Tadqiqotchi Qodirov Bobur Qodirovichning 13.00.02 –Ta’lim vatarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Talabalarning ma’lumotlar bazasini yaratish kompetentligini takomillashtirishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanish metodikasi (kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatiga
T A Q R I Z
Pеdаgоgikаdа rаqаmli tехnоlоgiyаlаr аnсhа yоsh sоhа bо‘lishigа qаrаmаy, judа jаdаl rаvishdа о‘sib bоrmоqdа. Rаqаmli tехnоlоgiyаlаr tа’lim tizimining bаrсhа bоsqiсhlаri – mаktаblаr, tехnikumlаr, оliy о‘quv yurtlаridа tа’limni tаshkil еtish jаrаyоnigа muttаsil qо‘llаnilib kеlinmоqdа.
Dissertant bugungi kundagi dolzarb muammolaridan biri ya’ni talabalarga ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonini takomillashtirishni o‘ziga maqsad qilib olgan va rejali jihatdan uni ilmiy ish sifatida olib borgan.
Tadqiqot ishi asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiallarida olib borilgan.
Bugungi raqamli dunyoda barcha kasbiy sohalarni avtomatlashtirish jarayonlari keng ko‘lamda olib borilayotganligi sababli, ularning barchasini dasturiy ta’minot bilan bog‘lash zarur hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar esa o‘z-o‘zidan ma’lumotlar bazasi bilan chambarchas bog‘liqlikda ishlay. Shu sababli ham IT makonida ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan talab juda yuqori hisoblanadi. Tadqiqotchi tomonidan ham ilmiy ishning zamirida aynan shu kabi jihatlar hisobga olingan va uni takomillashtirish maqsadida ijobiy yechimlar ko‘rsatilgan.
Mazkur tadqiqot ishi bir muncha murakkab ham hisoblanib, kompyuter injiringi yo‘nalishi talabalarini ikkinchi kursdayoq dasturlash tillari bilan bog‘liqlikda o‘rgatilishini bosh maqsad qilib olgan. Kasbiy faoliyatni hisobga olib, talabalarni fanni oson va tushunarli o‘zlashtirishlari uchun an’anaviy o‘qitish texnologiyalaridan farqli o‘laroq zamonaviy o‘qitish texnologiyalar tanlab olingan. Har bir o‘qitish texnologiyalari asosli ravishda yoritilgan va fan doirasidagi misollar hamda fanning qaysi bir modullarida foydalanish kerakligi haqida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Raqamli ta’lim texnologiyalarining indikatorlarini hisobga olgan holda fanning mavzulashtirilgan qismlarida ijobiy to‘xtamlarga kelingan va uning Flipped Classroom texnologiyasini dars mashg‘ulotiga qo‘llash orqali sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining uslubiy-didaktik ta’minotini uyg‘unlashtirishga harakat qilingan. Uning natijasi sifatida esa raqamli ta’limni olib borish maqsadida o‘qitishning zamonaviy ta’lim platformasi yaratilgan. Ta’limning bu kabi platformalarini yaratish talaba yoshlardagi individual ishlash muhitini shakllantirish va mustaqil harakat qilishni yanada mustahkamlaydi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda styudent matematik-statistik metodidan foydalanilgan. Har bir turdagi amaliy ishlarning miqdorlari jadvallarda ko‘rsatilgan va ilmiy ishni yanada tushunarliroq ko‘rinishda tasvirlash uchun diagrammalardan va rasmlardan foydalanilgan. Dissertant ilmiy ishning oxirida ijobiy natijaga erishgan.
Tadqiqotchi B.Q.Qodirovning “Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dissertatsiyasiga qo‘yilgan talablarga javob beradi. Muallif pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.