19
mavzu bo‟yicha
modullarni kiritish, zarur interfeyslarni yaratish uchun turli xil
amaliy vazifalarni ta‟minlaydigan xususiy foydalanish tizimini yaratish mumkin.
«Panorama» majmuasi tarkibi 5 – rasmda keltirilgan.
5-rasm. Panorama majmuasi tarkibi
“Panorama” geoaxborot texnologiyasi yuqorida keltirilgan 4 ta bir birovini
to‟ldiruvchi dasturiy majmuadan iborat bo‟lib, bugungi kunda yer tuzish va yer
kadastri ishlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan texnologiya hisoblanadi. Bu
texnologiya Rossiyada
ishlanganligi sababli, foydalanishda qulay va MDH
tarkibidagi davlatlar yer tuzish tizimiga tez moslashtiriladi.
“CREDO” dasturiy kompleksi ham yer tuzish va yer kadastri ishlarini
avtomatlashtirish imkonini beradigan va oliy o‟quv yurtlarida ta‟lim jarayonlariga
joriy etish uchun mo‟ljallangan. Uning tarkibida 5 ta o‟quv to‟plamlari bor:
Umumiy to‟plam; “Yo‟llar” to‟plami; “Injenerlik geologiyasi” to‟plami;
“Geodeziya va yer tuzish” to‟plami; “Sanoat va fuqarolik qurilishi” to‟plami.
Hamma to‟plamlar 11 kompyuter birlashtirilgan tarmoqda ishlashga mo‟ljallangan.
Server vazifasini bajaruvchi kompyuter tarmoq himoya kalitlarini o‟rnatish uchun
LPT yoki USB portlariga ega bo‟lishi kerak.
Yuqoridagi aytilganlardan ko‟rinib turibdiki yer tuzishni loyihalashning
avtomatlashtirilgan tizimini yaratish quyidagi masalalarni yechishni taqoza etadi:
20
YTLATning maqsadini, obyektlarini, tarkibini va vazifalarini belgilash;
YTLATni yaratishning nazariy asosini tashkil
etuvchi kontseptsiyasini
ishlash;
YTLATning kontseptual asoslaridan kelib chiqadigan, uning element-
larini loyihalashga qo‟yiladigan talablarni aniqlash.
Dostları ilə paylaş: