Umumiy pedagogika
Interfaol mashg‘ulotning ushbu jadvalda koʻrsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Oʻquv rejadagi fanlarni oʻqitishda qaysi mavzular boʻyicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu boʻyicha mashg‘ulotning maqsadiga toʻliq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg‘ulot turlaridan foydalanish koʻzda tutiladi. 2. Interfaol mashg‘ulotning samarali boʻlishi uchun oʻquvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi boʻyicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. 3. Interfaol mashg‘ulotda oʻquvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga nisbatan koʻp vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Interfaol ta’lim usuli – har bir oʻqituvchi tomonidan mavjud vositalar va oʻz imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qoʻllash boʻyicha ayrim tajribalarni oʻrganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni koʻrsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda oʻqituvchiga, oʻquvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular oʻz mohiyatiga koʻra ijobiy yoki salbiy ta’sir koʻrsatishini nazarda tutishimiz lozim69. Biroq, bunda oʻqituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega boʻlishi talab qilinadi (3-rasm): Asosiy omillar Metodik malaka Ish tajribasi Yüklə 2,54 Mb. Dostları ilə paylaş: |