Urganch davlat universiteti


Bolaga yo‘naltirilgan ilk ta’limda quyidagilar inobatga olinadi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə28/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy

Bolaga yo‘naltirilgan ilk ta’limda quyidagilar inobatga olinadi:
Bolalarga muloqot qilish, o‘rganish va rivojlanish uchun jismoniy, ijtimoiy, psixologik imkoniyatlar tug‘ilganda beriladi. Agar bu imkoniyatlar aniqlanib, tan olinmasa va qo‘llab-quvvatlanmasa, ular rivojlanish o‘rniga so‘nib boradi.
• Bolaning rivojlanishiga qanchalik erta e’tibor berilsa, shunchalik yaxshi, chunki bolaning rivojlanishi tabiatan o‘zi yig‘ilib boruvchi hodisa hisoblanadi. Agar bolaning oziqlanishi yoki sog‘lig‘iga xavf solinadigan bo‘lsa, uning rivojlanishi kechikadi yoki zaiflashadi.
• Bola tug‘ilganidan ota-onasi, akasi, opasi, yaqin qarindoshlari va tarbiyachisidan oladigan mehr-muhabbati to‘liq bo‘lishi kerak va bu bolaning mukammal, sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Yaqin insonlaridan doimiy ravishda mehr olib turgan bolalar bunday imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan yaxshi o‘sadilar.
• Bolaga uning ilk oylarida ko‘rsatilgan mehr-muhabbat, kelajakdagi hayotida uning insonlarni sevishiga va doimiy hurmatga asoslangan mustahkam aloqalarni o‘rnatishiga yordam beradi.
• Yosh bolaning sog‘ligi va ovqatlanishini nazorat qilish, ilk bolalik davridagi ta’limda ko‘proq muloqotni ruxlantirish, jamiyatga va shaxsan bolaga ulkan foyda olib keladi.
• Bolaning har bir bosqichdagi ehtiyojlari asosan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi, bunda ota-onalarning o‘rni katta bo‘ladi.
• Bolaning jismoniy, aqliy, “bilish” (idrok etish), ijtimoiy-hissiy va nutq, muloqotchanlik ko‘nikmalari tobora rivojlanib, o‘sib boradi va bu holat qobiliyatlarning rivojlanishida, muloqot, o‘ynash va o‘rganishda ko‘rinadi.
Ilk davrlarda bolaning rivojlanishiga to‘g‘ri yondashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.
• Ilk davrda bola samarali rivojlanishi uchun bolaga e’tibor doimiy bo‘lishi kerak.
Ota-onalarning bolaga mehri va ilm olishiga e’tibori kelajakda uzoq yillar davomida faqat ijobiy ta’sir qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilsak bo‘ladi: maktabdagi yuqori o‘zlashtirish, takrorlashning kamayishi, o‘smirlik davrida jinoyatning kamayishi, ishga joylashishning oshishi.
Tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanishiga e’tibor berish uzoq yillar davomida ta’sirini o‘tkazadi. Maxsus ta’lim yo‘nalishlari va sinfdan qoldirishlar ilk ta’lim olish strategiyalari orqali ancha kamaytiriladi. Davomiy va uzoq muddat xizmat qiladigan natijaga erishish uchun tinimsiz bir necha yil jon fido qilish kerak. Lekin, shunga qaramay, juda intensiv bo‘lmagan andozalar ham bolaning kognitiv rivojlanishini o‘stirishda foydali hisoblanadi.5
Maktabgacha ta’lim quyidagilarni ta’minlaydi. Bola birinchi sinfga borganda til va kognitiv ko‘nikmalari, ularning oilaviy sharoiti va shaxsiy xususiyatlaridan qat’iy nazar, ancha yaxshi rivojlanadi. Maktabgacha ta’limga tortilgan bolalar ishonch, ilm va ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi.
Samarali maktabgacha ta’lim tajribalari salomatlik va ovqatlanishga katta ahamiyat berish bilan birga ota-onalarga birinchi muallim sifatida qarashi bilan ajralib turadi. Ilk ta’limga qatnashgan bolalarning ota-onalari bolaning ta’lim mashg‘ulotlariga ko‘proq aralashadigan bo‘ladi. Ota-onalarning jalb qilinishi bolaning birinchi sinfdagi akademik natijalari va ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin