Asl Salomallikning beshinchi siri — kulgi.
Kulgi — bu abadiy tabib.
-
Kulgi — og'riqni qoldimvchi va ko'p kasalliklardan davolanishga yordam beruvchi, kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori.
-
Kulgi nafas olishni yaxshilaydi, yurak va o'pka uchun ajoyib mashg'ulotlar hisoblanadi, qorindagi a'zolarni uqalashga ta'sir qiladi va ichak faoliyatiga ko'maklashadi.
-
Kulgi immun tizimini kuchaytiradi.
-
Kulgi jamlash qobiliyatini yaxshilaydi va ruhiy stressni yo'qotadi.
Oltinchi sir
DAM OLISII KUCHI
Keksa xitoylikning ro'yxatida ismi yozilgan navbatdagi kishi bilan yigitcha keyingi haftadagina uchrasha oldi. O'tgan hafta davomida u hamsuhbatlaridan eshitgan maslahatlariga og'ishmay amal qildi va o'zini ancha tetik his etayotganini bilgach, o'ziga xushyoqqancha ajablandi. Yaqinlari va do'stlari ham undagi o'zgarishlarni payqadilar. Agar u qachonlardir Asl Salomatlik sirlariga shubhalanib qaragan bo'lsa-da, hozir unday emas edi. U qachon o'zini yana shunday yaxshi his etganini eslolmasdi.
Richard Shou «stresslar bo'yicha maslahatchi» edi va ilgari uchrashishga to'g'ri kelgan boshqa zo'r muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlardan ancha farq qilardi. Uning osuda chehrasidan sog'lomlik barq urib turardi va ko'zlari quvonchdan porlardi. Uning erkin harakatlarida tinchlantiruvchi nimadir bor edi.
-
Shunday qilib, Asl Salomatlik sirlari haqida bilmoqchimisiz? — so'radi janob Shou yigitdan. — Men o'zim uchun ularni o'n besh yil muqaddam birinchi bor ochgandim. Sizni ishontirib aytamanki, o'shanda hayotim butunlay boshqacha edi. Men birjada ancha muvaffaqiyatli broker edim va yaxshigina pul ishlardim, lekin o'sha vaqtda juda bechorahol edim.
-
Bu bilan nima demoqchisiz? — ajablandi yigit.
-
Mening salo'matligim bechorahol edi. Yaxshi sog'liqsiz pul va moddiy boyliklar kimga kerak? Doimiy stress holatida bo'lganim bois, qiynalib ishlardim. Har bir kun ulkan daromad keltirardi. Men million funt sterling bilan ish yurgizardim va birgina noto'g'ri qarorim ming, hatto million funt zarar keltirishi mumkin edi!
-
Ha, bu ancha ezib yuboradi, — rozi bo'ldi yigit.
-
Ha-da, ezadiki, u yoq-bu yog'i yo'q. Bunday doimiy bosim ostida o'zni bo'sh qo'yish tobora qiyinroq kechardi va taranglikdan xalos bo'lish maqsadida har kuni spirtli ichimliklar icha boshladim. Bir necha yildan so'ng jismoniy va ruhiy jihatdan barbod bo'lgandim. Qon bosimim ortishi, oshqozon yarasi hamda dahshatli bosh og'rig'idan aziyat chekardim. Garchi juda ko'p pul topsam-da, lekin o'zimni vaqtdan iltifot topib yashayotgan kabi his qilardim.
— Xo'sh, o'zgarish qanday ro'y berdi? — so'radi yigit.
-
Poyezddagi sayohat bilan, — javob berdi Shou. Yigit hayron bo'ldi:
-
Bu bilan nima demoqchisiz?
— Bir kuni poyezdda uyga qaytardim. Bekatlar oralig'ida harakat to'xtalishi ro'y berdi. Poyezdda odam ko'p edi, qancha uzoq turib qolganimiz sari men asabiy bo'lib borardim. Menga go'yo havo yetishmayotgandek tuyulib, og'zim bilan havoni yuta boshladim. O'shanda menda yurak xuruji tutib qolganini bilmasdim. Nazarimda, hushimdan ketdim. Keyin yonimdagi tizzalab turgan keksa xitoylikning yuzini eslayman. U ko'zlarimni tekshirib
ko'rdi-da, yengil yurak xuruji tutganini va mening asab buzilishi xastaligi bilan azob chekayotganimni aytdi.
U men bilan birgalikda mahalliy kasalxonaga jo'nadi, u yerda sinchiklab tekshirishdi. Yo'lda u men olib borayotgan va odatlangan turmush tarzi salomatligim borasida qanday rol o'ynashi to'g'risida so'zlab berdi.
O'shanda Asl Salomatlik sirlari haqida ilk bor eshitganman. Avvallari ovqat va mashqlar kabi shunday oddiy narsalar salomatligimizga bunchalar katta ta'sir ko'rsatishi to'g'risida hatto bilmasdim. Keksa xitoylik menga Asl Salomatlik sirlarini o'rgata oluvchi odamlar ro'yxatini berdi va mening turmush tarzimni hisobga olinadigan bo'lsa, xastalanishimdan ajablanmasa ham bo'ladi, dedi. Men butunlay mensimay munosabatda bo'lgan bir narsa mavjud edi — bu Asl Salomatlikning oltinchi qonuni edi. Men dam olish va tinchlanish qobiliyatini umuman hisobga olmagandim.
— Qanday qilib? — so'radi yigit.
— Gap shundaki, dam olish ong, tan va ruhni yoshartiradi. Bu g'oyat oddiy eshitilsa-da, biz odatda oltinchi qoidani e'tiborsiz qoldiramiz.
Har bir tirik jon dam olishga muhtoj — inson, hayvon va hatto yer ham. Tabiatan shunday. O'simlik va hayvonot dunyosi zarur vaqtda dam oladilar. Injilda olamni yaratib bo'lganidan keyin hatto Xudo ham yettinchi kuni dam oldi, deb aytilgan. Biroq kishilar ko'pincha shusiz ham amallaymiz, deb hisoblaydilar. Umr bo'ylab yetti chaqirimli qadamlar bilan yelib borarkanmiz, jillaqursa, bir daqiqaga to'xtab, tezlikni kamaytirishga fursat yetgani haqida o'ylamaymiz ham.
Yoz oqshomida quyosh botishini ko'rib zavqlanishga, gullab yotgan olcha xushbo'yidan ko'kragimizni to'ldirib nafas olishga, sayroqi qushlar jo'r ovozini tinglashga bizning fursatimiz yo'q.
E'tibor berganmisiz, bizning asrimizda vaqtni tejash uchun ko'pgina asbob-jihozlar — telefon, faks, kir yuvish mashinalari, chang yutgichlar, idish-tovoq yuvadigan va quritadigan mashinalar yaratilgan bo'lsa-da, odamlarga baribir vaqt yetishmaydi. Nazarimda, odamlar doim shoshadilar. Bir kunning tarangligi ikkinchi kunga o'tadi, so'ng keyingisiga... yana keyingisiga. Shu sababdan ko'p kishilar bir kunda charchab qoladilar va surunkali charchoq va surunkali kasalliklardan azoblanadilar.
Men o'sha odamlar kabi doimiy toliqqan va tinimsiz stresslardan aziyat chekardim. Baxtimga o'z vaqtida esimni yig'dim. Hammasini yana izga solish mumkin edi. Men hordig'imni chiqarish va o'zimni bo'sh qo'yishga o'rgandim. Natijada ahvolim keskin tarzda o'zgardi. Avvalgi belgilar yo'qoldi, bor yo'g'i bir necha haftadan so'ng qon bosimim oldingi raqamlarga qaytdi. Bo'lishi mumkin emasday eshitilyaptimi!
Rostdanmi? — so'radi yigitcha. Oddiy dam olish tuzalishingizga shuncha yordam berdimi?
-
Shubhasiz, — javob berdi janob Shou, — jismoniy va ruhiy teng holda olingan dam o'zini yaxshi his qilishda ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Jismoniy va mental relaksatsiya tanangizning kislorodga talabini 50 foizga ozaytirishi, yurakka tushadigan yukni 30 foizga kamaytirishi, shuningdek, qon bosimini pasaytirishini ilmiy tadqiqotlar dalilladi. Chuqur relaksatsiya, shuningdek, notinchlik, asabiylashish va yuqori qon bosim natijasida vujudga kelgan qondagi sut kislotasi aldegidlari darajasini pasaytiradi. Shuningdek, tekshirishlar ko'rsatishicha, dam olish miyaning elektromagnit to'lqinlarining baravar ishlashiga olib kelib, sezish qobiliyatini yaxshilaydi va xuddi qisqa muddatli kabi uzoq muddatli xotirani yaxshilaydi.
Hordiq chiqarish imkoni bo'lgan kishilar yaxshiroq uxlaydilar, jismoniy baquvvat va mustahkam sog'liqqa ega bo'ladilar. Yaxshi dam jizzakilikdan xalos etib, oila va jamiyatdagi munosabatlarni yaxshilashga yordam berishi haqida gapirish shartmikan?
Dam olish va o'zini erkin tuta olish qobiliyati sog'lig'ingizni va hayotingizni yaxshilashi shubhasizdir.
Bularning barchasi g'oyat qiziqarli, lekin siz yetarli tarzda dam olganingiz va o'zingizni bo'sh qo'yganingizga qanday ishonch hosil qilasiz? — so'radi yigitcha. — Stress holati ta'sirida o'zini bo'sh tutish ancha qiyin, axir o'zingiz ham ichkilikka ruju qo'yganingizni aytgandingiz-ku.
Juda yaxshi savol! Va u shunday yaxshi javobga arziydi, — dedi janob Shou. — Birinchi navbatda siz miyangizga dam berishni o'rganishingiz kerak. Har kuni biz kuzatish va xayolga berilish uchun vaqt ajratishimiz kerak. Ko'pchilik insonlar bir soatdan ortiq tanaffus qilmay samarali ishlolmaydi. Diqqatni jamlash zaiflasha boshlaydi va dam olmasdan uzoqroq ishlash kerakli natijalar berishni to'xtatadi.
Ishlash jarayonida muntazam ravishda qisqa tanaffuslar qilish zarur. Ish beruvchilar ish kuni davomida ularning xizmatchilari muntazam ravishda qisqa muddatli tanaffus qilishlariga ruxsat bersalar, ular o'zini yaxshiroq e'tibor bilan jamlab ishlashlari va kamroq xatoga yo'l qo'yishlarini bilib oladilar. O'n daqiqalik tanaffuslar nafaqat salomatligingizga, balki ish sifatiga ham barakali ta'sir ko'rsatadi. Toliqqan suyaklar va tinmagan aqlga dam berish g'oyat zarur. Bu sizning miyangizga asablaringizni tinchitadigan va sizni quvvatga to'ldiradigan kichkinagina bayram bo'ladi.
— Lekin biz uxlayotganda dam olmaymizmi? — so'radi yigitcha.
— Har doim emas. Barchamiz doimiy uyquga muhtojligimiz to'g'ri. Lekin sizda ertalablari xuddi kechqurun yotganingizday horib-charchab uyg'ongan holatlar bo'lmaganmi?
Yigit boshini irg'adi: — Ha, ko'p bo'lgan, — dedi u.
— Xo'sh, o'shanda o'zingizni yaxshi dam olgan, deb hisoblardingizmi?
— Yo'q, deb o'ylayman.
Ittifoqo, yigit keyingi davrda, garchi ko'p uxlasa-da, doimo o'zini horg'in va dam olmagandek his qilganini xotirladi.
— Ko'p uxlashingiz hali yaxshi dam olayotganingizni bildirmaydi. Uyqu juda muhimdir, ko'pchilik kishilar har tunda olti yoki sakkiz soatlik uyquga muhtojlar, lekin haqiqiy dam olish uchun xotirjamlik talab etiladi, aks holda aqlingiz hatto uyqu vaqtida ham bezovtalanishi davom etadi. Ko'plar arzimas mayda-chuydalarga tashvishlanaveradilar, bu esa ularni quvvatdan qoldiradi va hordig'ini o'g'irlaydi.
— Men g'oyat sertashvishman, — dedi yigit, — har doim shunday bo'lganman.
— O, sizning doim shunday bo'lganingiz, umuman bundan buyon ham shundayligingizcha qolishingizni bildirmaydi. O'tmish har doim ham o'z izini kelajakka qoldiravermaydi. Kunba-kun bajarayotganingizni hadeb takrorlayversangizgina doimo olganingizni olaverasiz! Lekin hammasini tuzatish mumkin, so'zimga ishoning. Tashvishlanishdan to'xtash va o'zingizda hayotga nisbatan tinch munosabatni hosil qilishning oddiy ifodasi mavjud.
— Bu qanday ifoda ekan? — qiziqdi yigit.
— U ikki tamoyildan iborat. Birinchi tamoyil: Hayot ikir-chikirlari tufayli qayg'uravermang. Ikkinchi tamoyil: Hayotda hammasi bor-yo'g'i mayda-chuydalar ekanini esda tuting.
Biz har bir narsaga kamroq jiddiyat bilan munosabatda bo'lishni o'rganishimiz kerak. Taranglik yoki noumidlikni his etgan chog'imizga o'zimizga quyidagicha savol berishimiz kerak:
— O'n yildan so'ng buning bizga ahamiyati bo'ladimi? Agar bo’lmas ekan, demak, bu aniq mayda-chuyda ekan va shu sababli bunga qayg'urish uchun vaqt yo'qotishning hojati yo'q.
O'z aql va tanamizga dam berish uchun biz faqat bugungi kun bilan yashamog'imiz darkor. Iso payg'ambar: «Non bizning rizq-ro'zimiz, uni bugunga yarasha ber» deb aytgan. Kechagi ham emas, ertangi ham emas, faqat bugungi kun uchun. Biz faqat bugungi kun bilan yashashni o'rganishimiz zarur. Agar doimo o'tmishni o'ylayversak yoki kelajak to'g'risida tashvishlanaversak, dam olmaymiz.
Yetarlicha dam olayotganimizdan ishonch hosil qilishimiz uchun yana bir muhim narsa — bu har yettinchi kunni butunlay dam olishga bag'ishlash imkonidir. Bu kunda barcha xizmatga doir besaramjonliklar, hisoblar va tashvishlarni unutishimiz kerak. Har yettinchi kunni o'z oilangizga bag'ishlang, hayotdan zavqlaning va taranglikni yo'qoting.
Haftada atigi bir kun. Bu shunchalar oddiy tuyulsa-da, lekin g'oyat muhimdir. Jahonning barcha buyuk dinlarida yettinchi kun — dam olish kuni hisoblanadi. Xudo to'xtashga fursat yetgani, hayotga mahliyo bo'lish va o'zni bo'sh qo'yishni yodimizga solish uchun yakshanba kunini yaratgan, shekilli. Bu o'zimizga va dunyoga tinchlik bag'ishlay olishimiz mumkin bo'lgan muqaddas fursatdir.
Yigit yana o'z hayoti to'g'risida o'ylay boshladi. Uning har kuni kundalik tashvishlarga to'liq bo'lardi. U butun hafta davomida qattiq ishlardi va odatda dam olish kunlari ham band bo'lardi. Ko'pincha ishni uyiga olib ketardi. O'zini bunchalar horigandek his etishida hech bir taajjublanadigan joyi yo'q.
O'zini bo'sh qo'yish va dam olishning yana bir harakatdagi uslubi chuqur nafas olishda mujassam, — davom etdi janob Shou.
O, meni to'g'ri nafas olishga o'rgatgan ajoyib ayolni uchratdim! — deya suhbatdoshining gapini bo'ldi yigit.
Chuqur nafas olish limfa tizimini tozalashga va vujudimiz to'qimalarining to'g'ri oziqlanishiga ko'maklashadi.
Ha, xuddi shunday. Lekin hammasidan ko'ra, u o'zimizni bo'sh qo'yishga yordamlashadi, — javob berdi bizneschi.
-
Bilasizmi, besaranjomlik va charchoqni his etayotganingiz chog'ida ko'krak qafasi mushaklari tarang tortadi va bu har turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chuqur nafas diafragma va ko'krakni bo'shashtiradi va asablarni tinchlantiradi. Doim asabi tarang holatdagi kishilar yuzaki nafas oladilar, sokin tabiatli odamlar esa chuqur va erkin nafas oladilar. Dam olishning bu asosiy tamoyillari, ishoning, hayotimni mutlaqo o'zgartirib yubordi. Yurak xuruji tufayli menga yordam bergan va dam olish, relaksatsiya sirlarini o'rgatgan keksa xitoylik sharofati bilan hayotim saqlanib qoldi.
Kechqurun uyiga qaytgan yigitcha bu o'zgacha uchrashuv davomida yozganlarini takror o'qib chiqdi. Asl Salomullikning oltinchi siri — dam olish va relaksatsiya kuchidir.
-
Agar miya va tana dam olmasa, Asl Salomatlik bo'lishi mumkin emas.
Dam olish:
tana, aql va ruhni yoshartiradi; jismoniy va ruhiy salomatlik uchun muhimdir; vujudimizning kislorodga bo'lgan talabini 50 foizga pasaytiradi; yurak yukini 30 foizga kamaytiradi; qon bosimini tushiradi, qisqa muddatli va uzoq muddatli xotirani yaxshilaydi.
-
Buning uchun quyidagilar zarur:
ish kuni davomida muntazam qisqa tanaffuslar qilish;
tashvishlanishni bas qilish maqsadida formuladan foydalanish;
haftaning bir kunini dam olishga bag'ishlash;
nafas olish mashqlari bilan shug'ullanish — bu asabiylashgan chog'da yoki stress holatida bo'lganingda ayniqsa, muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |