Umid hamroyev



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix18.04.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#115364
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
2 5402244426510633284

Umid Hamroyev 

@Ona_tili_va_adabiyot_N1 

shoirlar sezgilarining nuri tushmagan bir qancha maqbul bahrni aruz doirasiga 

qo‘shganlarki, u qimmatli nusxa mutolaa qilinsa, bu nukta ma’lum bo‘ladi».  

15.  Navoiy muammo haqida «Mufradot» nomli bir asar ham yozgan.  

16.  Alisher Navoiy yirik va hassos tilshunos olim hamdir. Uning 1498-yilda 

yaratilgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari tilshunosligimiz xazinasidagi bebaho 

gavhardir.  

17.  Unda alloma adib, o‘z tili bilan aytganda «nazm gulistonining andalibi 

nag‘masaroyi» sifatida eski o‘zbek tilini, uning badiiy uslubini ilmiy-nazariy 

jihatdan har tomonlama asosladi, turkiy til imkoniyatlarini amaliy jihatdan isbotlab 

ko‘rsata oldi. 

18.  Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga alohida urg‘u qaratadi. 

O‘zbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir so‘zdagi 

ma’no nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan ko‘rsatib beradi.   

19.  U arab, fors, hindiy tillari qatorida o‘zbek tilining ham eng qadimiy 

tillardan biri ekanligini alohida ta’kidlaydi. 

20.  Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda bayon etadi. Buning uchun 

u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq birorda ham u xolislikdan chekinmaydi.  

21.  Adib turkiy tildagi yuzta fe’lni keltirib, ularning ma’nosini anglatadigan 

so‘zlarning fors tilida mavjud emasligini ko‘rsatadi. Yoki so‘z ma’nolari orasidagi 

tafovutlarga alohida urg‘u beradi. 

22.  Asarda yig‘lamoq fe’lining eng baland va doimiy ma’nosi qayd etiladi. 

Uning yonidagi yig‘lamsinmoq fe’lida esa ma’noning ozayishi hisobiga 

yangilanishi aks etadi.  

23.  Ingramoq va singramak ham yig‘lash ma’nosini beradi. Faqat ularda «dard 

bila yashurun ohista yig‘lamoq» ma’nosi ustunroq. 

24.   Siqtamoq esa «yig‘lamoqda mubolag‘adur». Turkiylarda «biyik un bila», 

ya’ni qattiq tovush chiqarib yig‘lash ham bor. Bunga o‘kurmak deyiladi. 

25.   Adib fikrini davom ettirib shunday yozadi: «Chun o‘kurmak muqobalasida 

forsiy tilda lafz yo‘qtur». 

26.  Bunday fikrlar keltirilar ekan, adib ularni ko‘pincha she’riy misralar 

vositasida tasdiqlaydigan misollarni ham keltiradi. Jumladan, qabog‘ so‘zining 

ma’nosi ko‘z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma’noni 

ifodalaydigan alohida so‘zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi 

baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi. 

Mengizlari gul-gul, mijalari xor, 

Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor. 

Alisher Navoiy ona tilidagi so‘zlarning barcha imkoniyatlaridan imkoni boricha 

to‘liqroq foydalanishga harakat qildi. Zamondoshlari tilidagi faol va nofaol 

so‘zlarni o‘z asarlariga kiritib, ularning bizning zamonamizgacha yetib kelishini 

ta’minladi. O‘zi ko‘plab yangi so‘zlarni yaratdi, oldindan qo‘llanib kelayotgan 

so‘zlarning yangicha ma’no tovlanishlarini kashf qildi, tilning ifoda 

imkoniyatlarini amaliy jihatdan ham juda kengaytirdi.  

27.  Olimning sinonimlar, omonimlar, atamashunoslik borasidagi fikrlari ham 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin