I. Mexnat psixologiyasi. Bu inson mexnat faoliyatining psixologik asoslarini, mexnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi.1 Mexnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo`lgan, lekin bir-biri bilan chambarchas boglangan turlarga bo`linadi:
Injenerlar psixologiyasi
Aviao`iya psixologiyasi.
Kosmik psixologiyasi.
II. Pedagogik psixologiya. Bu ham o`z navbatida bir qancha turlarga bo`linadi:
Ta’lim psixologiyasi. (didaktika va xususiy metodikalarning psixologik asoslari, programmalashtirilgan ta’lim, aqliy faoliyatlarning shaqllanishi va boshqalar).
Tarbiya psixologiyasi. (tarbiya metodikasining psixologik asoslari, o`quvchilar jamoasi psixologiyasi, mexnat – axloq tuzatish pedagogikasining psixologik asoslari).
O`qituvchi psixologiyasi.
Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.
III. Tibbiyot psixologiyasi. Bu shifokor faoliyatining psixologik tomonlarini va kasal xulkini o`rganadigan fandir. Bu fan ham o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Neyropsixologiya – bu bosh miya nervlari faoliyati asosida vujudga keladigan psixologik xolatlarni o`rganadi.
Psixofarmakologiya. – bu turli dorilarning inson psixik faoliyatiga ta’sirini o`rganadi.
Psixoterapiya – bu kasallarni davolashda psixologik ta’sir qilishdan foydalanish yullarini o`rganadi.
Psixoprofilaktika va psixogigiena – bu kishilarni psixik tomondan soglom bo`lishini ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chikish bilan shugullanadi.
IV. Yuridik psixologiya. Bu o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Sud psixologiyasi.