SHAHZODA VA UNING O‘RTOQLARI
HAQIDAGI BOB
Roja brahmanga dedi:
– Shohlarning xizmatchi tanlashi, pastkash,
razil va nonko‘r odamlarni vazifaga tayin etmas-
lik haqidagi hikoyani eshitdim. Endi shunday bir
hikoya aytib bersangki, unda aqlli, ishbilarmon,
beozor bir odamning balo zanjiriga duchor bo‘lib,
undan qanday qilib qutulgani, ahmoq, qo‘lidan
ish kelmaydigan, johil bir odamning farog‘at va
rohatda hayot kechirishi va yuksak mavqega ye-
tishib, keyin zavol ko‘rishi tasvir etilsin.
Brahman dedi:
– Aql barcha ezgu ishlarning asosi, saodat
darvoza larining kalitidir. Bu xislat kimda bo‘lsa,
unga ilm va muloyimlik fazilati qo‘shilsa, u odam
sha’n va shavkatga, izzat va hurmatga sazovor
bo‘ladi. Lekin uning bu mavqe ga erishish-erish-
masligi taqdirning qo‘lida. Bir shahzoda Nastur
shahrining darvozasiga shunday deb yozib qo‘ygan
edi: «Asl saodat qismat va tolega bog‘liqdir...» Bu
haqda bir hikoya ham bor.
Shoh so‘radi:
– U qanday hikoya ekan?
Brahmanning to‘rt do‘st haqidagi hikoyati
Bir kuni to‘rt kishi yo‘lda keta turib, bir-birlari
bilan do‘stlashib qoldilar. Ulardan biri – shahzo-
da, ikkinchisi – zodagonning o‘g‘li, uchinchisi
– savdogarning o‘g‘li, to‘rtinchisi – dehqonning
o‘g‘li edi... Ularning hammalarining boshiga og‘ir
341
kunlar tushib, ustlaridagi kiyimlaridan bo‘lak
hech narsalari qolmadi.
Bir kuni shahzoda dedi:
– Bu dunyoning butun ishlari taqdirning qo‘li-
dadir. O‘zingni o‘tga-suvga urganingdan biror
narsa chiqmaydi.
Zodagonning o‘g‘li dedi:
– Baxt-saodatning asosi go‘zallik va asl nasab-
dir.
Savdogarning o‘g‘li dedi:
– Yaxshi o‘ylab to‘g‘ri tadbir ko‘rish saodatning
kalitidir. Baxtsizlik yuz berganda, odamga aqldan
boshqa hech narsa yordam bera olmaydi.
Dehqonning o‘g‘li dedi:
– Har narsaga sa’y-harakat orqali erishiladi.
Zahmat chekib mehnat qilish insonlarni orzulari-
ga yetkazadi, ularga sevinch va shodlik libosini
kiydiradi. Qat’iyat bilan ishga bel bog‘laganlar
erta yo kech o‘z maqsadlariga yetadilar, mabodo,
mag‘lubiyatga uchrasalar ham, hech kim ulardan
kulmaydi.
To‘rttala o‘rtoq uzoq yo‘l yurib, Nastur degan
shaharga keldilar va bir yer topib istiqomat qila
boshladilar. Birinchi kun dehqon o‘g‘liga dedilar:
– Hammamiz juda charchadik, butun umidimiz
sening sa’y-harakatingga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bor,
bugunga yetadigan biror ovqat topib kel. Damim-
izni olib, ertaga bizlar ham navbat bilan biron
narsa topib kelarmiz.
Dehqon o‘g‘li shaharga bordi va shaharliklar-
dan, nima ish qilsam ko‘p pul topa olaman, deb
so‘radi.
342
– Hozir o‘tin pul,– deb javob berdilar.
Dehqon o‘g‘li darhol tog‘ga chiqib, o‘tin kesdi,
shaharga keltirib sotdi, puliga ovqat olib, jo‘ralari
yoniga jo‘nadi. Ketayotganida shaharning dar-
vozasiga: «Bir kunlik mehnat to‘rt odamning
ovqatiga barobardir», – deb yozib qo‘ydi.
Ertasi kun zodagonning o‘g‘liga dedilar:
– Qani bor, bugun sen o‘z go‘zalliging bilan bir
narsa topib keltir, biz esa biroz dam olaylik.
Zodagonning o‘g‘li keta turib o‘z-o‘ziga dedi:
«Qo‘limdan hech qanday ish kelmaydi, o‘rtoqlarim
oldiga qo‘lim bo‘sh qaytsam, sharmanda bo‘la-
man-ku». O‘ylab-o‘ylab shaharga yetib keldi va
g‘amgin holda bir daraxtga suyanib, nima qilsam
ekan, deb fikr daryosiga cho‘mdi. Shu vaqtda bir
badavlat xotin uning yonidan o‘tib qoldi. Yigitni
ko‘rishi bilan unga oshiq-u beqaror bo‘ldi va dedi:
«Yo rabbiy, shunday ham go‘zal odam bo‘lar-
kan-a?!» Birozdan keyin cho‘risini yuborib, uni
uyiga taklif etdi. Yigit ham, xonimning xizmatiga
hozirman, deb ravona bo‘ldi. Ikkovlari butun
kunni aysh-ishrat bilan o‘tkaz dilar. Kechqurun
xotin unga besh yuz dinor berib jo‘natdi. Zodagon
o‘g‘li bu pulga ovqat olib, shahar darvozasiga:
«Go‘zallik ning bir kunlik bahosi besh yuz dinor-
dir», – deb yozib, o‘rtoqlari yoniga keldi.
Ertasi kuni yoronlar savdogarning o‘g‘liga dedi lar:
– Bu kunni sening aqling va ishbilarmonliging
keltiradigan narsa bilan o‘tkazmoqchimiz.
Savdogarning o‘g‘li yo‘lga tushdi. Lekin sal yur-
may, daryo bo‘yidagi katta kemaga ko‘zi tushdi
va uning oldiga bordi. Shahar aholisi, mollarning
343
egasi bahosini pasaytirar, degan maqsadda hech
narsa xarid qilmay kutib turgan edi. Savdogarning
o‘g‘li yashirincha kemaga chiqib, undagi hamma
molni nasiyaga oldi. Keyin u xuddi shu yerning
o‘zidayoq mollarni sotib, yuz ming dinor foyda qil-
di. So‘ngra o‘rtoqlari yoniga ketayotib, darvozaga:
«Aqlning bir kunlik bahosi yuz ming dinor», – deb
yozib qo‘ydi.
To‘rtinchi kuni o‘rtoqlari shahzodaga dedilar:
– Bor, agar toleying yor bo‘lsa, bugungi xara-
jatimizni sen qilib kel.
Shahzoda tavakkal qilib shaharga yo‘l oldi. Shu
kuni tasodifan shaharning amiri qazo qilib, jamoat
motam ichida edi. Shahzoda tevarak-atrofga qar-
ab, saroy darvozasi yoniga borib o‘tirdi. Darvoza-
bon uni ko‘rib, ta’ziyada ishtirok etmayotganligi
uchun koyidi. Hamma amirni dafn etishga ketib,
saroy bo‘sh qoldi, lekin shahzoda o‘tirgan yeridan
qimirlamadi. Darvozabon shubhalanib, uni josus
gumon qildi va hibsxonaga qamab qo‘ydi.
Ertasi kun saroy ahllari yig‘ilib, mamlakat
muqadda rotini kimga topshirish – kimni podsho
ko‘tarish haqida so‘zlasha boshladilar. Amirning
vorisi yo‘q edi. Bahs juda qizib ketdi. Shu zamon
darvozabon dedi:
– Baland ovoz bilan bahslashmang, men bir
josus tutganman, agar u sizlarning orangizdagi
ixtilofdan xabardor bo‘lib qolsa, yaxshi bo‘lmas.
So‘ngra bor gapning hammasini aytib berdi.
Yig‘ilgan lar yakdillik bilan, josusning kim ekanli-
gini oydinlashtirish kerak, degan qarorga keldilar.
Shahzodani hibsxonadan chiqarib keltirdilar. Uning
344
kim ekanligini, qayerdan kelib, qayerga ketayotgan-
ligini surishtirdilar. Shahzoda o‘zini bardam tutib,
juda dono javoblar berdi. Uning dadil, hushyor, jaso-
ratli va shijoatli ekanligini ko‘rgan a’yonlar shahzo-
daning tug‘ilgan yeri va asl nasabi bilan qiziqdilar.
Shahzoda dedi:
– Otam bu dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilishi
bilanoq birodarim toj-taxtga ega bo‘lib, saltanatni
zabt etdi. Men hayotimni saqlash maqsadida vatan-
ni tark etib, sizning mamlakatingizga keldim.
U yerda hozir bo‘lgan savdogarlar shahzodani
tanidilar, uning ajdodi, ota-bobolarining sha’n
va shavkatidan so‘z ochdilar. A’yon va ashroflar
shahzodaning bu yerlarga kelib qolganidan juda
sevinib, dedilar:
– U bu shaharning amiri bo‘lishga loyiqdir.
Tomirida shoh qoni bor. Mamlakatni idora etishda
o‘z ota-bobolarining yaxshi va xayrli rasm-rusmlari
va odatlarini bu yerda ham joriy qilishi aniqdir...
Shu soatdayoq shahzoda nomiga xutba o‘qittirib,
uni o‘zlariga shoh ko‘tardilar. Mamlakat shahzoda
qo‘liga o‘tdi. Bu shahar aholisining shunday odatlari
bor edi: birinchi kuni yangi shohni oq filga mindirib,
butun shaharni aylantirib chiqar edilar. Shahzodani
ham filga mindirib shahar kezdira boshladilar. U
shahar darvozasi yoniga kelganda do‘stlarining
yozuvlarini o‘qidi va ularning ostiga: «Sa’y-harakat,
mehnat, go‘zallik, aql omad kelgandagina samarali
bo‘ladi... Mening bir kunlik toleyim bunga misol
bo‘la oladi», – deb yozdirib qo‘ydi.
So‘ngra shoh saroyga kelib, taxtga o‘tirdi va
do‘stlarini chaqirtirib keldi. Aql egasini vazir qilib
345
tayinladi, hamma narsa sa’y-harakatga bog‘liq,
degan o‘rtog‘ini mamlakatning barcha xo‘jalik
ishlariga bosh qilib qo‘ydi, chiroyiga ishongan
o‘rtog‘iga ko‘p davlat baxsh etib, unga bu sha-
hardan chiqib ketishni maslahat ko‘rdi va dedi:
– Shunday qilmasak, xotinlar senga maftun
bo‘lib, fisq-fasod ko‘payadi.
Shoh shaharning olimlari va ulug‘larini yig‘ib
dedi: – Sizlarning ko‘plaringiz mendan aqlli, shijoat-
li, iste’dodli va ishbilarmon ekanligingizni bilaman.
Lekin taqdirning taqozosi bo‘lmasa, podshohlikka
yetishib bo‘lmaydi. Mening do‘stlarimning har biris-
ining bir fazilati bor. Ular bir narsani qo‘lga kiritish
umidida edilar. Men esa na o‘z bilimim kuchiga
ishonar, na o‘zganing yordam berishiga, birodarim
meni yurtimdan quvgandan keyin bu darajaga ye-
tisha olishligimga aqlim yetmas edi...
O‘tirganlar orasida juda ko‘pni ko‘rgan bir
sayyoh bor edi, u o‘rnidan turib dedi:
– Shoh tajribali, zakoli, adolatli hukm dorlarga
loyiq so‘zlarni aytdi. Omad bilan ilm va donolik
birga qo‘shilsa, shoh baxtiyor, fuqaro saodatmand
bo‘ladi. Sizni bizga tolening o‘zi yubordi...
Sayyoh so‘zini tugatishi bilan yana boshqasi
turib dedi:
– Men shohning fazilatlari haqida bo‘lak vaqtda
fursat topib gapirishni istardim... Shohim ijozat
bersa, hozir yodimga tushgan va meni hayron
qoldirgan bir hodisani aytib berar edim.
Shoh ijozat berdi.
U dedi:
– Men bir zamonlar buyuk bir odamning xizmatini
qilar edim. Falak ko‘p shohlarni mahv etganligini,
346
ko‘p oshiqlarni sargardon qilganligini ko‘rib, bu
dunyoga hirs qo‘ymay, savob ish bilan mashg‘ul
bo‘lishga qaror qildim. Xo‘jayinim bilan xayrlashdim,
u qo‘limga ikki dinor berdi. Bir kun bozorda ikkita
kabutar ko‘tarib, sotmoqchi bo‘lib turgan ovchining
yoniga keldim. Savob uchun ularning ikkalasini ham
sotib olib, azobdan qutqarmoqchi bo‘ldim. Ovchi ikki
dinor so‘radi. Tavakkalga takya qilib, qushlar ning
ikkalasini ikki dinorga sotib oldim. Ularni shahardan
tashqaridagi o‘rmonga olib borib, qo‘yib yubordim.
Ular parillab uchib borib daraxtga qo‘ndilar va men-
ga tashakkur bildirib dedilar:
– Sen bizga yaxshilik qilding. Biz ham yaxshi-
ligingni qaytarishimiz kerak. Mana shu daraxt-
ning tagida ko‘milgan pul to‘la ko‘zacha bor. Uni
kovlab ol.
Men ularning bu so‘zlariga taajjublanib dedim:
– Qiziq, osmonda uchib yurib, yerning tagida-
gi ko‘zachani ko‘ribsizlar, qanday qilib shunday
katta ovchining domiga tushdinglar?
Ular javob berdilar:
– Qazo yuz berganda hech narsani ko‘rib bo‘lmay-
di, aql shoshib, ko‘z ko‘rmay, quloq eshitmay qoladi.
Men yerni kovlab, ko‘zachani chiqarib oldim.
Iltimos qilaman: shoh amr bersin – uni xazinasiga
keltirib qo‘ysinlar. Menga biroz narsa bersalar kifoya.
Shoh dedi:
– Yaxshilik urug‘ini sepib, bahra topibsan. Men-
ga hech narsa kerak emas. Hammasini o‘zing ga
baxsh etdim.
Brahman bu bobni tugatib shohga qaradi. Roja
indamay o‘tirib qoldi. U boshqa savol bermadi...
347
XOTIMA
Rojaning sukut etib turganini ko‘rgan brahman
dedi: – Imkonim boricha men shohning butun
savollariga javob berib, o‘z vazifamni o‘tadim. Bu
kitob haqida juda chuqur o‘ylab, undagi hikmat-
li so‘zlardan xulosalar chiqara olgan zot taqdir
yordami bilan buyuk ishlar qiladi, ulug‘ darajaga
erishadi.
Bu kitob hukmdorning avvalgi shohlardan
ustun bo‘lishini ta’min etadi, unga hikmatdan
dars berib, jahl-g‘azab o‘tini so‘ndiradi, aql fonusi
bilan tabiatini ravshan qiladi. Bu kitob shohning
dovrug‘ini olamga yoyib, nomini abadiy qoldiradi.
Har so‘zning avvali-yu oxiri bor. Bu noyob asar
– bizdan yodgor.
|