
Qog’oz yetiketkaga tuproq chuquri olingan viloyat, tuman, qishloq, maydonni, dala va chuqur nomerini, qatlamning qalinligini, namuna qanday chuqurlikdan olinganini qalam bilan yoziladi hamda sana va talabaning familiyasi ko’rsatilib, shu o’ralgan qog’oz namunaga o’rab qo’yiladi. Qog’ozga ham namuna olingan qatlam, uning chuqurligi, sanasi yoziladi.
Tuproq monoliti turli tumanlar tuproqlarining xususiyatlarini mukammalroq va har tomonlama o’rganishga imkon beradi.
Monolitlar olish. Monolit – 100 sm gacha chuqurdan (ba’zan esa bundan ham chuqurroqdan) tabiiy tuzilishini buzmagan holda tikkasiga kesib olingan tuproq namunasi hisoblanadi. Monolit olish uchun tashqi o’lchamlari 100 x 20 x 8 sm bo’lgan yog’och quti kerak bo’ladi. Qutining tubi va qopqog’i burama mixlar bilan mahkamlanadi, devorlarini esa mustahkam bo’lishi uchun temir qisqichlar bilan mahkamlagan ma’qul.
Monolit olish uchun chuqur 140-150 sm gacha chuqurlash-tiriladi, uning old devori yaxshilab tekislanadi.Chuqur devoriga qutining ichki o’lchamlariga mos hajmda tuproq ustuni kesib tushuriladi.Bu ustunga qutining ramasi kiydiriladi va unga qopqoqlardan biri burama mix bilan mahkamlanadi. Quti ichidagi tuproqning atrofi asta sekin kavlab tagigacha kesib tushuriladi va umumiy massadan ajratib olinadi. Monolit chuqurdan chiqarilgach ortiqcha tuproqni olib tashalanadi va qutining ustki chetlari bilan baravar qilinadi. Monolitga olingan tuproqning nomi, joyi yozilgan yetiketka qog’ozi qo’yiladi va qutining ikkinchi qopqoqi burama mix bilan mahkamlanadi.
Tuproqning morfologik belgilari aniqlanib, tuproqqa izox yozilganidan keyin, xar bir qatlamdan kvadrat shaklda namuna olinadi. Namuna olish joyi shu qatlam uchun taalluqli bo’lsin. Ikki kvadrat orasidan namuna olish yaramaydi. Namuna to’g’ri olinsagina natija to’g’ri chiqadi.
SHuning uchun namuna olishdan oldin chuqurning devori yaxshilab tozalanadi, so’ngra namuna olish joylari belgilanadi. Tuproqning xar qaysi qatlamidan bittadan, tuproq qalin bo’lganda ikkitadan namuna olinadi. Tuproq namunasining eng ostki qatlamdan boshlab oliish kerak. Aks xolda, ya’ni yuqoridan olinsa ostki qatlamlarni ifloslab, namuna buzilishi mumkin. Namuna xaydalma qatlamdan 0 – 10 va 10 -20 sm oraliqda olinadi. Agar qatlamning qalinligi 15sm dan kam bo’lsa, u xolda namuna 2 – 3sm qalinlikda olinadi.
Namunaning og’irligi 300 -500g dan kam bo’lmasligi kerak. Agar tuproqning ostki qatlami chuqur bo’lsa yoki chuqur qazilgandan keyin ichiga suvga to’yingan botqoq tuproqlarda parma (maxsus namuna olish asbobi) bilan olinadi. Olingan namuna xo’l yoki nam bo’lsa, soya joyda quritiladi. Sizot suvlari bo’lsa, suvdan butilkada 0,5 l chamasi namuna olinadi. Olingan namunalarni yorliq bilan birga o’rab ustidan kanop bilan bog’lanadi. YOrliqqa kolxoz yoki sovxozning nomi, tuproq chuqurining nomeri, namuna olingan qatlam qalinligi, yil, oy, kun yoziladi va imzo qo’yiladi.
YOrliq oddiy qalam bilan yozilib, tuproq o’raladigan qog’ozning uchiga o’raladi va bog’lanadi. So’ngra ximiyaviy qalam bilan yorliqda yozilgan xamma ko’rsatkichlar qog’oz ustiga qayta yoziladi. Bu ish bilan bir qatorda dala daftariga olingan namuna chuqurlari yozib boriladi. SHu bilan bir vaqtda agroxim kartogramma tuzish uchun xam namuna olib boriladi. Bunday namuna aralash namuna deyiladi. Aniqlanmoqchi bo’lgan joylardagi tuproqlarning murakkabligiga qarab 1:10 000 masshtabli joy bo’lsa, xar 5 -10 gektaridan, agar 1:25 000 masshtabli joy bo’lsa, xar 5 -10 gektaridan namuna olinadi.
Tuproqni tabiy sharoitda tekshirish shu territoriyaning iqlimi, relefi, sizot suvlari va uning sho’rlanish hamda tuproq qatlamlarining morfologik (tashqi ko’rinishi) belgilarini to’g’ri aniqlashni, tuproq ona jinsi xususiyatini o’rganishni talab etadi. Tuproqning qaysi tip va xilga mansubligini aniqlashda qatlamlarning morfologik belgilarini o’rganish ayniqsa kata ahamiyatga ega. Tuproqning morfologik belgilari shu qadar xarakterliki, ularni o’rganish bilan o’simlik yoki hayvonlar aniqlanganidek, tuprodagi minerallar ham aniqlanadi.
SHuning uchun ham tuproqning tashini o’rganish uning paydo bo’lishidagi biologik, fizik, ximyaviy, fizik-ximyaviy, bioximyaviy protsesslarni va unumdorlik darajasini aniqlashga yordam beradi.
Tuproqning tuzilishni, yani morfologik belgilarini dalada, tabiy sharoitda o’rganish zarurligini va bunga oid metodikani birinchi marta V.V dokuchaev taklif etgan hamda ishlab chiqqan.
SHuningdek teshirilayotgan territoriya tuprog’iga insonning tasir darajasi xarakteri (ishlash, sug’orish, o’g’itlash, tekislash va boshqalar) ham to’liq va puxta o’rganilgan bo’lishi lozim. Bulardan tashqari, ayrim tip va boshqa xildagi tuproqlar tarqalgan territoriyadagi sug’orish bilan bog’liq xususiyatlari hamda eroziya protsessiga doir materiallar ham o’rganilgan bo’lishi kerak. Tuproqni dalada tekshirish vaqtida to’plangan material qancha bo’lsa, tuziladigan tuproq kartasi shuncha aniq va yozilgan ocherklar ham ma’lumotlarga boy bo’ladi.
Tuproqlarni dalada tekshirish va ularning morfologik belgilarini o’rganishda asosiy chuqur (razrez), yarim chuqur va chuqurchalar qaziladi. Qazilgan chuqur tekshirilayotgan tuproqning va tuproq ona jinsining morfologik xossalarini to’liq o’rganishga yordam beradi. Uning chuqurligini tekshirilayotgan joy relefining xususiyatiga, sizot (grunt) suvining sathi va ona jins xarakteriga qarab 150-200 sm, ba’zan 300 sm, kengligi 60-80sm, uzunligi esa chuqurligiga mutanosib bo’lishi kerak.
Ayrim tuproq tiplarining joylanish chegarasini aniqlash va tuproqning yuza qatlamlarining muhim xossalarini o’rganish uchun yarim chuqur (25-75sm) qaziladi. Tekshirish vaqtida yangiliklar ko’rina boshlasa, yarim chuqur chuqurga aylantiriladi va to’liq yoziladi.
Chuqurcha (25-75 sm) asosan tuproq xillarini va ularning tarqalish chegaralarini aniqlash maqsadida qaziladi. CHuqur qazishda dalaning geomorfologik va boshqa xususiyati jihatidan xarakterli joyini topish kerak. Bunda dalaning relefi, o’simliklari, shuningdek, bo’z yoki qo’riq yer ekanligi, o’zlashtiriladigan yer bo’lsa, insonning ta’siri va ishlanish darajasi e’tiborga olinishi lozim. Dala relefi tekis bo’lsa kamroq, relefi notekis, o’simliklari turlicha, sho’rlanish va gurunt suvlari har xil bo’lsa, ko’proq chuqur qaziladi. Topografik asosning masshtabiga va tekshirishning maqsadiga muvofiq 1-2,5 yoki 10-15 ga yerdan bita chuqur qaziladi. Qazilgan chuqurlar kartaga tushirilib, nomer qo’yib boriladi. Dalada bir necha xil tuproq borligi aniqlansa, joyning relefiga qarab, yarim chuqur yoki chuqur qazish bilan tuproq xillari orasidagi chegara topiladi. CHuqurning quyoshga qora tomoni tik va silliq qilib, oftob tushmaydigan tomoni esa zinapoya qilib qaziladi.
Qazilgan tuproq chuquri va ayrim qatlamlarning morfologik belgilarini yozishdan oldin tekshirilayotgan territoriyaning (respublika, oblast, rayion, kolxoz va sovxozlarning) nomi kundalik daftarga yoziladi (daftar namunasi kitobning oxirida ko’rsatilgan). SHuningdek, bu joyning relefi, o’simliklari, sizot suvlari (chuqurligi va sho’rligi), karbonatli, gipsli qatlami, tuproq ona jinsi va boshqalar ham aniq ko’rsatiladi. So’ngra chuqurning kunga qaragan tomoniga diqqat bilan qarab tuproqning genetik qatlamlari va ularning qalinligi (sm hisobida), tusi, mexanik tarkibi, strukturasi, namligi, qovushmasi, yangi yaralmasi va qo’shilmasi aniqlanib daftarga yoziladi. Bunday muhim morfologik belgilar quyidagicha izohlanadi.