Uchko‘prik tumani xtb 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Qurbonova Feruzaning



Yüklə 1,13 Mb.
tarix31.12.2021
ölçüsü1,13 Mb.
#113414
6-sinf. Mevalar







Uchko‘prik tumani XTB

21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi

biologiya fani o‘qituvchisi Qurbonova Feruzaning

Mevalarning tuzilishi va xillari bilan tanishish” nomli



5-laboratoriya mashg‘uloti uchun tayyorlagan


DARS ISHLANMASI






Sinf: VI Fan: Biologiya

Dars mavzusi: 5-laboratoriya mashg‘uloti. Mevalarning tuzilishi va xillari bilan tanishish.

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy: mevalarning tashqi va ichki tuzilishi, xillari haqida olgan bilimlarni mustahkamlash,

fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish.



2.Tarbiyaviy: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ota-onani, yaqinlarni hurmat qilishga o‘rgatish

3.Rivojlantiruvchi: darslik, jadvallar bilan ishlash, guruh bo‘lib va yakka tartibda ishlash, kompyuter

savodxonligini oshirish malakalarini o‘stirish.



Dars uchun kerakli jihozlar: AKT, “Urug‘lar to‘plami”, tabiiy va quritilgan meva namunalari,

rasmlar, gerbariylar, mavzuga oid slaydlar.



Dars texnologiyasi: guruhlarda ishlash.

Dars uslublari: “Biologik diktant”, “Jadvallar bilan ishlash”, “Mening rasmim”,Multimediyali o‘yin”

va og‘zaki savol-javob.



Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.O‘quvchilar davomatini aniqlash.

3.Ma’naviyat daqiqasi.Yangi yil tabrigi.Mustaqilligimizning shukronasi.mamlakatimizdagi va ta’lim sohasidagi keng islohotlar haqida suhbat.(Yangi yildagi orzu va niyatlar, qorbobodan tilaklar haqida)



II.O‘tilgan mavzuni takrorlash:

a)“Mevalar” mavzusi bo‘yicha savol-javob.

1.Mevalarning inson hayotida qanday ahamiyati bor?

2.Mevasi dori-darmon sifatida ishlatiladigam o‘simliklardan bilasizmi?

3.Qaysi mevalardan zebu-ziynat sifatida foydalanamiz?

4.Meva necha qismdan iborat?

b) “Biologik diktant” Tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozing.

1.Bir necha mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan meva turi nima deb ataladi?

2.Agar meva hosil bo‘lishida gulning tugunchadan boshqa qismlari ham ishtirok etsa , bunday meva ________ deyiladi.

3.Ko‘sak, dukkak va qo‘zoq mevalar quruq mevaning _______ xiliga misol bo‘ladi.

4.Po‘sti qalin va qattiq, etdor meva turiga ________ deyiladi.

5.Mevalarning ho‘l yoki quruq bo‘lishi uning ________ qismiga bog‘liq.



III.Yangi mavzu bayoni: 5-laboratoriya mashg‘uloti.

Mevalarning tuzilishi va xillari bilan tanishish.

MAQSAD: Mevalarning tuzilishi, ularning turlari va ahamiyati haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish. JIHOZLAR: O‘simliklar urug‘lari , ho‘l va quruq mevalardan namunalar, rasmlar

Ish bajarish tartibi:

  • 1.Urug‘larni qaysi o‘simlik turiga mansubligini aniqlang.

  • 2.Quruq mevalarni chatnaydigan va chatnamaydigan turlarga ajrating.

  • 3.Ho‘l mevalar va ularni qaysi o‘simlikka xosligini aniqlang.

  • 4.Mevalarning xilma-xilligini chizib oling.Asosiy belgilarini yozib qo‘ying

O‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda ishlarni navbat bilan bajaradilar.

1-ish xulosasi sifatida o‘quvchilarga “Urug‘lar to‘plami” tarqatiladi.O‘quvchilar uni qaysi o‘simlikka tegishliligini topib,qanday mevadan hosil bo‘lganligini aniqlaydilar.



2-ish.Guruhlarga turli quruq mevalardan namunalar tarqatiladi va ularni chatnaydigan va chatnamaydigan xillarga ajratish vazifa qilib topshiriladi.





3-ish.Xo‘l meva turlarini aniqlash.





IV.Mustahkamlash.

4-ish.Meva turlaridan chizib oling. Meva turini yozing.

O‘quvchilar meva turlaridan chizadilar.Shu vaqt mobaynida guruh sardorlari chiqib, kompyuter orqali o‘yin o‘ynaydilar.O‘yin sharti savatchalarga xo‘l meva turlarini guruhlarga ajratib yig‘ish.



Har bir ishdan so‘ng guruhlar ishi nazorat qilinib, baholab boriladi.

V.Baholash. Guruhlar va faol o‘quvchilar baholanadilar. G‘oliblar aniqlanadi.

VI.Uyga vazifa berish. Xonadonimizdagi meva turlarini yozib, rasmlarini chizib kelish.

VII.Darsni yakunlash.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin