Maktabgacha ta'lim Davlat ta'lim dasturiga qo'shimcha bo'lgan maktabgacha ta'lim 3yoshdan 5yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan. Biron juda yosh bolalarniham qabul qiladigan muassasalar mavjud. Bolalar tarbiyalanishni "yasli"da yoki bolalar bog'chasida boshlashi va tayyorgarlik sinfida davom ettirishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni to'liq kun yoki yarim kunga berishi mumkin. Davlat bog'chasiga qatnashish bepul.Xususiy bolalar bog'chasi narxi oyiga o'rtacha 1000 lirani tashkil qiladi
Turkiyada qanday maktablar mavjud ?
Maktab muassasalari 2turga bo'linadi: 1.davlat maktablari 2.xususiy maktablar
1. Davlat maktablari : bepul ovqatlanish yo'q,sinflarda ko'p sonli o'quvchilar (40tagacha),2 smenali o'qish
2. Xususiy maktablar: pullik o'qish, sinflarda kam sonli o'quvchilar, faqat birinchi smenada o'qish
Maktabga borish majburiy: 6yoshdan boshlab har bir bola to'g'risidagi ma'lumotlar davlat tizimiga kiritiladi. Ota onalar o'z farzandlarini davlat yoki xususiy ta'lim muassasiga o'qishga berishi kerak. Bu chet ellik bolalargaham tegishli
Ta'lim 3bosqichga bo'linadi va ularning har biri 4yildan iborat. 4+4+4 sistemasiga amal qilib kelinmoqda.
Bular: 1. Boshlang'ich maktab (İlk okul)
2. O'rta maktab (orta okul)
3. Litsey (Lise)
O'quv yili 4oydan tashkil topgan 2ta semestrga bo'lingan (jami 8oy). Mahalliy maktablarda o'quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi. Mustafo Kamol Otaturk kabi qahramonlarga katta e'tibor qaratiladi.
Turkiya maktablaridagi innovatsiyalar
Turkiya maktablaridagi innovatsiyalar
Turkiyada ta'lim islohotlari tez-tez bo'lib turadi. Bugungi kunda Darvin nazariyasidan ta'lim sohasida voz kechilmoqda. Chet tillarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Maktab o'quvchilari urdu,koreys,fors tillarini o'rganish imkoniyatiga ega. Lekin shu bilan birga chet tillari uchun dars soatlari ham qisqarib bormoqda. Hozir odatda yuqori sinf o'quvchilari chet tilini haftasiga 4marta o'rganishadi. Biroq ijodiy,diniy,madaniy,estetik fanlar uchun dars soatlar ko'paymoqda.