Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti iqtisod kafedrasi



Yüklə 262,91 Kb.
səhifə3/7
tarix31.12.2021
ölçüsü262,91 Kb.
#112976
1   2   3   4   5   6   7
212-iqtisod talabasi Ibragimov Jahongirning kurs ishisi

Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda yillik inflyatsiya sur'atlari 10 % dan 100 % gacha bo`ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o`sa boshlaydi, iqtisodiy o`sish sur'atlari pasayadi, ishsizlik ko`paya boradi. Bunday inflyatsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga xosdir. Masalan 2001 yilda Rossiyada inflyatsiya – 18% ni, O`zbekistonda esa - 24% ni tashkil etgan. 2002 yili O`zbekistonda inflyatsiya darajasi ancha pasaydi, uning o`rtacha oylik miqdori 1.6% dan iborat bo`ldi.

Giperinflyatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflyatsiya bo`lib, uning yillik o`sish sur'atlari 100% dan ko`p bo`lib, ayrim holatlarda 1000% dan ham ortadi. Giperinflyatsiya bilan inflyatsiya oʻrtasidagi chegarani aniqlash juda qiyin. Giperinflyatsiyaning yana bir muhim belgisi — korxona, tashkilotlar va aholi nima qilib boʻlsa ham pulni tovarga aylantirishga urinadi, tovar sotib olish mumkin boʻlgan, qadri yuqori pul — valyuta yigʻa boshlaydi. Giperinflyatsiya sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib boʻlmaydi, barter avj oladi, pul oʻz vazifalarini bajarmay qoʻyadi. Giperinflyatsiya iqtisodiy tanglik belgisidir. Giperinflyatsiya aksariyat hollarda oʻta tasodifiy siyosiy va iqtisodiy omillar — urushlar, iqtisodiy tanazzul, xukumat siyosati tufayli aholining pulga ishonchsizligi va boshqalar natijasida kelib chiqadi. 20-asrning 20-y.lari boshida Germaniyada va Ikkinchi jahon urushi davrida Xitoyda yaqqol kuzatilgan. Giperinflyatsiyaning oldini olish uchun shoshilinch holda inflyatsiyaga qarshi choralar koʻriladi.

Giperinflyatsiya sur'atlari 1985-yilda Boleviyada-38000%, 1990-yilda Nekaraguada-8500%, Peruda-8291% ni tashkil etgan. 1991-yilda SSSR parchalanib ketgandan so`ng, sobiq ittifoqdosh respublikalarda ham giperinflyatsiya ro`y berdi. O`zbekistonda esa 1994-yilda inflyatsiya o`z cho`qqisiga chiqib 1282% ni tashkil etgan.¹

O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil o`zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko`p e'tibor berganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur'atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko`p xarajat qilinsada(xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan.Farq davlat byudjetidan qoplana brogan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o`tish natijasida(oziq-ovqat va yoqilg`i resurslaridan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur'atlar bilan rivojlanib ketdi. Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin: talab inflyatsiya va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatisya).

¹ Z.D.Niyozov”Pul kredit va banklar” S. 2012 – Niyozov.Z.D




Yüklə 262,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin