Tuzuvchi: f f. n. N. R. Ochilova Taqrizchilar: f f. d., prof. S. A. Choriyev


Tayanch iboralarining izohli lo’g’ati



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə23/24
tarix26.01.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#122580
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
7 E(A) MM

Tayanch iboralarining izohli lo’g’ati:

Axloq – arabcha hulq so’zining ko’pchilik, lotincha «mores» so’zidan olingan bo’lib, odob, atvor, fe‘l degan ma‘nolarni anglatadi. Moral ruscha so’z bo’lib, axloq degan ma‘noni bildiradi.


Axloqshunoslik – axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishilik jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadigan fan.
Biosfera - yunoncha so’z bo’lib, o’zbekcha «hayot shari» degan ma‘noni anglatadi.
Biologik axloqshunoslik – tabobat muammosi biologik muammoga aylanishi, sun‘iy yurak, sun‘iy buyrakni kuyilishi.
Determinizm – (lat.determinare-belgimoq) – barcha hodisalarning umumiy, qonuniyatli aloqadorligi, sababli o’zaro bog’liqligi haqidagi ta‘limot.
Ideal - (yunoncha «idea» tarz, obraz, tushunchalar, birma-bir narsada namuna, kamolot, ayrim kishilarning, guruhlarning intilishi va hatti-harakatini belgilaydigan oliy maqsad).
Imon - (arab- ishonch, e‘tikod) – islom dinida uning aqidalariga – Olloxga, Muhammadga va ilohiy hisoblangan kitoblarga, taqdirga, oxiratga ishonish.
Indeterminizm – (lat - inkor) – hodisalar o’rtasida biroq bir aloqa borligini inkor etadi. Ularga olamda xech qanday tartib yo’q va unda (boshboshdoklik) hukm suradi. Bunda inson o’z xoxishiga harakat qiladi, uning harakatlari aslo xech bir sababga bog’liq emas, degan mantiqiy xulosa chiqaradi.
Kategoriyalar - (yunoncha – ta‘rif berish, fikr aytish) – ob‘ektiv reallikdan hodisalarning asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari aks ettiradilar va davrning ilmiy-nazariy tafakkurini harakterini belgilab beradigan umumiy tushunchalardir.
Monizm – (yunoncha monos – bir, yagona) falsafiy printsip bo’lib, bu printsipga ko’ra butun mavjudot o’z negizi bilan yagondir, bir manbaga egadir.
Mafkura – arabcha – nuqtai nazar va e‘tiqodlar tizimi, majmui.
Ma‘naviyat – arabcha – ma‘nolar majmui.
Ma‘rifat – arabcha – «arafa», «bilmoq» so’zi.
Mentalitet – (lotincha «mens»-aql, idroq) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati, ularning xat qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati.
Neosfera – yunoncha – yerning «aqlli qobig’i» .
Noverbal harakatlar – so’zsiz harakatlar ma‘nosini anglatadi.
Odob – arabcha «adab» so’zining ko’pligi bo’lib – hulq, atvor, yurish-turish madaniyatining tashqi va ichki jihatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Patristika – «ota» («padre») so’zidan kelib chiqqan bo’lib, Garbda yepiskoplarni hurmat bilan ataganlar.
Ratsionalizm - (lat. ratio – aql, farosat) – aqlga, farosatga asoslangan fikrlash ma‘nosini anglatadi.
Sxolastika – yunoncha «shkola» dan olingan bo’lib, «ukish joyi», «maktab» ma‘nolarini anglatadi.
Sensualizm – (lat. sensus – sezgi, his) bilish nazariyasida bir yo’nalish bo’lib, u sezilarli bilimlarning birdan-bir manbai qaraydi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin