Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-

nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvchi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlangan.  

4. 

«Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, 



shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan 

olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi» 

Xondamir.Makorim ul axloq asarida  

5. 


Majolis un nafois asari:  8 majlisdan iborat: dastlabki majlislar xronologik 

tartibda, ya’ni vaqtning qadimdan shoirning zamonasigacha bo‘lgan yo‘nalishi 

qamrovida olingan. Keyingi majlislarda ijodkorlarning yashash joylarig a ko‘ra 

tuzilgan, ya’ni bunda mintaqaviy (geografik) tamoyil amal qilgan.  

6. 

Yettinchi majlis Temur va temuriylarga, sakkizinchi majlis esa birgina 



Husayn Boyqaroga atalgan. 

7. 


Asar faqat adiblarning hayoti va ijodiga oid materiallar bilan cheklanib 

qolmagan. Unda adabiyot nazariyasi, she’r san’atlari, madaniy hayot voqealari 

ham o‘ziga xos tarzda aks etgan. Ayrim maqolalarda adiblarning shaxsiy 

fazilatlari, alohida xususiyatlari ham ochib berilgan.  

8. 

Masalan, mashhur shoir Yahyo Sebak haqida shunday deydi: «Xuroson 



mulki- ning rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi. Sanoe’ va aruz 

fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila 

Mavlononing shogirdimen».  

9. 


Navoiy aruz ilmini Darvesh Mansurdan o‘rgangan, Darvesh Mansur esa 

Yahyo Sebakdan tahsil olgan. Bu yerda mana shu «vosita» nazarga olingan.  

10.  Asarda Navoiyning shaxsiy hayotiga, tarjimayi holiga aloqador ko‘plab fakt 

va voqealar ham aks etgan.  

11.  Jumladan, ikkinchi majlisda Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy haqida 

gapirib turib, o‘zi bilan bevosita bog‘liq bir hodisani ham qayd etadi. Taqdir 

taqozosi bilan (Xurosondagi nomunosib shart-sharoit tufayli) Alisherlarning oilasi 

ham o‘z yaqinlari bilan Iroqqa yo‘l olishadi. Ular Taft shahrida bir muddat dam 

olish uchun to‘xtashadi. Bu shaharda mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali 

Yazdiy yashar erdi. Tasodifan, jamoa shu olim yashaydigan joy yaqinida to‘xtagan 

ekan. U kishi o‘ynab yurgan bolalardan birini chaqiradi. Bu bola yosh Alisher edi. 

«Faqir alar sari borurg‘a muvaffaq bo‘ldum. Har neki so‘radilar javob ayttim. 

Tabassum qilib tahsin qildilar, dag‘i so‘rdilarkim, maktabg‘a boribmusen? 

Dedimkim: borib men. Dedilarki, ne yergacha o‘qibsen? Dedimkim, «taborak» 

surasig‘acha. Dedilarkim: bu jamoa atfoli (bolalari)din biz tilaganda, sen kelib biz 

bila oshno bo‘ldung. Sening uchun fotiha o‘quli (o‘qiylik) deb o‘z fotihalarig‘a 

musharraf qildi- lar. Hamul zamon faqirning volidi (otasi) va ul xayl ulug‘lari 

kelib, Mavlono xizmatida anvoyi niyozmandlig‘lar (iltijo va iltifotlar) qilg‘ondin 

so‘ngra, faqirg‘a andoq shuur hosil bo‘ldi angakim, «ne kishi erkandurlar».  

12.  Navoiy aruz ilmiga bag‘ishlab «Mezon ul-avzon» degan asar ham yozgan. 

13.   Unda aruz vazning mohiyati, tuzilishi, bu vaznning turlari, juzv va 

ruknlari, bahrlari haqida ma’lumot beradi. Bu asarida tuyuq, qo‘shiq, chinga (yor-

yor), muhabbatnoma, aruzvoriy, turkiy singari she’riy shakl va janrlar haqida ham 

ma’lumot beradi. 

14.  Xondamir qayd etganiday: «Haqiqatan, ul hazratning she’r nozikliklari 

to‘g‘risida mahoratlarining ko‘pligi bu risoladan anglanadi. Chunki o‘tmishdagi 





Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin