Umumiy pedagogika fanidan Sirtq shaklda ta’Iim
oluvchi talabasi Yuldasheva Yoqutjon uchun 3- topshiriq.
II. Talabalar tomonidan quyidagi mavzular asosida tezis yozing.
Tarbiya najot masalasidir.
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.
Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizga ayon. Ammo bugun kishilarimizga ana shu haqiqatni aytsangiz sizga: “Nima qilay, ishlamasang bo‘lmasa!”, “Ko‘ryapsiz-ku, osonmas, hayot tashvishlari, bolalarning yeb-ichishi-yu, kiyim kechagi ...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...”.
Yo‘q, tarbiya “bir gap bo‘ladigan” narsa emas! Uning uchun jon kuydirish shart. Mol-dunyo, kiyim-kechakka hirs qo‘yish dardidan forig‘ bo‘lib, tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.
Go‘yo ko‘pchilikning farzand tarbiyasi bilan band bo‘lishga ortiqcha vaqti yo‘q emish. Vaholanki, tarbiya masalalari bilan ortiqcha vaqtda emas, har daqiqada shug‘ullanish darkor. Olimlar bir sutkada farzand tarbiyasi uchun faqatgina o‘n ikki daqiqagina vaqt ajratadigan ota-onalar bor ekanini aniqlaganlar. Bu daqiqalar ham asosan dasturxon atrofida o‘tirganda, bola ko‘chaga chiqayotganda, maktabga ketayotgandan beriladigan kichik tanbehlarga sarf bo‘lar ekan, xolos.
Buyuk vatandoshimiz Imom Gʻazzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”.
Aziz ota onalar, bu borada olib borayotgan ishlaringizga bir nazar tashlab ko‘ring-a?! Siz buni qay daraja uddalayapsiz, farzandingizga, uning tarbiyasiga qancha vaqt ajratyapsiz?
Zero, bugun ilm-fan va ta’lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta’limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta’lim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning ta’lim berishdan maqsadi kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan halol kadrlarni tarbiyalash bo‘lsagina, bunday ta’lim-tarbiya o‘z samarasini bermay qolmaydi. Ya’ni, bugungi kunning o‘qituvchi va muallimi o‘zi ta’lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta’lim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi bo‘lishi shart. Ayni damda tarbiya sohasida o‘qituvchi va muallimlar o‘quvchi yoshlarga shaxsan namuna bo‘lishlari ham muhimdir!
“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Shunday ekan, ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borish talab etiladi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, o‘nib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Albatta, ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa ma’naviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasida esa ma’naviy tarbiya katta ahamiyatga ega.
Eng muhimi, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylikki, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq bo‘lishsin.
Ekologik tarbiya.Inson va tabiat.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.
Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin.
Ekologiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan foydalanish ona tili bo‘yicha mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili darslaridagi ko‘plab mashqlar o‘quvchilarda tabiatga mehr uyg‘otishda qo‘l keladi. Mashqlardagi suv va havo, o‘simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg‘otish mumkin. Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog‘langan. Bunda har bir asarni o‘qib tahlil qilish vaqtida va o‘quvchiga tushuntirayotganda faqat bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatni muxofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o‘quvchilar ongiga ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda «Tabiatni asrash-Vatanni asrash», «Tabiatni e’zozlaylik» kabi mavzularda turli baxs va she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga oshirish mumkin. Adabiyot fanida o‘qitilayotgan xalq og‘zaki ijodi misolida esa o‘quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o‘rganadilar.
O‘quvchilarga aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o‘simliklarning hususiyatlari, ularning tabiatdagi 3 o‘rni ochib beriladi. O‘qilgan badiiy asarlar misolida, o‘tkazilgan suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lish va toshbag‘irlik bilan qarash dalillari muhokama qilinad
Bolalarda dunyoqarashni shakllantirish va aqliy tarbiya.
Aql-dunyoqarash mezoni
O`sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo`lgani kabi, hozir ham millatning ilg`or kishilari diqat markazida bo`lib kelmoqda.
Xo`sh, dunyoqarashni o`zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni o`rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o`rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo`ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o`z faoliyatida ma`lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g`oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o`ziga talqin etib, ma`lum xulosalarga keladi.
Har qanday odam o`zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning ma`nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj o`quvchiga ham xos bo`lib, u o`zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof hayoti to`g`risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo`la boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta`minlaydi, qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyat shaxsning e`tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini hosil bo`lishiga yordam beradi.
Qarashlar va e`tiqodlar tizimi bo`lgan dunyoqarashning mohiyatidan shunday xulosa chiqarish kerakki, o`quvchining va umuman maktabning ishida muayyan tizim bo`lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-sekin to`plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli davrlarda o`qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo`shganlar.
Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davrning o`qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo`shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; Sharqda ilk o`rta asrlarda musulmon dunyosi al-Kindiy, ar-Roziy, G`azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir.
Kaykovusning "Qobusnoma", IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning "Kalila va Dimna" asarlari, "Ramayana", "Maxabhorat" dostoni, Yusuf Xos Hojibning "qutadg`u bilig", Nosir Hisravning "Saodatnoma", Sa`diyning "Guliston va Bo`ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul qulub", Ahmad Donishning "O`g`illarga nasihat" bundan tashqari o`tmishning "Chor darvesh", "Ming bir kecha", "Qur`oni karim", "Hadisi sharif"dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma`naviy-madaniy meros bo`lib, sharq va g`arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo`lganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma`naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo`lsada bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz O`tar o`g`li, Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho`lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko`plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma`rifatli qilishga intildilar.
Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yilda ikki marotaba nashr qilingan "Turkiy guliston yohud axloq" asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganishda katta ahamiyatga molikdir.
Asarning "Yaxshi xulqlar" bobining birinchi qismi "Fatanat" atalib, Avloniy Fatanatni " Aql egasi bo`luv demakdir" deb ta`riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa`diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e`tibor beradi. U “Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo`llarga kirishdan saqlar"- deb uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog`lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog`lom va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o`qimoq, o`qitmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir.
"Aql-deydi: u-piri komili, muroshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o`ziga keladigan zarar va zulmlardan saqlanur, er yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo`ynidan boylab iplarining uchini qo`llariga bergan insonlarning aqlidur".
O`zbekiston o`z mustaqilligininng qo`lga kiritgan hozirgi sharoitda qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o`rganishga, o`zligimizni anglab yetishga ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo`l kelishi muqarrardir.
Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos hususiyat bo`lib, hayvonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham dunyoqarash bo`ladi, deb o`ylash bema`nilik bo`lur edi.
Avvalo ta`kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida turlicha-to`larok, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va xomroq bo`lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros bo`lgan ma`naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o`zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi sharoitda kishilarning ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlash, yashashni tarbiyalanmasa, mustaqillikning g`oyasi, mazmuni va mohiyatini tushuntirilmasa, ko`zda tutilgan natijaga erishib bo`lmaydi.
Shuning uchun hozirgi eng muhim dolzarb masala xalqning ongidagi eskicha dunyoqarashni o`zgartirish iqtisod, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha fikrlashni o`rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharoitida o`z haq-huquqlarini anglash va noxush holatlarni hayotga kirib qolmasligiga, unga qarshi kurashishga tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashli shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, hatto vahshiy hayvonlarga ham xos bo`lib, ular ham ovqat topib yeyishni, o`yini, egasini tanishni, xavf-xatardan qo`rqishni biladilar. Bu hol shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday holat jonli kuzatish bo`lib, odamlarga hayvonlarga ham bir xil ta`sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa insonga xos bo`lib-bu ikkinchi signal tizimidir.
Aql har bir insonga xos tug`ma hususiyat bo`lib, miya sog` bo`lsa, aql ham yaxshi ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo`lsa, aql past, zaif bo`lib, aqli rivojlanmagan odamning yoshi katta bo`lsa ham aqli yoshidan orqada qolib ketishi, tevarak-atrofni, dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o`zinikiga aylantirib o`zlashtira olishga qiynaladi. Chunki ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib olinadigan, o`ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga; farosat, tamiz, bilim amaliyotga, tajribaga talluqlidir.
Shuni anglamoq zarurki tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan chambarchas bog`liq bo`lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok,tafakkur jami bir bo`lib, ong degan pedagogik tushunchani beradi.
Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog`liq bo`lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir.
Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi.
Sezgi kishini o`rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir.
Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo`lib, ular ham voqea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o`tish orqali amalga oshadi.
Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida rivojlanadi. O`tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta`minlab turadi.
Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o`ziga xos bo`lib, mavjud tarixiy davrda u yoki bu ta`limotni nima uchun hukmron bo`lganligini bilish uchun oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o`sha ta`limot qanday qilib shu holatga kelib qolganligini o`rganmoq zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o`tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur osmondan emas, balki ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi.
Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-onaga mehribon bo`lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar bo`lib shakllanishida mas`uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni yoshlik chog`idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli bo`lishga o`rgatmoqlari shartdir.
Kishining dunyoqarashini, fe`l-atvorini mavjud muhit belgilar ekan, demak yaxshi odamni kutish uchun shu muhitni yaxshi odam shakllanadigan yaxshi muhitga aylantirish kerak.
Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o`quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-qarshi turgan diniy, fantastik, mifologik, ateistik va boshqa g`ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to`g`ri fikr yuritishni o`rganmoqlari kerak.
Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan ishlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to`g`risida ilmiy dunyoqarash bo`lmaydi.
Dunyoqarash kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasavvurlarning yig`indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy g`ururning, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo`shilgach, insonning yoki g`ururning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqqa bevosita amaliy yo`l tutish maqsadiga xizmat qiladi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in`ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog`liq bo`ladi.
Dunyoqarashning har bir turi o`ziga xos hususiyatga egadir. Mifologiya qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og`zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan voqelikning fantastik in`ikosidir.
Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy qahramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga ko`chirish, ularni hissiy obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi.
Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qanday o`zgarishlar va jasoratlar ko`rsatishi, o`zi uchun keng shakl maydoniga ega bo`lishi mumkin va g`ayri tabiiy kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo`ladi.
Diniy dunyoqarashning o`ziga xos hususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o`zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning qudratiga ko`nikib hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta`siri, mo`jizaviy kuch bor deb tushuntiradi.
Din va diniy dunyoqarashga yaqin o`tmishimizda bir tomonlama yondoshilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to`g`ri tushunilmay kelindi. Dinga qarshi kurashish paytida u bilan bog`liq bo`lgan rasm-rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi.
Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmoqda. Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmokda.
Falsafiy dunyoqarashning o`ziga xos hususiyati, u dunyoni qanday bo`lsa, shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay, mubolag`asiz tushuntiriladi.
U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma`lumot berib, mifologiyadan farqli ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hech kim tomonidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va mohiyatini, o`ziga xos hususiyatlarini va qonuniyatlarini to`g`ri, ilmiy asosda tushuntirib beradi.
Dunyoqarash pedagogik jarayon sifatida
Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo`lib, u insondan eng avvalo fiziologik jihatdan barkamollikni, ya`ni 5 asosiy sezgi organlarini bus-butun bo`lishini, hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni, qunt bilan mehnat qilishni talab qiladi.
Dunyoning va butun borliqning ko`rki insondir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mavjudotlardan afzaldir. Insonning tafakkuri, aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni boshqaradi. Hayvonlar tabiatga u qanday bo`lsa, shundayligicha moslashib yashayveradilar. Inson esa tabiatni o`ziga moslashtiradi, o`zgartiradi.
Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o`zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar to`la bo`lmagan bilimlardan to`la bilimlarga qarab borishligini unutmaslik zarur. Masalan, qayta qurish munosabati bilan dunyo o`zgardi, oldingi tushunchalar ham o`zgardi. Yangi tarkib topayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qaror va farmonlar ham o`zgarmas emas. Shu bois ilmiy dunyoqarash bu hodisa va voqealarning hammasiga kishilar oddiy tomoshabin bo`lib turaverishi kerak emasligini, bu o`zgarishlarning faol ishtirokchilari bo`lishlik, tahlil yo`li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi.
Madomiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo`l: tajriba va mantiq (aql) yo`li bilan bo`lar ekan. Demak, kishi hayot to`g`risidagi, o`tmishdagi mutafakkirlarning dono fikrlariga va o`zi to`plagan shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmog`i kerak. Kishilarning ongi ularning borligini emas, aksincha moddiy hayot sharoitlari, ya`ni borligi ularning ongini belgilashligi, Shundan dalolat beradi.Shu bois ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan oddiy hodisa bo`lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bog`liqdir.
Biroq, aqliy jihatdan sog`lom odam agar kam bilsa ham ko`p o`qishi, o`rganishi natijasida o`z bilimini oshirishi, bilimlilarga etib olishi va ma`lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira olishi mumkin. Aql va bilim tajriba orqali qo`lga kiradi. Demak, bilimli odam aqlli, mulohazali ham bo`ladi.
Biroq, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda gen (zot) ning ham juda ahamiyati katta. Oldingi yevropalashtirilgan ta`lim va tarbiya uslubimizda qilingan xatolardan eng buyugi, bizningcha, zotga e`tibor bermaslik bo`lib, biz ta`lim oluvchining qobiliyatiga, uning zotiga e`tibor berib o`tirmay, agar yetarli bilimni bersak kutilgan shaxs shakllanaveradi, deb o`ylashimiz kerak edi.
Tabiat, jamiyat va tafakkur sohasidagi fanning barcha jabhalarida insoniyat tomonidan ming yillar davomida yaratilgan va to`plangan bilimlardan hech bo`lmaganda boshlang`ich ma`lumotlarga ega bo`lmay turib, chinakam ilmiy dunyoqarash to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asosida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo`ladi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyotning, xalq og`zaki ijodining, ertaklarning, hikoya va qissalarning ahamiyati katta:
Masalan: "Hadis"larda, "Kalila va Dimna", "Qobusnoma", "Ming bir kecha" va boshqalarda hissiy va mantiqiy bilishga tegishli matallar, ertaklar, hikoyalar, baytlar ko`p bo`lib, yoshlarni ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim o`rin tutadi.
Dunyoqarash insonda ma`lum mas`uliyat hissi bo`lishini ham talab qiladi. Masalan, qo`zini yeb qo`ygani uchun bo`rini qora kursiga o`tkazib, sud qilib o`tirilmaydi, to`g`ridan to`g`ri otib tashlanaveradi, chunki uning ongi yo`qligi tufayli mas`uliyati ham yo`q, u qilishi mumkin bo`lgan ishni qilgan. N`yurinberg jarayonida jahon jamoatchiligi gitlerchi fashistlarni sud qilganlarida tamomila haqli edi. Chunki, ular mas`uliyatni o`ylamay insoniyat boshiga katta kulfat soldilar.
Bozor iqtisodiga o`tish mamlakat ertami-kechmi bosib o`tishi shart bo`lgan yo`l ekanligini, unga 10-15 yildan tortib, xatto 100 yillar davomida o`tilganligini, hozirgi rivojlangan kapitalistik mamlakatlar Angliya, Fransiya, Germaniya va hatto AQSH dan ham xalq uchun zarur bo`lgan keng iste`mol mollari belgilangan narxda, qat`iy ravishda davlat do`konlarida sotilishligini bilish bu bilan chayqovchilik qilganlar qattiq jazolanishi ham dunyoqarash darajasini ko`rsatuvchi omillardandir.
Kelajagi buyuk davlatni barpo qiluvchi mamlakatning butun aholisi faqat tijorat, din, qiroat, oldi-sotdi bilangina shug`ullanavermasdan eng avvalo ishlab chiqarishni, ilm-fanni rivojlantirishi, dunyo tillarini bilishi, umuman ma`rifatga birinchi darajali e`tibor berish tufayligina ko`tarilish mumkinligini tushunish ham dunyoqarashni shakllantirishga kiradi.
O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning bozor iqtisodiga o`tishda O`zbekistonning o`z taraqiyot yo`li borligi haqidagi 5 tamoyilini bilish ilmiy dunyoqarashni muhim elementidir.Bular: 1) iqtisodning siyosatdan ustun bo`lishligi; 2) Iqtisodni boshqarishda davlat asosiy isloxotchi bo`lishi; 3) qonunga hammaning itoat qilishligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat yurgizib, aholini kam ta`minlangan qismini ijtimoiy muhofaza qilish; 5) Bozor iqtisodiga o`tishda shoshma-shosharlikka yo`l qo`ymay bosqichma-bosqich o`tish kabilardir.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning ko`rinib turgan ifodasiga, shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmuniga qarab baho berish kerak.
Shunday qilib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bir, ikki, uch kishi yoki bir necha guruh tomonidan bo`lmay, balki ko`pchilik, ijtimoiy fikr tomonidan bajariladigan ijtimoiy-tarixiy harakterdagi hodisadir. Demak, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kishidan ko`p mehnat, malaka talab qiladigan murakkab, sermashaqqat faoliyat sohasidir.
O’quvchilarga fuqarolik va huquqiy tarbiyani berish jarayonidagi yondashuvlar.
Maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyalanuvchilarda huquqiy savodxonlikni shakllantirishga doir tavsiyalar berilgan.
KALIT SO‘ZLAR: Fuqaro, fuqarolik, fuqarolik tarbiyasi, Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq), vatanparvarlik, baynalminallik, Huquqiy tarbiya.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish.
2. Tarbiyalanuvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.
3. Tarbiyalanuvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
4. Tarbiyalanuvchilarda xalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish. ASOSIY QISM ( MATERIALS AND METHODS) Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir:
• Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko’zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish;
• O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash;
• Fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;
• Qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash;
• O’zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan burchlarni bajarish O’zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir kishining muqaddas burchidir. Tarbiyalanuvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g’oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir. Muayyan davlatning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi. Davlat ramzlari o’zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g’oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o’tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g’oyalari tarannum etiladi. Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko’rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu shartli belgilar bo’lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:
1) O’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;
2) Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
3) Tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
4) Oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
5) O’quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi. Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o’quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Ushbu maqsadda diagnostik (tashhis qo’yish), statistik va qiyosiy tahlil tahlilni olib borish lozim. Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o’zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim: - fuqarolik burchini bajara olish (o’z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik; - milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’usiga ega bo’lish; - davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo’lish; - mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik; - ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat va itoatda bo’lish; - mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish haqida qayg’urish; - davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga sodiq, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularni asrash; - ijtimoiy faollik; - demokratik tamoyillarga amal qilish; - tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabatda bo’lish; - fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish; - huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo’lish; - to’g’ri so’z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo’lmish; - o’z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas’uliyatli bo’lish; - baynalminallik, o’zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda bo’lish va boshqalar. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro’-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. «Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir» . Vatanparvarlik shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi. Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:
1. Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g’ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxurlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
7. Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
8.Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi. Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalq) o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir. O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferantsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko’rik-tanlov, bahsmunozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o’rganish, kinofilmlar tomosha qilish ham o’zining ijobiy natijasini beradi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 1) Tarbiyalanuvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo’yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko’nikmalarni hosil qilish; 2) Tarbiyalanuvchilarni milliy mustaqillik, O’zbekiston Respublikasining davlat qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga tayyorlash; 3) Tarbiyalanuvchilarda g’oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda terrorizm va diniy ekstremistik g’oyalarga qarshi nafrat tuyg’usini tarbiyalash; 4) Tarbiyalanuvchilarning vatan himoyasini ta’minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka ega bo’lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 5) Tarbiyalanuvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko’ra olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; 6) Ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. Tarbiyalanuvchilar o’rtasida baxs (boshlang’ich harbiy ta’lim o’quv fani) bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. Tarviyachi rahbarligida «shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham o’quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Huquqiy tarbiya berish. Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi 6 huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
5.Pedagogik mahorat va o’qituvchi kasbining jamiyatda tutgan o’rni.
Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyat maqsadi, bo’ekti va vositasi, kasbiy bilim, pedagogik teknika, pedagogik vaziyat, pedagogik topshiriq.
Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri bo’lib kelgan. Hatto jamiyat me’yordagi stabil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida turli muammolar paydo bo’ladi. Bugungi kun muammolari esa (ishsizlik, qonunbuzurlik, oilaviy ajrashishlar, noqonuniy dori vositaliri va hatto giyohvand moddalardan foydalanish, shahsiy va profisional maqsadning yo’qligi, diniy ekstremizm, terrorchilik va h.o) ta’lim-tarbiya jarayonini yanada murakkablashtirib yubormoqda.
Ma’lumki, ta’lim–tarbiya deb atalgan murakkab jarayon sub’ektlaridan biri – bu o’qituvchi. Ho’sh, bugungi kun o’qituvchisi qanday bo’lishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini o’stirish nimalarga bog’liq?
Eng avvalo o’qituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o’zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo’lgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag’ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o’z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Binobarin, Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun halqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydi».
Bunday mas’uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin shahsiy sifatlarga ega bo’lgan, o’z–o’zini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga tayyor bo’lgan o’qituvchi bajara oladi. Zero, o’qituvchi shahsi pedagogik jarayon muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir.
O’qituvchining shahsiy sifatlari doim tayyor qilib qo’yilgan ahborotlardan iborat emas, balki u jonli mushohada yurita olish, doimiy o’z–o’zini rivojlantira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Olov olov bilan yoqiladi, shahs shahs orqali shakllantiriladi. O’zida bo’lmagan narsani birovga berib bo’lmaydi.
Har qanday o’qituvchi ham mahoratli o’qituvchi bo’la oladimi, degan savolga tajribali pedagoglarimiz shunday javob beradilar: “Ha! Lekin faqat o’z ustida tinimsiz ish olib borish sharti bilan”.
Masalan, taniqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning shahsi o’z ustida ishlab, pedagogik qobiliyatlarni takomillashtirishning yorqin namunasi bo’la oladi. U juda ko’p o’qigan, o’z mahoratini uzluksiz oshirib borgan, o’z harakteri ustida ishlagan. U o’z tajribasi va hamkasblari tajribasidan o’rganib, muhim hulosalar chiqara oldi, aktyorlardan dars oldi, o’z pedagogik texnikalarini rivojlantiridi.
Mahorat faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi. Pedagogikada mahoratni aynan shunday tushunish qabul qilingan. U o’qituvchi belgilangan vaqt ichida erishishi mumkin bo’lgan optimal natijaga olib keladigan pedagogik faoliyatning oliy darajasi sanaladi.
Albatta, tashqi tomondan mahorat turli pedagogik topshiriqlarni muvaffaqiyatli hal etishda , o’quv–tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etishda namoyon bo’ladi. Ammo uning mohiyati shunday faoliyatni yuzaga chiqaradigan va uning muvaffaqiyatini ta’minlaydagan shahsiy sifatlar va pedagogik qobiliyatlarga bog’liq. Zero, shunday sifatlarni faqat ko’nikmalardangina emas, balki o’qituvchi uchun samarali va ijodiy faoliyat ko’rsatishga yordam beradigan shahsiy hususiyatlardan izlash lozim.
SHu o’rinda buyuk mutasavvuf olim Jaloliddin Rumiy haqidagi bir rivoyatni keltirib o’tishni lozim topdik.
Rivoyat qilishlaricha, mavlona Rumiy shogirdlari oldida va’z aytib turgan vaqtida unga bir yosh tolib qaltis savol beradi: ”Ustoz, Siz qaysidir bir yig’inda “men 72 mazhab bilan birman”, degan ekansiz. SHu gap rostmi?”, - deb so’raydi. (Ma’lumki, islom dinida ihtiloflar tufayli 6 ta firqa paydo bo’lib, ularning har biri YAna 12 tadan firqalarga bo’linib, 72 ta mazhab vujudga kelgan edi. SHular ichida eng to’g’ri va mukammali suniylar mazhabi sanaladi. Lekin Rumiy ularning birortasini keskin qoralamaydi va rad etmaydi. CHunki Rumiyning fikricha, har bir mazhab ollohning yakka–yagonaligini rad etmagan holda o’z manfaatidan kelib chiqib, shunday farqlarga bo’linib ketganlar va shunday bo’lishi tabiiy hol). – Ha, rost, deb javob beradi Rumiy. SHunda haligi yosh tolib, sunniylik oqimining ashaddiy tarafdori ustoz Rumiyni haqorat qiadi. Uning bu ishidan majlis ahli, ayniqsa, Rumiyni qattiq harmat qiladigan shogirdlari larzaga keladi. Lekin ustoz yuzidagi hotirjamlikni sira o’zgartirmasdan ”Siz aytgan so’zlardan bilan ham birdirman” – deb javob qaytaradi. SHunda savol bergan haligi tolib o’z qilmishidan qattiq hijolat bo’lib, uyalganidan majlisni tark etib ketishga majbur bo’ladi.
Ho’sh, ustoz Rumiyni aynan shunday ohang, og’ir bosiqlik bilan javob qaytarishga undagan narsa nima? Bu ulug’ murabbiy va ustoz mahoratining mahiyatini belgilaydigan shahsiy hususiyatlaridir.
Demak, yuqorida aytilgan fikrlardan shunday hulosaga kelish mumkin: pedagogik mahorat faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi, lekin unga olib borilmaydi, u mahsus umumiy ko’nikmalarning yuqori darajada rivojlanganligi bilan harakterlanadi. Ammo asosiysi bu ham emas. Asosan, o’qituvchining shahsi, uning tutgan yo’li, o’z faoliyatini yuqori professional darajada boshqara olish qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, pedagogik mahorat mohiyatini anglash uchun, avvalo, pedagogik faoliyatning o’qituvchi shahsiga nisbatan talabalarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik mahoratni biz o’qituvchida bo’lishi lozim bo’lgan bir qancha shahsiy sifatlar majmuasi sifatida tushunamiz. Bu shahsiy sifatlar kasbiy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishga imkon beradi. SHunday muhim sifatlarga – o’qituvchi faoliyatining insonparvarligi; uning kasbiy bilimi; pedagogik qobiliyatlari va pedagogik teknikasini kiritish mumkin.
SHu o’rinda quyidagi holatlarni ta’kidlash joiz: birinchidan, pedagogik mahorat shahs ruhiyatidagi o’z–o’zini tashkil etuvchi tizim bo’lib, insonparvar yo’nalganlik bu tizimning asosiy omili bo’lib hizmat qiladi; ikkinchidan kasbiy mahoratni rivojlantirish zaminida (asosida) o’qituvchi hatti–haraktalarining asl mohiyati asoslanganligi, ongliligini belgilaydigan kasbiy bilim yotadi. Yo’nalganlik va kasbiy bilim professional yuqori darajadagi faoliyatning “skelet”i sanalanadi, u o’z–o’zini tashkil etuvchi tizimning yahlitligini ta’minlaydi; uchinchidan, pedagogik qobiliyatlar mahoratning shakllanishini tezlashtiradigan hamirturush bo’lib hisoblanadi; to’rtinchidan, bilim va qobiliyatga tayanadigan pedagogik texnika, u barcha ta’sir vositalarini maqsad bilan bog’lashga hizmat qiladi, shuningdek, pedagogik faoliyat strukturasini muvofiqlashtiradi. SHunday qilib, pedagogik mahorat tizimining to’rt tarkibiy qismi ham o’zaro bog’liq. Ularning o’sishida faqat tashqi ta’sirning o’zigina kifoya emas, ular o’z–o’zini rivojlantirishni ham talab etadi. O’z–o’zini rivojlantirish mahsus bilim va ko’nikmalarga asoslanadi. Muvaffaqiyatning asosiy sharti – bu qobiliyatlar, vositasi esa pedagogik texnikadir. Endi pedagogik mahoratning to’rt elementi to’g’risida batafsil to’htalamiz.
1. O’qituvchi shahsining insonparvarligi. Fikrlar to’qnashuvi va o’z pozitsiyasi uchun kurashni dramma deb hisoblasak, tarbiyachining butun, faoliyati dramalardan iborat. Binobarin, mahorat darajasi qancha yuqori bo’lsa, ziddiyatlar ham shunchalik aniq bo’ladi. CHunki, ijodkor o’qituvchi tomonidan taklif etilgan tizimning yangiligi odatda, eskirgan qarashlarning qarshiligiga uchraydi.
“SHahs yo’nalganligi nimalardan iborat?”, - degan savolga psihologiya fani ideallar, qiziqishlar, qadriyatlar deb javob beradi.
Ko’raylikchi, bu dramaning boshalanishi emasmi? O’qituvchi qanday uy–hayol bilan maktabga keladi?
“Qoidadon” o’qituvchi “dars o’tish”, dasturni bajarish hayoli bilan maktabga kelyapti. Uning qiziqishi 45 daqiqa mobaynida o’zlashtirishi lozim bo’lagan materiallarga qaratilgan.
YAngi etakchi maktabga yorqin bayralar, marosimlar orzusida kelyapti. Endigina ish boshlagan yosh o’qituvchi ham darsga kelyapti. Uning fikru hayoli o’zining o’qituvchining mavqeini saqlab qolishda. U avvalo yoshlari orasida uncha katta farq bo’lmasa–da o’quvchilar uni o’qituvchi sifatida qabul qilishlari to’g’risida qayg’uradi.
Donetsklik o’qituvchi V.F.SHatalov ham darsga kelyapti. Uning maqsadi o’z o’quvchilariga zafarli bilim olishlari uchun ko’maklashish.
Ularning hammasi maktabga, bolalar oldiga kelishyapti, lekin ular shahsiy yo’nalganligi asosining o’ziyoq drama(tik). Lekin ularning bu tarzdagi shahsiy taraddudi tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol insonni shakllantirish vazifasiga qanchalik mutanosib. Masalaning muhimligi ana shunda.
Har bir o’qituvchi shahsining yo’nalganligi turli hil bo’lib, ularning eng asosiysi, qimmatlilari quyidagilardir: 1) o’ziga nisbatan yo’nalganlik, ya’ni o’z–o’ziga ishonch, “menda bilimli, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishsin”, - degan istakning mavjudligi; 2) pedagogik ta’sir vositalariga yo’lnalaganlik; 4) pedagogik faoliyat maqsadiga yo’nalganlik – insonparvar strategiya, faoliyat ob’ekti va vositalariga nisbatan ijodiy yondashish.
Pedagog uchun korrektsiyalangan barcha turdagi yo’nalishlar bilan yo’g’rilgan, maqsadga olib boruvchi asosiy yo’nalish, ya’ni faoliyatni insonparvarlashtirish muhimroqdir. Lekin faqat kelajak oldidagi mas’uliyatni his etish, ongli tirishqoqlik, bolalarga nisbatan cheksiz muhabbat orqaligina o’qituvchining kasbiy mahorati shakllanadi: ”Agar o’qituvchi ham ishiga, ham bolalarga nisbatan muhabbatni o’zida mujasamlashtira olsa”, - degan edi L.N.Tolstoy.
Insonparvarlik yo’nalishi yuqori topshiriq sifatida uning kundalik ishidagi muayyan vazifalarni belgilab beradi. Ikki hil vaziyatni taqqoslab ko’ramiz. Birinchi kurs talabasi Ta’lim markazi muzeyiga sayohat olib borayotib, nima uchun aynan shu muzey haqida bolalarga gapirib berishi kerakligini tushuntirishga qiynaladi. Mahoratli usta pedagog esa sayohatdan ko’zlangan bir necha vazifalar hamohangligini ko’ra oladi, ya’ni o’z–o’zini anglashga etaklash, pedagoglik kasbini egalashlaga targ’ib etish, o’qituvchi mehnatining ichki tomonlarini ko’rsatish va shu orqali bu mashaqqatli kasb egalariga nisabatan cheksiz hurmat hissini uyg’onish va pirovard natijada o’quvchining ijtimoiy rivojlanishning yanada yuqoriroq pilla poyasida tura olishiga ko’maklashish.
O’qituvchining insonparvarligi uning faol hatti–harakatlarida namoyon bo’ladi. Lekin shunday vaziyatlar ham yuz berishi mumkin: ertaga o’quvchilar yana pahta yig’im–terimiga chiqishlari kerak. Lekin ular tergan pahtalar bir necha kundan buyon o’lchanmay, olib ketilmay dalada turganligi bois o’quvchilarning ishlagilari kelmay turibdi. O’qituvchi bolalar haqligini bilib tursada, ularga baqirib beradi: ”Siz pahtani terishingiz shart, uni qachon olib ketishlari sizning ishingiz emas”. Agar o’qituvchi pahtani o’z vaqtida o’lchab olib ketilishini ta’minlay olmasa, bolalarga yo’l qo’yilayotganligini ochiq–oydin aytishiga nima halaqit beradi. Ahir o’qituvchi bu ho’jasizlikni bartaraf etish uchun nima qilish mumkinligi to’g’risida bolalar ho’jasilik, beparvolik bilan birgalikda bosh qotirishi mumkinku?!
2. Kasbiy bilim. Usta-mahoratli o’qituvchi kasbiy yo’nalganligining asosida ikki narsa yotadi – o’zi dars beradigan predmeti bilan mashg’ulligi va bolalar bilan muloqot qilishga ehtiyoji. Pedagogik mahoratning fundamental asosi – bu kasbiy bilimdir. O’qituvchining bilimi bir tomondan fanga, ikkinchi tomondan uni o’zlashtiradigan o’quvchilarga qaratiladi. Kasbiy bilim mazmuni esa o’z predmeti nazariyasi va metodikasini pedagogika va psihologiyani yahshi bilish bilan belgilanadi. Kasbiy pedagogik bilimning o’ziga hosligi uning kompleksligidir. U o’qituvchida o’rganilayotgan fanlarni sintez qila olish qobiliyatini talab etadi. Sintezning asosini esa pedagogik topshiriqlarni echish, pedagogik vaziyatlarni tahlil etish, o’zaro hamkorlik vositalarini tanlash tashkil etadi. Har bir alohida pedagogik topshiriqni hal etish jarayonida o’qituvchining pedagogik kasbiy bilimi faollashadi va yagona tizim sifatida namoyon bo’ladi.
Kasbiy bilimning kompleksligi, umumlashganligi bilan birga uning shahsiy bo’yoqdorligi ham muhim ahamiyatga ega. IX sinfda adabiyot darsi boryapti. YUsuf hos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asari hususidagi o’z fikrlari, uning tarjimalari undagi qahramonlar haqida ko’p gapirildi. O’quvchilar ham o’z fikrlarini bayon qildilar. Bu suhbatni olib borayotgan o’qituvchi esa biror marta ham ”Menimcha”, “Men o’ylaymanki...” degan so’zlarni aytmadi. Fan, madaniyatning butun zahirasi to’g’risidagi bilim o’qituvchining o’z qiziqishlari va ideallari bilan boyitilsa, uning o’z pozitsiyasi sifatida qabul qilinadi. O’qituvchining mahorati bilimlarni insoniylashtirishda, unga ruh bag’ishlashda namoyon bo’ladi. Zero, bilimlar shunchaki kitoblardan olingan ma’lumotday emas, balki o’zining olamga munosabati tarzida etkazilishi lozim.
I. Adabiyotlarro`yxati:
1. Xodjaev.B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: “Sano-standart” nashriyoti 2017, 417- bet.
2. Musurmonova A. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. «Ozkitobsavdonashriyoti», 2020. 399-bet.
3. KrivshenkoL.P. Pedagogika. 2-yeizdanie. Uchebnik dlya bakalavrov (Russian Edition), Izdatelstvo “Prospekt» (December 10, 2019), 756-str.
4. Sandra P.A. Robinson, Verna Knight. Handbook of research on CriticalThinking and Teacher Education Pedagogy. IGI Global; 2019. 446 pages.
5. XutorskoyA.V. Pedagogika. Uchebnikdlyavuzov. Standarttre tegopokoleniya. – SPb: Piter. 2019. – 608 ss.il – (Seriya «Uchebnikdlyavuzov»).
6. LukashevichV.V., ProninaYeN. Psixologiyai pedagogika. Uchebnik. «Knorus», 2019. 296-str.
Dostları ilə paylaş: |