D) Bu gapning butun dahshati shu topda bilindi. 46. Bir so’zi qaysi so’zlarga qo’shilgan-
dagina gumon ma’nosini yuklaydi ?
A) kishi B) narsa
C) nima D) kishi, narsa, nima 47. Gumon olmoshi ishtirok etgan gap qaysi qatordagi gapda ifodasini topgan?
A) Dildorning bari gaplari haqiqat edi.
B) Shorahim ko’z yoshidan hech narsani ko’rmay, allanimalar deb g’udrandi. C) Biznikiga mehmon keldi, hammasining
qoshi qora.
D) Kim shaxmat to’garagiga qatnashadi?
48. Qaysi olmoshlar ishtirok etgan
gaplarning kesimi inkor shaklida bo’ladi?
A) kishilik olmoshi B) so’roq olmoshi
C) ko’rsatish olmoshi D) bo’lishsizlik olmoshi
49. Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etmagan
gap qaysi qatorda berilgan?
A) Oltin ko’milgan joyni hech
topolmadim
B) Majlisda bu masala haqida hech kim
churq etmadi.
C) Hunarli odam hech qachon kam
bo’lmaydi.
D) Berilgan gaplarning barchasida bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan.
50. To’rt o’rinda kelgan olmosh ishtirok
etgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Majlisda bu masala haqida hech kim
churq etmadi.
B) Agar u guzardan hassasini do’qillatib
o’tib qolsa , hamma barobar qalqib , to
o’tib ketguncha ta’zimda turardi.
C) Shokarim ko’z yoshidan hech narsani
ko’rmay , allanimalar deb g’o’drandi.
D) Hammasi joyida, do’stlar , men hech kimdan hech narsadan xafa emasman. 51. 1) kamina; 2) kaminayi kamtaringiz;
3) faqir; 4) qulingiz; 5) bandayi ojizingiz kabi so’z va so’z birikmalarining qaysi biri eski o’zbek tilida kamtarlik ma’nosida qo’llangan ?
A) 1,3,5 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,5 D) 1,2,3,4,5 52. Kamtarlik ma’nosida qo’llangan kamina , faqir , bandayi ojizingiz kabi so’z va so’z birikmalari ega vazifasida kelganda kesim nechanchi shaxs shaklida keladi?