Учебно-методический комплекс по курсу «Литература джадида» предназначен для студентов, обучающихся по направлению- 5220100- филология



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə54/150
tarix24.10.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#118541
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150
portal.guldu.uz-“O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI” fanidan o’quv-uslubiy majmua

Asosiy masalalar:
1.«Hayrat ul-abror - «xamsa » ning dastur dostoni.
2.Dostonning kompozitsion tarkibi, tuzilishi.
3.«Hayrat ul- abror»dagi mavzular va g’oyalar.
4.«Hayrat ul- abror» dagi timsollar dunyosi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalari: «Xamsa» dasturi; maqol va hikoyat; Iskandar, Anushirvon, Ayyub, Imom Faxr Roziy va Xorazmshox, Xotam, Baxrom,sher chumoli, durroj, bakovul, Shox G’oziy.


1- asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: «Hayrat ul- abror» - «Xamsa»ning dastur dostoni.«Xamsa»ning birichi dostonining asarda tutgan o’rni va mohiyatini yoritish jarayonida talabalarda «Hayrat ul- abror»ning dastur doston ekanligini isbotlab berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.«Hayrat ul- abror» ning «Xamsa»ning boshqa dostonlariga dastur ekanligini biladi.
2.Dasturlik mohiyatini misollar asosida idrok etadi.
3.«Hayrat ul- abror» va keyingi dostonlarning mavzuviy va g’oyaviy uzviy bog’likligini tasavvur etadi.
2-asosiy masalaning bayoni:
«Hayrat ul- abror» Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul -asror» va Amir Xusrav Dehlaviyning «Matla ul- anvor» dostonlariga nazira tarzida 1483 yilda yozilgan. An’anaga muvofik «Xamsa» ning ilk dostoni qolgan to’rt doston uchun dasturlik vazifasini bajaradi. Ya’ni, birinchi dostonda keyingi dostonda olg’a suriladigan g’oyalar maqsadi:
... pandnoma, ijtimoiy – siyosiy va falsafiy tamoyillardan bahs yurituvchi «Hayrat ul- abror» dostonida asosiy yigirma maqolot va shuncha hikmat borki, ularda olg’a surilgan g’oyalar va qo’yilgan mavzular atroflicha muhokama yuritilib, mulohaza qilinadi. Ayni shu g’oya va mavzular keyingi dostonlarda davom ettirildi. Bularning farqiga kelsak :
«Xamsa»ning birinchi dostonida masalaning qo’yilishi va qisqacha hal qilinishi kuzatiladi. Chunonchi, adolat masalasida «Hayrat ul- abror»da Bahromning ovga chiqib, xonavayron bo’lgan bog’bon uyida mehmon bo’lishi voqeasi berilgan bo’lsa «Sab’ai sayyor»da Bahrom sarguzashtlari doston bo’ylab davom etadi va asar Bahrom fojeasi bilan yakun topadi. «Hayrat ul- abror»ni o’qigan kitobxon ko’nglida «Endi Bahrom adolatli podsho bo’ladi» deb o’ylaydi. Biroq «Sab’ai sayyor» mutolaasidan so’ng Bahromning adolatli bo’la olmagani, natijada o’zini va elini yer yutgani voqeasi shoxidi bo’ladi.
Muhimi shundaki, «Hayrat ul- abror»da olg’a surilgan g’oyalar keyingi dostonlarning biridagina emas, bir nechasida qayta – qayta qayd etiladi va yangi –yanggi yechimini topadi. Yoki hayotning bebaholigi va umrning bevafoligi haqida fikr «Hayrat ul- abror»da Iskandarning o’limi oldidagi vasiyatida aytilgan bo’lsa, bu masala «Saddi Iskandariy»da juda keng planda yoritib beriladi, boshqa dostonlarda ham bu haqdagi mulohazalar uchrab turadi. Shu fikr «Farhod va Shirin»da ham , «Layli va Majnun»da ham uchraydi.
Ilm fanning ahamiyati va olimlik sharafi haqida «Hayrat ul- abror»ning «Imom Faxr Roziy va Xorazmshox» hikoyati keltirilgan bobda so’z borsa, bu masala keyingi barcha dostonlarda o’z takomilligini topadi Farhod, Sad va nihoyat Iskandar haqidagi dostonlarning shu va boshqa timsollari misolida bu masala o’zining keng inkishofini topadi. (Vazda «Hayrat» dagi hikoya mazmuni va boshqa dostonlardagi dahldor voqealar gapirib beriladi).
Inobatga olish kerakki, «Hayrat ul- abror»da olg’a suriladigan g’oyalar va qo’yiladigan masalalar alohida maqolotlarda berilsa, keyingi dostonlarda bular voqealarning tegishli joylarida qalamga olinaveradi. «Hayrat ul- abror»da qo’yilgan masalalar va g’oyalarning hammasi keyingi dostonlarda o’z ifodasini topgandir: bu holatni mavzular qo’yilishida ham, ismi shariflari keltirilgan timsollarning yana qayta takrorlanishida ham kuzatish mumkin.
«Hayrat ul- abror» da Manun, Bahrom: Iskandar epizodik timsollar sifatida uchrasalar, keyingi dostonlarda ularning qismatlari o’ta kengaytirilgan rejada – voqealar – hodisalar qo’ynida talqin etiladi.
Ana shu holatlar «Xamsa»ning bir butunlikda tasavvur etiladigan obida ekanligi haqida bizda tasavvur hosil etadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin