TIL BIRLIKLARI VA ULARGA XOS XUSUSIYATLAR
1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng
maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema
morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq
a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqqacha bo‘lgan,
reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning
nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan
qiyofasi esa variantdir.
2. Morfema - tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga
ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti
– morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan,
tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka
ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida
qo‘llanadi.
3. Leksema - morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va
mazmunning bir bsi va gap kabi utunligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush,
ifoda touning jamiyat a’zolari moniga nomemalar, ma’no –mazmun tomoniga
denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat
a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z
birikmasi va gap uchun material hisoblanadi.
4. Model – muayyan qolip, tayyor qurilma bo‘lib, leksemalar va morfemalar
ushbu qoliplar asosida birikadi. Odatda, har bir tilda o‘ziga xos qoliplar
andazalari, chizmalari mavjud bo‘ladi. Til birliklari birikish jarayonida shu
qoliplarning muayyan chizmasi asosida birikishi talab etiladi
Dostları ilə paylaş: