Urganch Davlat Univaersiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili sirtqi taʼlim yoʻnalishi 205-guruh talabasi Musayeva madina durdibayevna Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 3,6 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü3,6 Kb.
#140732
Oʻz ad tarix 2

Urganch Davlat Univaersiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili sirtqi taʼlim yoʻnalishi 205-guruh talabasi Musayeva madina durdibayevna Oʻzbek adabiyoti tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti.


Mavzu: Muhammad Yusuf. Bayoniy.
Reja: 1.M.Y.Bayoniy ijodiy faoliyati. 2.Tarixiy asarlari haqida. 3.Xulosa
Xorazm diyorining mashhur shoiri, tarixchi va tarjimoni, etuk xonanda va musiqashunos olimi, taraqqiyparvar g’oyali farzandlaridan biri – Muhammad Yusufbek Bayoniydir. U 1840 yil Xivada shahri yaqinidagi Qiyot qishlog’ida amaldor oilasida tug’ilgan.
Bayoniy mashhur Xiva xoni Eltuzarxonni avlodi bo’lmish Bobojonbek Olloberdi to’rani o’g’li bo’lib boshlang’ich ta’limni uyida maxsus muallimlardan olgan.
Otasi Bobojonbek Eltuzarxon (1804-1806)ni nabirasi bo’lib Xiva xonini saroyida katta amaldor bo’lgan. Bayoniy o’sgan muhit uni keyinchalik mashhur asarlar yozishiga zamin yaratdi. Chunki uning otasi Bobojonbek ilg’or fikrli kishi bo’lib, nozik didli shoirsifat inson edi. U zamonasining mashhur adabiyotshunos tarixchi shoirilari – Munis va Ogahiylar bilan yaqin muloqotda bo’lar va o’zi ham she’rlar mashq qilib turar edi.
Bu yuksak saviyadagi muhit Muhammad Yusufbek dunyoqarashiga ijobiy ta’sir o’tkazdi. Yoshligidan she’rlar mashq qilar va ko’plab tarixiy kitoblarni mutolaa qilar edi. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g’ijjak chalishda mohir bo’lgan. Uning qobiliyatidan, nozik dididan va she’riy mashqlaridan xabardor bo’lgan Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz saroyga taklif qiladi va Bayoniy Xiva xoni saroyida ko’p yillar qolib ketadi.
Bayoniyning har ikki tarixiy asarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid juda ko’p qimmatli materiallar bor. Jumladan, Xiva xonligining Buxoro va Qo’qon xonligi va xonlikka qo’shni bo’lgan boshqa mamlakatlar bilan savdo va diplomatik munosabatlari, mehnatkashlardan olinadigan har xil soliqlar, Xorazmda yashagan olim va shoirlar, shaharlar hayoti, dehqonchilik ishlari to’g’risida boy ma’lumotlar yozilgan.
Eʼtiboringgiz uchun raxmat!
Yüklə 3,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin