birliklarining ichki tuzilishi o‘rtasidagi o‘xshashlikni bildiradi. Ushbu atama ilk
bor Ye.Kurilovich tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning fikricha, tovush
funksional, vazifaviy munosabatlaridan qat’i nazar, chuqur struktur parallelizmga
nomlanadi.
Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morvemik, leksik, grammatik sath
birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash
nuqtalarining mavjudligi, ya’ni izomorflik e’tiborga olinmagan holda o‘rganildi.
Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq
metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e’tibor
qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Izomorfizm tilning turli xil sathlararo munosabatlarda
kuzatiladi. Jumladan, bo‘g‘in va gap o‘rtasidagi izomorfizm quyidagilarda
ko‘rinadi:
bo‘g‘in asosida unli tursa, gap asosida fe’l turadi;
bo‘g‘inning markaziy birligi unli bo‘lib, u undoshlar bilan kengayishi
mumkin, gapning markaziy birligi fe’l kesim ham unga tobe so‘zlar bilan
kengayishi mumkin bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lakdir;
bo‘g‘in ayrim holatlarda unlisiz hosil bo‘lishi mumkin, fe’l
qatnashmagan gaplar ham mavjud va ular chegara holatlar sanaladi.
Sathlararo izomorfizmni aniqlash yuqori sath birliklarini o‘rganishda quyi
sathlarda qo‘llanilgan tekshirish metodlarini qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Bu
quyi bosqichda qo‘llanilgan sodda metodlar yordamida murakkab birliklarni ham
o‘rganishga rdam beradi. Shuningdek, hozirgi kunda bir-biri bilan aralashtirib
yuborilayotgan transformatsiya va derivatsiya hodisalarini tekshirishda morfologik
o‘zgarish bilan sintaktik o‘zgarish o‘rtasidagi hamda leksik yasalish bilan sintaktik
yasalish o‘rtasidagi izomorflikka tayanish lingvistik birliklar o‘zgarishi
(transformatsiyasi) va yasalishi (derivatsiyasi) o‘rtasidagi o‘xshash va farqli
belgilarni yoritishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: