2.2. Turizm bozori sig‘imini aniqlash usullari Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlabchiqarish sohasi, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, sog‘ligini tiklashga, dunyoni, halqlarning urf-odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi erlarni kashf qilishiga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bular turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Turizm xizmatlar bozorini tadqiqotining asosiy usuli - bozorni segmentlash asosida sistemali tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda kerakli samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir. Bozorni o‘rganish natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy - bozor sig‘imi, bozorda firmaning ishi va uning raqobatchilari haqida va sifat xarakteridagi axborot - bozor strukturasi; sotilayotgan turmahsulotning ehtiyojlarga, alohida turistlar o‘lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifati, tipi, turlariga qo‘yiladigan talablari; turistlar foydalanadigan moddiy resurslar haqida. Tadqiqot o‘rganish samaradorligini ta’minlash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan axborotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig‘ish manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va tahlil qilish, takomillashtirish yo‘llarini izlash; izlanish va uning natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Axborotlarning ob’ektivligi va aniqligi marketing samaradorligini aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur turfirmalar barcha mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi. Marketing tamoyili asosida ishlovchi etakchi turfirmalarning (kompaniyalarning) tajribasi shuni ko‘rsatadi-ki, tadqiqot ishlarining samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilganda oshadi:
bozor sig‘imini aniqlash, bozor “ovqati” (ozig‘i) ni topish;
turistlar amaliyotini, motivlarini, ularning hulq-atvorlarini taqlil qilish;
sotishning umumiy shartlarini tahlil qilish va uni prognozlash;
raqobatchilarni, ular strategiyasi va taktikasini o‘rganish;
bozordagi raqobatning o‘zini tahlil qilish.
Turizm xizmatlar bozorini o‘lchamlarini aniqlash, turfirma o‘zining har bir turmahsuloti uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga yordam beradi. Bu turmahsulot assortimenti va sotish dasturini rejalashtirishda qo‘l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alohida turmahsulotlar bozori kuchsiz raqobatning mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa turfirma raqobatchilari faoliyatini o‘rganish kerak emas degani emasdir.
Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:
mamlakat bozorida turmahsulot sotuvchi turfirmalarning faoliyatini o‘rganish uchun;
turoperatorlar talabga ega bo‘lgan turmahsulotni ishlab chiqarishga o‘zgartirish;
yangi turmahsulot, boshqarishning yangi metodlariga o‘tish bilan raqobatchilar kurashining ko‘chayish ehtimoli uchun;
tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish maqsadida.
Turizm xizmatlar bozorini kon’yukturasini va uning istiqbollarini yetarlicha hisobga olmaslik, turfirmalar uchun inqiroz, zarar, sinishga aylanishi mumkin. Bozor kon’yukturasiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish, ilmiy-texnika taraqqiyoti, kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi, inflyasiya, iqtisodning harbiylashuvi orqali ta’sir o‘tkazish mumkin.
Ichki Turizm xizmatlar bozori sig‘imini hisoblashda boshqa omillar ham hisobga olinadi: to‘lov qobiliyatiga ega talab, turmahsulotlar bozorining umuman (raqobatchilar mahsuloti bilan ham) to‘yinganligi, turist boshiga o‘rtacha iste’mol, turfirmalar, tashkilotlar ehtiyojlari. Milliy iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalarini, ularning texnik va texnologik rivojlanish darajasi tashqi firmalar, davlat va tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarini ham, shuningdek e’tiborga olish kerak. Muammoni nisbatan keng, har tomonlama va kompleks o‘rganish kerak. Turfirma o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z turmahsulotlarining bozordagi ulushining ortishiga harakat qilishi kerak, bu narsa shu bozordagi etakchilikka erishishning asosiy omilidir. Lekin bunda bozordagi ulushning ortishi bilan turfirmalar oladigan foyda o‘rtasida uzviy aloqadorlik qonuniyati mavjud. Bu masalani amalga oshirish uchun bahoning pasayishi, turmahsulot sifatining ortishi, yangi turpaketlarni ishlab chiqish va joriy qilish, reklamani kengaytirish va umuman firma “imidji”ni oshirishga yo‘naltirilgan marketing faoliyatini ko‘chaytirish kerak.
Alohida turmahsulot bo‘yicha bozor ulushini hisoblash formulasi: