O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining
2022-yil 5-dekabrdagi
372-sonli buyrug‘iga
5-
ILOVA
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik
xizmat bo‘limining O‘quv metodik kengashi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1.
Mazkur Nizom Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy
markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limining O‘quv metodik kengashi to‘g‘risidagi
(keyingi o‘rinlarda O‘quv-metodika kengashi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish
tartibini belgilaydi.
2.
Metodik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Xalq ta’limi vazirining buyruqlari, boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomga amal qiladi.
3.
Mazkur Nizom talablari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy
markazlaridagi Metodik xizmat bo‘limiga nisbatan tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: