III.Yakuniy qism: Aqliy hujum:
1.Til odobi haqida nimalarni bilasiz?
Javob: Har bir inson bir-biri bilan yakka holda yoki jamoat joylarida muomalada bo`lganda o`ylab,aql bilan so`zlashi kerak;
-Xushmuomalalik bilan muloyim so`zlash kerak;
-Hazil va kesatishlardan o`zini tiya bilishi kerak;
-Suhbatdoshlar so`ziga chetdan turib aralashmaslik kerak;
-Sergaplik,ezmalik qilish mumkin emas;
-So`kin gapirmaslik kerak.
2.Til haqida qanday maqollar bilasiz?
Til bilgan – el bilur.Til yomoni xot etar.
Til bor,bol keltirar Tig` jarohati bitar
Til bor,balo keltirar.Til jarohati bitmas.
Til yaxshisi bor etar “Buzuq telefon”o`yini
O`qituvchi birinchi o`quvchi qulog`iga S.Hakimning “Ona tilim” nomli she`ridan to`rt qatorini shivirlab aytadi.
Do`stga do`stu durdona tilim
Begonaga begona tilim
Beshigimda yagona tilim
Ona tilim.
Birinchi va oxirgi o`quvchidan she`rni ovoz chiqarib yodlab berish so`raladi.
Xattaxtaga she`r yozib ko`rsatiladi.O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolarini topib oladilar.
Bilasizmi bolajonlar .xalqimizda shunday naql bor: Har bir ishni bajarganda uning tilini bilgin yoki “Tilni bog`la dil bilan,dilni bog`la til bilan”.Til millatning qalbi,uni avaylab-asrash har bir inson uchun ham farz,ham qarzdir.
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
9-mavzu: “Oilada tejamkorlik” I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga oila byudjeti haqida tushuncha berish. Ularning spotga,sog`lom muhit tarziga bo`lgan qiziqishini tarbiyalab borish,ularda komillikka intilish hissini uyg`otish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, rasmlar,plakat. tushuntiruvchi chizmalar va diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish: Tashkiliy qism:
a)Psixologik muhit yaratish.b)Navbatchi hisoboti.
II.Asosiy qism: Inson hayotida ro`zg`or,uy-joy tutishda tejamkorlik,ya`ni isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik,reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir.Dono xalqimiz “Tejog`lik ish –bejog`lik” deb bejiz aytmagan.Tejamkorlik – insonning ma`naviyatini boyitadi,oilasida qut-baraka olib keladi.Tejamkorlik kichiklikdan o`rgatiladi.
Ikromjonlar oilasida nonushtadan so`ng,otasi Yoqubjon aka:”Qani o`lab ko`raylik-chi, bugun sizlar nonushtada baham ko`rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab dasturxonga qo`ygan ne`matlar:non,sariyog`,tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi?Choy qaynatish,ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi?Burchakda turgan sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi.Elektr toki qayerdan keladi?”-deb so`radi.So`ngra davom etib:
-Biz bularni qadrlab,tejab ishlatimiz kerak,-dedi Yoqubjon aka,-insonlar yaratgan hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak,shunda oilamiz,davlatimiz boyiydi.
Tejash –bu narsalarni isrof qilmaslik uni qadrlash,har buyumni o`z me`yorida ishlata bilish,kerak-kerakmas narsalarni pala-partish xarid qilmaslik,har bir buyumni o`z me`yorida ishlata bilish demakdir.
Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali,to`kis,dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan.
Davlatimiz,oilamiz boy bo`lsin desangiz har bir narsadan oqilona,isrof qilmay foydalanishga odatlaning.
Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib,mol-u mulkka ega bo`ladi.Lekin tejayman deb o`ta xasislikka berilish ham yaramaydi.