Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari. Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffakiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobilyatlar majmuasidir.
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak maxoratga va anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jushkin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan, xozir O`zbekistonni dunyodagi eng ilgor, eng obruli davlatlardan biriga aylantirish asosiy vazifa bo`lib turibdi.
Mustaqillik davrining ana shu extiyoji ajoyib quruvchilar, muxandislar, nakkoshlar, xunarmandlarning o`sib chiqishiga yul ochdi. Ayniksa sprot soxasidagi muvaffakiyatlarimiz beqiyosdir. Mana, o`zbek kurashi bo`yicha birinchi o`rinda, boks bo`yicha yuqori o`rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir.
Iste’dod-bu qobiliyatlar yig`indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Aloxida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo`lsa ham, iste’dod bilan tenglashtirib bo`lmaydi.
SHunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, xatto bu qobiliyat xotiraning yuksak maxsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo`lishiga qaramasdan, belgilab bo`lmaydi.
SHaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tugma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki xayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga xech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.
Xozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan boglaydigan nazariya eng maxsuldor xisoblanadi. Miya xujayralarini chuqur o`rganish iste’dodli kishining nerv turkumalarini ko`rsatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash imkoniyatidadir deb taxmin qilish mumkin.
SHuningdek, iste’dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va xarakatchanligi o`rtasidagi farqlarga karab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog`lovchi gipoteza ham xaqiqatga yaqinroqdir.
Bulardan tashqari, qobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog`laydigan, ya’ni ayrim odamlarda ko`rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa xarakat soxasida namoyon bo`ladigan o`ziga xos tipologik xususiyatlar bilan boglaydigan gipotezalar yana ham xaqiqatga yaqinroqdir.
Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yuli bilan o`tishini isbotlaydigan xech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo`li bilan o`tishi haqidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir.
Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muxim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soxa mazmuniga bo`lgan qiziqishlari bo`lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shugullanish moyilligiga o`sib ko`tariladi. Bilishga doir qiziqish bu o`rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab olishni rag`batlantiradi.