Umumiy mа’lumоtlаr. Yong’in, yonish va portlash haqida malumot


Davlat yong’nni nazorat qilish organi



Yüklə 145,41 Kb.
səhifə31/32
tarix08.11.2023
ölçüsü145,41 Kb.
#131473
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
8-mavzu Yonish, yong‘in va portlash haqida umumiy ma’lumotlar. Yong‘inni o‘chirish moddalari va ularning xossalari

Davlat yong’nni nazorat qilish organi.
Davlat yong’inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong’inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong’indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo’llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong’inni oldini olishga oid qoida va me'yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda aloxida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish vaqtida yong’inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o’t o’chiruvchi bo’linmalarning ishga shay turishini hamda o’t o’chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi.
Davlat yong’inni nazorat qilish organlari yong’inni, me'yor va ko’rsatmalarining buzilishiga aybdor bo’lgan mas'ul shaxslarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong’in xavfi tug’ilganda ob'ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to’xtatib qo’yish huquqiga ega. Shaharlar va shahar tipidagi qishloq yong’in muhofazasi, shuningdek, o’zlarida o’t o’chiruvchi qismlar bo’lmagan korxonalarda, yangi qurilishlarda, turar joy va jamoat binolarida yong’inni oldini olish nazoratini amalga oshiradi.
Yong’in haqida xabar berish texnik qurilma va asboblari.
Yong’indan xabar bergichlar yong’inga qarshi kurashishda eng muhim vositachi hisoblanadi. Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarishi kerak: mahalliy yong’in muhofazasiga tezlik va uzluksiz xabar berish, elektr xabar bergich qo’llanilganda elektr zanjirida uzilish ro’y berganda qabul apparatiga 133 avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi elektr tarmog’i (tizimli) hisoblanadi. Elektr yongan xabar bergichlar tizimi yong’inni aniqlash va uning joyini xabar berish uchun belgilanadi.

Kukunli yong'inga qarshi vositalar sxemalari:
a—OP-1 "Moment-2P": 1-tana; 2-sifon trubkasi; 3-CO2 qutisi; 4-banka uchun stakanning korpusi; 5-vana; 6-yoriqli nozul; 7-novda; 8-bosh qopqog'i; 9-tutqich; 10-bosh; 11-qo'ziqorin;
b—OP-1 "Sputnik": 7-tana; 2-to'rli atomizator; 3-qopqoq;
c—OP-5: 7-holat; 2-ishlaydigan gazni etkazib berish uchun quvur; 3-gaz qutisi; 4-tutqich; 5-qulflash tekshiruvi; 6-ishga tushirish dastagi; 7-bosh qopqog'i; 8-igna; 9-shlang; 10-to'pponcha; 11-qurol tutqichi; 12-buzadigan amallar ko'krak
Elektr yong’in xabar bergichlar yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, ishloq xo’jaligi bino va inshootlariga o’rnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yong’in xabar bergich stansiyasi, elektr toki bilan ta'minlash tuzilmasi va aloqa chizig’i bo’ladi. Yong’indan xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko’tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug’lik (alanganing yorug’lik nurini sezuvchi); kombinasiya qilingan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o’zgarishini sezuvchi) va boshqalar bo’ladi.
Elektr yong’in xabar bergichlar tizimini tanlashda xona va muhitning xususiyatlari, yonuvchi xavfli materiallarning borligi, ularni yonish xarakteri, texnologik jarayonlarni xisobga olib tanlanadi. Shuningdek, xabar bergichlarning texnikaviy ma'lumotlarini hisobga olib, ularni ishlatish sharoitlariga moslab tanlanadi. Nisbiy namligi 80% dan kam bo’lgan va yonish harorati ko’tarilishi mumkin bo’lgan joylarda ATIM-3, ATP-ZM, POST-1 va DTL tipidagi issiqlik xabar bergichlari qo’llaniladi. Nisbiy namligi katta bo’lgan xonalar uchun ATP-ZV, ATIM-3, TRV-2 va boshqa avtomatik xabar bergichlar qo’llaniladi. Portlash xavfi bo’lgan xonalarni muhofaza qilish uchun TRV-1 va TRV-2 portlash xavfsizlik xabar bergichlari qo’llaniladi.
O’t o’chirishning Muhim va ko’chma vositalari.
O’t o’chirishning ko’chma vositalari avval kurib chiqqan kul va o’t o’chirish asboblariga nisbatan kuvvatli qilib tayyorlanadi. Xozirgi vaqtda karbonat kislotali OU-25, OU-80, OU-400 (42-a rasm), havo-ko’pikli OVP-100, kukunli OP-100 (42b-rasm) ko’chma o’t o’chirish vositalari ishlab chiqarilmokda. Shu bilan bir katorda kurama, ikki zaryad ko’pik xosil qiluvchi modda bilan suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK-100 markali ko’chma o’t o’chirish vositasi xam qo’llanadi. U yengil yonuvchi va yonuvchan Suyuqliklarni, gaz va chuglanuvchi moddalarni o’chirishda ishlatiladi. Ko’chma o’t o’chirish asboblari ishlatilishida biroz nokulaydirlar. Ularni ishga tushirish uchun ko’pik generatrini, ko’pik chiqaruvchi klapinni yechib olish, ko’pik xosil qilish uchun ichkani chuvatib yechib olish, ballondagi qo’rg’oshin tamgani uzib tashlash va dastlabki strelka bo’yicha oxirigacha kayirish ishlarini bajarish kerak.
Bulardan farqli ravishda, Muhim o’t o’chirish vositalari yong’inni o’chirishga doimo tayyor xolda bo’ladi. Bu ularning katta afzalliklaridan biridir. Xozirgi paytda karbonat kislotali OSU-5, OSU-5P, havo-ko’pikli OVPU-250, xladonli OS-8M, OS-8MD, OF-40, kukunli OP-250 Muhim o’t o’chirish uskunalari ishlab chiqarilmokda. Muhim o’t o’chirish uskunalari kulda va avtomatik ravigshda yong’in xaqiida xabar beruvchi asboblar yordamida xam ishga tushirib yuborilishi mumkin.
Yong’indan himoya qilinishi zarur bo’lgan xona 1 shiftiga avtomatik ravishda o’t o’chirish uskunasining kuvurlari 2, ularga o’rnatilgan o’t o’chiruvchi kallaklari 3 va yong’in xakida xabar beruvchi vosita 4 bilan xabar beruvchi tarmok ulangandir.
Xonaning biron yerida yong’in chiksa, usha yerdagi xabar beruvchi vositaga ta’sir qilib va elektr tarmog’i buylab buyruk beruvchi apparat 7 ga xabar keladi va bu xabar ijro etuvchi mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna 8 ga beriladi. Uz navbatida bu uskuna o’t o’chirish sistemasi 9 ni ishlatib yuboradi (sxemada azot tuldirilgan ballonlar ko’rsatilgan). Undagi o’t o’chiruvchi modda 6 va 2 kuvurlaridan o’tib, o’t o’chirish kallaklari 3 ga yetib boradi. Yong’in xakida xabar beruvchi vosita 4 ishlagach, buyruk beruvchi apparat 7 yong’in vaximasi xakida xabar beruvchi uskuna 11 ni ishlatib yuboradi. Muhim o’t o’chirish sistemasini shlatib yuborish, yuqoridagidek avtomatik ravishda hamda 10-kulda yurgizib yuborish boshkarmasi orqali amalga oshirish mumkin.
To’qimachilik korxonalarida aksariyat yuqorida zikr kilingan o’t o’chirish tizimi suv ta’minoti tarmoklari bilan ulangan bo’ladi. Avtomatik o’t o’chirish tizimi bilan xom ashyo va tayyor maxsulot omborlari yigiruv fabrikalarining saralash, chiqindilarni kayta ishlash, changli havoni tozalash xonalari, tukuv va pardozlash fabrikalarining maxsulot sifatini nazorat qilish sexlari va yonuvchi moddalar kup mikdorda tuplanadigan sex yoki xonalarga o’rnatiladi.
Sprinkler uskunalari. Sprinkler uskunalari avtomatik o’t o’chirish vositalariga mansub bulib, unda xonaning shipiga suv yoki ko’pik xarakatlanuvchi kuvurlar o’rnatiladi. Ularga ma’lum masofalarda shtuserlar yordamida sprinkler kallaklari o’rnatilgan. Xar bir sprinkler kallagi 12 m2 yerga mo’ljallanadi. Oddiy xolatda kallaklarning suv yo’llari qopqoq bilan berk xolda turadi. Qopqoqni yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf ushlab turadi.
Sprinkler kallaklari shtuser 1 yordamida shipdan o’tgan suv kuvurlariga buralib kirgiziladi. Shtuserning teshigiga zanglamasligi uchun bronza xalka 2 burib kiritilgan. Xalqa bilan shtuser orasiga urtasi teshik metall diafragma 3 o’rnatilgan. Diafragmaning bu teshigi shisha sharcha (kopko) 4 bilan berkitilgandir. U esa uchta uzaro yengil eruvchan metall bilan kavsharlab quyilgan mis plastinkalari yordamida ushlab turiladi.
Yong’in chiqqanda, havo kizib sprinkler kallagiga yetib borib, yengil eruvchan kavsharlagichga ta’sir qilib kulf 5 ni buzib yuboradi. Bosim ostidagi suvning 4 qopqoqka ta’siri natijasida u diafragma 3 dan tushib ketadi va suvga yo’l ochiladi. Teshikdan urilib tushayotgan suv tarkatgich 6 ga urilib, 9-12 m2 ga yoyilib tushib, yong’inni o’chira boshlaydi. Sprinkler kulflari 72, 93, 141, 1820S da erib ketishiga mo’ljallangan.
Drencher kallagi. Tashki ko’rinishi bo’yicha u sprnikler kallagidan kam farq qiladi. Fakat unda yengil eruvchan kulf va qopqoq yuk. Shuning uchun drencher sistemasi xnalarda emas, xonalar va binolar orasiga o’rnatiladi. Bularni yong’in bir sexdan ikkinchi sexga yoki bir binodan ikkinchi binoga o’tib ketmasligi uchun qo’llaniladi.
Ularni ishga tushirib yuborish kulda yoki avtomatik ravishda issiklik relelarini qo’llash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Sprinkler a drencher uskunalari uzluksiz takomillashtirib boriladi. Xozirgi paytda ularni fakatgina suv bilan emas, balki ko’pik bilan xam o’chira oladigan, boshkarishni esa avtomatlashtirilgan xillari mavjud.
Suv bilan ishlaydigan uskunalarning sprinkler kallaklari olidagi kuvurlarda suvning bosimi doimo 0,6 MPa ga, ko’pik bilan ishlaydigan kuvurlarda esa 0,3 MPa ga yakin bo’lishi kerak. Ko’pik bilan ishlaydigan xar bir kallak 17 m2 ga mo’ljallanadi. Ko’pik xosil kiluvchi moddaning sarfi 3,5 l/s va o’t o’chirish vaqti 10-15 min deb olinadi.
O’t o’chirishning dastlabki vositalari.
O’t o’chirishning dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yong’inlarni o’chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishida, omborlar yonida, kizil rangga buyalgan maxsus taxta shitlariga osib quyiladi. Bu vositalarga o’t o’chirish uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, chelak), asbest matosi yoki texnik kigiz, boskada suv, yashikda kum va o’t o’chiruvchi (ko’pikli, karbonat angidridli va kukunli) asboblar kiradi. Shu bilan birga o’t o’chirishning ichki vodoprovod tizimi xam kiradi.
GOST 12.1.004-85(90) SSBT “Yong’in xavfsizligi. Umumiy talablar! Ga binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlabki o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Mexanizatsiyalashgan o’t o’chirish vositalari.
Mexanizatsiyalashgan, ya’ni asosiy o’t o’chirish vositalariga sv nasoslari va avtomashinalar kiradi.
Suvnasoslar (motopompalar) - umumiy asosga o’rnatilgan dvigatel va markazdan kochma nasosdan tarkib topgan agregatdir.
To’qimachilik sanoatida asosan MP-800 va MP-1400 markali va mo’tanosib ravishda 800 va 1400 l/min ish unumdorligiga ega bo’lgan suv nasoslari ishlatiladi. MP-800 sv nasosi payvandlangan yengil rama ustiga o’rnatilgan bulib, ko’tarish uchun dastaklar yoki yong’in chiqqan joyga gildiratib borish uchun ikki gildirakli aravacha ustiga o’rnatiladi.
Tirkamali suv nasos MP-1400 “Volga” avtomobilining turt taktli ichki yonish dvigatelidan, bosimi katta bo’lgan markazdan kochma nasos, yarim avtomat vakuum tizimi, ikki gildirakli avtomobil tirkamasi, yong’inga qarshi uskunalar komplekti va dvigatelni yurgizib yuborish uchun akkumulyator batareyalaridan tashkil topgan.
Bulardan tashkari o’t o’chiruvchi moddalarni (suv, havo-mexaniq yoki ximiyaviy ko’pik) yetkazib berish maksadida yong’in avtomashinalari ishlatiladi. Ularga avtotsisternalar, shlang-nasosli avtomobillar, poyezdlar va boshkalar kiradi.
Nasosli avtotsisterna shaxsiy sostavni, o’t o’chirish uskunalarini, suv zaxirasini va ko’pik xosil kiluvchi moddani yong’in chiqqan yerga yetkazish hamda ichaklarni vodoprovod tizimiga ulanguncha suv bilan ta’minlash, suv keltirish va suv yetkazib berishda oralik vazifasini xam o’taydi.
Avtotsisternalar asosan yengil, urta va ogir turlardan tashkil topgan bulib, ular GAZ-53a, GAZ-60, ZIL-130, ZIL-131 va Ural-375D avtomobillari shassilariga o’rnatiladi.
O’t o’chiruvchi avtomobillarning (avtotsisterna va avtonasoslar) asosiy agregati, markazdan kochma yong’in nasosi bulib, u suv yoki boshka suyuk o’t o’chiruvchi aralashmalarni yong’in chiqqan yerga yetkazib beradi.
O’t o’chirish mashinalari uchun to’qimachilik korxonalarida maxsus depo quriladi. Ular magistral yo’llar yoniga, barcha obyektlariga mashinalar bemalol bora oladigan qilib quriladi. Zarur bulib kolsa, kushni korxonaga xam tez yordam bera olish uchun depolar korxonadan chiqish darvozalari yakinida kurilgani ma’kul. Ularning xizmat qilish radiusi A, B va V toifali korxonalar uchun 2 km olinadi. Xizmat radiusi bundan katta bo’lgan korxonlarda kushimcha ravishda yong’in postlari quriladi.

Yüklə 145,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin