Boshlang‘ich sinfda sifat so‘z turkumi yuzasidan o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi?
Sifatni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish yuzasidan qanday mashqlar o‘tkazasiz?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. Qosimov K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. Qosimov K. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: O‘qituvchi, 1995.
3. Roziqov O. va boshqalar .Ona tili didaktikasi –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
9-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda kishilik olmoshlari va son so‘z turkumini o‘qitish metodikasi. Reja: 1. Olmoshni o‘rgatish metodikasi
2. Kishilik olmoshlarini kelishiklar bilan turlanishini o‘tish.
3. Olmoshlar imlosi ustida ishlash
4. Sonni o‘rganish tizimi
5. Son – so‘z turkumini o‘rganish bosqichlari
Boshlang‘ich ta’limda faqat kishilik olmoshiari o‘rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshiari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘rgatiladi.
Kishilik olmoshiari bilan o‘quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko‘rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang‘ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo‘llanishiga alohida to‘xtab o‘tilmaydi. Chunki men, sen olmoshiari hech qachon ot bilan almashinib qo‘llanmaydi: „Men o‘qiyapman, sen o‘qiyapsan“ deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima o‘qiyapsan, qiz tikyapman“ tarzida qo‘llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo‘llanadi: „Qiz tikyapti - u tikyapti". O‘qituvchi kishilik olmoshiari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi.
Kishilik olmoshlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi:
1. men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim?so‘rog‘iga javob bo‘ladi;
2. kishilik olmoshlari so‘z turkumi;
3.kishilik olmoshiari 3 ta shaxsni birlik va ko‘plikda ifodalaydi;
4. ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo‘shimchalari men, sen olmoshlariga qo‘shilganda o‘zakdagi n liishib qoladi; и olmoshiga -ga, -da, -dan qo‘shimchalari qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi;
5. olmoshlami nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, ularni kclishikli holatda to‘g‘ri yozish, so‘roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so‘z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarniiig qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.
O‘quvchilar olmoshlarning kelishik bilan qo‘llanishini o‘rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin:
- Men „Jimjiloq" hikoyasini o‘qim.
-Sen qaysi hikoyani o‘qiding.
-U „Nihollarning nolasi" hikoyasini o‘qidi.
Suhbat o‘tkaziladi:
-Birinchi gapdagi otni toping.
-„Jimjiloq" nimaning nomi?
-Hikoya oti-chi?
-Shu gapda kim? so‘rog‘iga javob bo‘gan so‘zni toping.
Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan men, sen, и so‘zlarini bir ustun qilib yozib qo‘yiladi. Biz, siz, ular so‘zlari ustida ham shunday tahlil o‘tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi:
-Birinchi gapni kim gapiryapti? (so‘zlovchi 1 shaxs)
-Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
-Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o‘zga III shaxs)...
Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so‘zlar kim?so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Biz, siz, ular so‘zlari ustida ishlanadi.
O‘quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
-Men, sen, u — so‘z turkumi. Bu so‘z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi.
Men, sen, u — kishilik olmoshiari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, и III shaxcni ko‘rsatadi. Shundan so‘ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Kishilik olmoshiarining birlik va ko‘pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo‘llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo‘shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so‘zlovchi (men), tinglovchi (sen), o‘zga (u) eslatiladi va ular kishilik olmoshiari bilan bog‘lanadi. Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
Kishilik olmoshiarining ko‘pligini tushuntirishda „Biz Vatan haqida ko‘p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin.
O‘quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so‘roq berish, qaysi so‘roqlarga javob bo‘layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo‘lak bo‘lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshiarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tuzish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o‘zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tishdan oldin shu mavzuni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo‘yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o‘quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ularning yangi mavzuni o‘rganishlariga zamin tayyorlanadi.
-Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo‘shimchasi va so‘rog‘ini ayting.
-Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo‘shiladi?
-Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring.
O‘quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol)
Davlatdan — ot, chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan, -dan qo‘shimchasi otni qimmat so‘ziga bog‘lagan. O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Shundan so‘ng oldindan xattaxtaga yozib qo‘yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi:
-O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birlikda yozing:
Bizni olib bordilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘lanishmi tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
-Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshning qaysi kelishik qo‘shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko‘z o‘ngimizda. Qo‘shimchani va so‘zlarning bog‘lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar.
Bizning ko‘z o‘ngimizda.
Bizga gapirib berdi va boshq.
O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi:
-Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalarni oladi?
-Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi?
-Bu qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa so‘zlarga)
-Kelishik qo‘shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, biz-dan kabilar qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali bo‘lak)
-Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo‘lak bo‘lib kelyapti? (Ega)
O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:
-Kishilik olmoshiari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi. Kelishik qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz-Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo‘yish, ot o‘rnida qo‘llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi.
Keyingi darslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshiarining kelishiklar bilan turlanishi paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to‘g‘ri foyaalanib, nutqda uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o‘rinsiz ko‘p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o‘quvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi
O‘quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklarni ham yo‘qotishdir.
O‘quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish nutqiy g‘alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.
Sonni o‘rganish tizimi
„Son“ni o‘rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o‘tgan sayin boyitib, murak- kablashtirib borishni nazarda tutadi.
Boshlang‘ich ta’limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi:
Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
- 2-sinfda nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini biidirishi;
- 3-sinfda „Son-so‘z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O‘quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi.
- 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob boiishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarni otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi.
Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o‘rganishni taqozo etadi. Son gram- matika va imlo o‘qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o‘rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalarning mohiyatiga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda tan- lanadi. Agar o‘quvchi son haqida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmasa, induktiv va analiz mctodlaridan foydalaniladi.