4-TOPSHIRIQ. To’g’ri/Noto’g’ri (True/False) XVIII asrgacha til o’zgarmas hodisa deb hisoblangan.
To’g’ri
Noto’g’ri
XX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida kelib chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig’ish, ularga e’tibor berish g’oyasidan qiyosiy-tarixiy g’oyaga-nuqtayi nazarga o’tishga o’tildi.
To’g’ri
Noto’g’ri
XIX asrning boshlariga kelib, turli mamlakatlardagi ayrim tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o’rtasidagi sistematik o’xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan – bir umumiy qadimiy bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik esa har biri alohida, mustaqil rivojlanganligi bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi.
To’g’ri
Noto’g’ri
Tillarni tarixiy jihatdan o‘rganish va qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maydonga kelishida Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi F.Boppning (1746-1794) sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o‘rtasida yaqinlik borligi haqidagi fikrlari, nemis olimi Fridrix Shlegel (1772-1829) tomonidan yaratilgan “Hindlarning tili va donoligi”asari zamin bo‘lib xizmat qildi.
To’g’ri
Noto’g’ri
Qiyosiy-tarixiy metod ilmiy-tekshirish usullarining muayyan sistemasi bo’lib, o’z oldiga qarindosh tillarni qiyosiy o’rganish orqali, u yoki bu tilning tarixini, undagi o’zgarishlarni, lisoniy hodisalarning mohiyatini, uning taraqqiyotidagi qonuniyatlarni ko’rsatib berish, tushuntirib berish vazifasini o’rtaga qo’yadi.