Umumiy pedagogika


Tarbiya metodlari va vositalari



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə40/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tarbiya metodlari va vositalari.
Endi bevosita tarbiyani tashkil etish masalasiga toʻxtalsak. Tarbiyani qanday amalga oshirish kerak?–degan savolga tarbiya metodi tushunchasi javob beradi.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yoʻl) – bu tarbiya oldiga qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlidir. Metodlar bu tarbiyalanuvchilarda tarbiya maqsadi bilan belgilangan sifatlarni shakllantirish maqsadida ularning ongiga, irodasiga, his – tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish yoʻllaridir. Tarbiya mazmunining kengligi va serqirraligi bois, tarbiya metodlari ham xilma – xildir. Tarbiya metodining qay birini tanlash hamda qoʻllash tarbiyachining tajribasi va mahoratiga, tarbiyalanuvchining xarakteri va xulq-atvoriga, hal qilinishi zarur boʻlgan vazifalarga, aniq vaziyatga bog‘liqdir.
Tarbiya jarayonida bizga qadar foydalanib kelingan metodlar umumiy metodlar deb ataladi. Jamiyat hayotida, inson yashaydigan shart-sharoitlarning oʻzgarishi tarbiya mazmuni va, albatta, tarbiya metodlarini ham takomillashtirib borishni taqozo qiladi.
Tarbiya usuli metodga nisbatan torroq tushuncha boʻlib, u ma’lum bir metodni qoʻllashga xizmat qiladi. Masalan, jismoniy tarbiyada namuna metodi yordamida mashqlarni bajarish yetarli emas. Buning uchun taqdimot materiallaridan, chizmalar va metodik qoʻllanmalardan keng foydalanamiz, ya’ni usullarni ishga solamiz.
Rag‘batlantirish metodida – ma’qullash, maqtash, tashakkurnoma, mukofotlash usullarini, ishontirish metodida – ta’sir qilish, tushuntirish, suhbat usullari, jazo metodida – e’tiroz, ogohlantirish, xayfsan usullari keng qoʻllaniladi.
Tarbiya usullari tarbiyachining izlanuvchanligi va topqirligiga bog‘liq. Ijodkor tarbiyachi yangidan – yangi usullarni kashf etishi mumkin.
Tarbiya vositasi tarbiya metodi bilan birgalikda qoʻllanilib, uning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim vositalari singari, tarbiya vositalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, koʻrgazmali qurollar, oʻquv–uslubiy qoʻllanmalar, badiiy asarlar, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni ham kiritishimiz mumkin.
Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub quyidagi satrlarda tarbiya vositalariga aniq misollarni koʻrish mumkin: “...xonadondagi har bir narsa – daraxt va oʻsimliklar boʻladimi, turli oʻyinchoqlar, uy hayvonlari boʻladimi – bularning barchasi bolaning koʻziga goʻyoki beqiyos moʻjiza boʻlib koʻrinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni oʻzi uchun kashf qiladi”.24
Tarbiya metodlari va vositalaridan samarali foydalanish har bir pedagogning mahoratiga bog‘liq. Barcha metodlar ham pedagoglar tomonidan bir xil darajada qoʻllanilmaydi va kutilgan natijani bermaydi. Erishilgan tarbiyaviy natija tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning individual – psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.
Metod bir martalik ta’sir boʻlsa, vosita – bu metodlar yig‘indisidir. Vosita bu usul emas, ammo metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, ammo mehnat natijasini baholash, uning samaradorligini oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish – bu usuldir. Keng ma’noda soʻz – tarbiya vositasi, ammo iqtibos, izoh, taqqoslash yoki tanqid – bu usuldir. Metodning tarkibida usullar va vositalar albatta mavjud boʻlgani bois, ayrim hollarda tarbiya metodlari tarbiyaviy maqsadga erishish yoʻlidagi usullar va vositalar sifatida izohlanadi. Tarbiya metodlarining turlariga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, G.I.Shukin, Yu.K.Babanskiy, I.P.Podlasiylarning fikriga qoʻshilgan holda ularni tarbiyaning maqsadi sari yoʻnalganligiga qarab turlash eng qulay deb hisoblaymiz.25 Bular quyidagilar:

  1. Shaxsning ongini shakllantiruvchi metodlar.

  2. Faoliyatni tashkil etish va ijobiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari.

  3. Xulq-atvor va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.

Darhaqiqat, tarbiya metodlarining maqsadiga qarab turlanishi bizga ularning oʻzaro bog‘liqligini, umumiy va oʻziga xos jihatlarini yanada yaqqol tasavvur qilish imkoniyatini beradi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin