Eritrotsitlar suyak ko‘migining yopiq kapillarlarida yetiladi va ular retikulotsit davriga yetgandan so‘ng kapillarlar devorini cho‘zadi, natijada tomir ochiladi va retikulotsitlar qon bilan yuvib ketiladi. Qonda retikulotsitlar 3 5 -4 5 soatdan so ‘ng eritrotsitga aylanadi. Qondagi retikulotsitlar miqdori me’yorda 1-2% ni tashkil qiladi.