Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə39/73
tarix02.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#137157
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
67-ta bayon lotin

Maktab direktori: N.Bobojonova

Urganch shahar 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishi


BAYONNOMASI
2021 yil 27 oktyabr Urganch shahri
Qatnashdi: Maktab direktori: N.Bobojonova, xotin qizlar qumitasi raisi B.Xadjaeva,
MMIBDO‘ B.Xasanova,
Sinf raxbarlar, o‘qituvchilar, ota-onalar.


Kun tartibi:
1. Ota-onalarni voyaga etmagan farzand tarbiyasidagi ma’suliyatini oshirish,
2. Maktab o‘quvchilarini faqat kiruvchi va chiquvchi qung‘iroq qilish funksiyasiga ega bo‘lgan uyali telefondan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar bilan tanishtirish
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori: N.Bobojonova so‘zga chiqib,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2012 yil 21 maydagi 139 qaroriga asosan ta’lim muassasalarida mobil telefonidan foydalanishni tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Ushbu qarorining II bob 9 bandi “Ta’lim muassasasida ta’lim olishlariga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda ota-onasi (ularni o‘rnini bosuvchilar ) ” yaqin qarindoshlari , ta’lim muassasalarini rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonda bog‘lanish ruxsat etiladi. O‘zbekistonning mustaqil bo‘lgandan keyingi yillarda erishgan yutuqlari xaqida to‘xtalib bugungi tinchlik zamonamizning qadriga etib yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan keng foydalanish lozimigini aytib yig‘ilishni ochib berdi.
Shundan so‘ng maktab ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Xasanova so‘zga chiqib, voyaga etmaganlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan xuquqbuzarliklarning sabablaridan biri ko‘pchilik ota-onalarning chet davlatlarga chiqib ketayotganligi oqibatida voyaga etmagn yoshlar nazoratsiz qolayotganligi, ayniqsa internet orqali kirib kelayotgan axloqsizlik,”Ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri xaqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek maktab psixologi M.Madrimova o‘z nutqida hozirgi globollashuv jarayonida xaqiqatdan ham o‘quvchilarni turli ma’naviy tahdidlar va informatsion hurujlardan himoya qilish lozimligini, shu sababli ular bilan ma’naviyatini yuksalishiga va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ko‘proq o‘tkazilashi hamda turli yot g‘oyalardan asrash lozimligini bildirdi.
Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatgina o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’naviy ham jismoniy jihatdan munosib himoya qilish imkon berishini aytib o‘tdi.
Ushbu masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI

  1. Xuquq fani darslarida voyaga etmaganlarning xuquqlari, majburiy ta’limning afzalliklari kengroq tushintirilsin.

  2. YOshlarni yuksak ma’naviy va jismoniy salohiyatli qilib tarbiyalash maqsadida, sinf rahbarlari nazoratini kuchaytirish, mobil telefonlardan foydalanish chegaralanganligini tushuntirish ishlarini olib borish, MIG‘, Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari to‘garak mashg‘ulotlari davomida qo‘shimcha hayotiy misollar orqali ma’lumotlar etkazib borilsin.

  3. Qaror ijrosini MMIBDU B.Xasanova zimmasiga yuklatilsin.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin