URTA OSIYO ASHTARXONIYLAR XUKMRONLIGI DAVRIDA
Davlat boshqaruvida Otaliqdan keyin devonbegi (moliya vaziri), undan keyin parvonachi (shikoyatlarni kabo’l qiluvchi va chizuuvchi), ko’kaldosh, inoq (o’zbek urug’laridan amirlar), 136 qushbegi (xon qarorgoxining boshligi), mirshabboshi, mextar, dasturxonchi, to’pchiboshi, shayxulislom, qozikalon va boshqa lavozimlar joriy etilgan. XVII —XVIII asrlarda xam Turkiston xonliklarida ilgarigi davrlardagidek yer mulklari va sug’orish tizimlari asosan xukmron tabaqalar va yirik feodallar ixtiyorida bo’lib, ular o’z yer — mulklarida asosiy ishlab chiqarish vositalaridan muxim bo’lgan dehqonlar kuchidan keng foydalanar edilar. Bu davrda yerga egalik qilishda o’zgarish sezilmaydi. Fakat Buxoro xonlari davlat mulkidan «tanho” olishni kuchaytirish bilan bir katorda, davlatga tegishli yerlarning maʼlum qismini ayrim farmonlar bilan yirik yer egalariga sotishgan xadya etishgan. Masalan, 1620 yilda Imomqulixon Miyonqoldagi bir necha qishloklarni ularga tegishli yerlari bilan o’zining amaldorlaridan biri Raximbek parvonachiga 15000 tangaga sotgan. 1657 yilda Abdulazizxon Buxoro yakinidagi Komot mavzeidagi davlatga tegishli yerlardan 2700 tanobini Xo’jakalon degan shaxsga 10000 tangaga, 1670 yilda Samarkand viloyatidagi katta yer maydoni (bir necha ming tanob yer)ni Xojimqul yasovulga 50000 tangaga, 1655 yili Buxoro atrofidagi katta yer maydonlarini Mahmudbek degan shaxsga 10000 tangaga sotgan. 1702 yili Subxonkulixon Nodirmuxammadxonning qizi Shamsiyabonuxonimga Ro’zor tumanidagi 30000 tanob yerni xadya etgan. Bu faktlar o’sha davr hujjatlaridan keltirilgan ayrim misollar bo’lib, keyingi xonlar xam davlatga tegishli minglab gektar yerlarni turli yo’llar bilan sotganlar yoki tavdim qilganlar. Xujjatlarning ko’rsatishicha, davlatga tegishli yer — suvni sotgan xonlar, sotilgan yerning qismini xiroj xisobida davlat ixtiyoriga qaytarib olishgan, qismi sotib olgan shaxsning xususiy mulkiga aylantirilgan, yaʼni mulki xurri —xolis kategoriyasiga o’tkazilib, davlat solig’idan ozod qilingan. XVI asrda boshlangan bu tartib qisqa vakt ichida ancha keng tarqalgan. Bu davr xujjatlarida davlat mulkiga xonning xususiy mulki sifatida qaralganligi tufayli, xonlar ularni sotish xukukiga egaligi, shariat esa unga keng yo’l berishi ko’rsatilgan. Xususiy mulkni sotish, almashtirish, xadya qilish mumkin bo’lgan. Xususiy mulk egalariga tegishli yerlarning eng kattalari minglab tanoblarni tashqil etgan bo’lib, bunday yer egalari o’z yerlariga ishlov berishda minglab dehqonlar kuchidan foydalanishgan. Mulki xolisning bir qismi ilgaridan nasldan — naslga o’tib kelgan bo’lsa —da, bu davrda davlat mulkining katta qismlari xususiy mulk qilib berilgan. Bunga qo’shimcha ravishda «tanho” yerlar berilganligi xam xisobga olinadigan bo’lsa, yirik feodallarning kuchayganliklarini va buning evaziga davlatning iqtisodiy jixatdan shunchalik zaiflashganligini ko’rish mumkin. Bu davrda vaziyat shu darajaga borganki, ayrim feodallar yer — suvlarining katgaligi va o’zlarining tutgan mavqei jixatdan baʼzi xonlar dan kam bo’lmagan. Abdulazizxon davrida va undan keyin xam ko’p yillar mobaynida Samarqand shahrini boshqargan Yalangtushbiy otalik yirik amaldor va katta yer egalaridan biri bo’lgan. Buxoro xonligining XVII asrga oid agrar munosabatlari tarixiga oid xujjatlarida ko’rsatilishicha, katta mablag’ga ega bo’lgan Yalangtushbiyning 300 tagacha qullari bo’lib, u kullarining mexnati bilan shaxarda maxobatli Tillakori va Sherdor madrasalarini qurdirgan, o’ziga tegishli maxsus qo’shinlar yordamida ko’shni mamlakatlargq yurishlar qilgan. xujjatlarda ko’rsatilishicha, 1606 yili Yalangtushbiy Samarkand tumanidagi Ofarinkent qishlog’ida Xuja Axrorning avlodi vakilasidan 4300 tangaga yer sotib olgan. xujjatda yer maydoni ko’rsatilmagan. Birok, 4300 tanga o’sha davrga nisbatan nixoyatda katta pul mikdori bo’lib, Yalangtushbiy ko’p daromad keltiradigan katta mulkka ega bo’lganligini bildiradi. xujjatda sotib olingan yerlar mulki xolis bo’lib, sug’oriladigan va dexonchilik uchun yaroqli ekanligi ko’rsatilgan. Yalangtushbiyning yer sotib olganligini tasdiqlovchi Imomqulixonning buyrugi xam bo’lib, Yalangtushbiyga tegishli barcha yerlar solikdan ozod qilinganligi taʼkidlangan. Bu Yalangtushbiyga o’z yerlarini yanada kengaytirish imkonini bergan. Jumladan, 1650 yili u Samarkand tumanining Shovdor kishlogida Ashur kushbegining utillariga tegishli yerlarni xam sotib olgan. Yalangtushbiyning boshka tumanlarda kam katga — katta yerlari bo’lgan. Jumladan, 1631 yili u 52500 tangaga Shaxrisabzda 1100 tanob yer sotib olgan. Xujjatlarda Yalangtuonbiy keyinchalik vakf yerlarini xam sotib ola boshlaganligi ko’rsatilgan. Masalan, unga berilgan vakf yorligiga ko’ra, Sherdor va Tillakori madrasalari foydasiga Ofarinkent, Totkent, Shovdor tumanlaridagi bir kancha kishloklarga tegishli yerlar ajratilgan. Mazko’r yorlireka ko’ra, 26 ta mulkiy yerlar Sherdor va Tillakori madrasalariga tegishli bo’lgan vakf yerlariga aylantirilgan". XVII —XVIII asrlarda berilgan yorliklarda bonia yirik yer egalari bo’lib, ular orasida Olloberdibiy parvonachi va uning ugli Olloyorbiy yetakchi urin tutadi. Yalangtushbiy kabi Olloberdibiy parvonachi xam o’z vaktida Samarkand xokimi bo’lgan. U o’z mulklarini bir joyda tuplash ma^sadida 1700 yili Buxoro viloyati xududidagi .asanxuja kishlogi yakinida joylashgan va 30000 tangaga baxolangan yerlarini Shovdor tumanidagi yerlarga almashtirgan. 1716 yilgi xujjatda ko’rsatilishicha, bu vaktga kelib Olloberdibiyning ugli Olloyorbiyga tegishli 45 ta yer egaligi bo’lgan. Bu yerlarning bir qismi Ollrrbiyga meros sifatida utgan bo’lsa, dolgan qismini u «tilla” baxosida sotib olgan100. Shu yusinda, XVII —XVIII asrlarda davlat yerlarining katga qismining feodallar kuliga utib ketishi okibatida davlat xazinasi katta zarar ko’rdi. Xonlar davlat xazinasini tuldirish ilinjida mexnatkash xaloda kushimcha soli^lar joriy etishga majbur bo’ldilar. Masalan, XVII asrning II yarmida axolidan solikni muddatidan ilgari bir necha marta ortigi bilan, yani barot usulida yigib olishga farmon berildi. Mulki sultoniy yerlarida tirikchilik utkazgan dehqonlar soliklarni tulab bo’lmaydigan darajada oshib ketganligi tufayli bunday yerlarda yashashdan voz kechishga majbur bo’lishgan. Baʼzi xonlar yirik feodallar kuliga utib ketgan davlat yerlaridan olinadigan soliklarning urnini tuldirish maksadida yangi yerlar ochishgan, bu yerlarga suv keltirish uchun ariklar kazishgan yoki kumilib ketgan eski ariklarni tiklashgan. Jumladan, Abo’lgozixon va Ano’shaxon davrlarida Xorazmda Amudaryoning chap kirgogidan Eski Madra, Vadak, Buva ariklari tiklangan. Razovot, Shoxobod, Yormish ariklari bunyod etilgan. Imomkulixon farmoni bilan Kushko’rgonda yangi arik kazilgan. Geografik shartlarga va irrigatsiya tizimlarining rang — barangligiga karab, asrlar davomida Turkiston xalki tomondan kanallarning qismlarini bir — birlaridan ajratish uchun turli nomlar bilan atalgan. Jumladan, daryodan chikdrilgan bosh kanal rudi kom, kanalning boshi — daxan va sari rud yoxsh sari juy deb atalgan. Daryodan kanal chikarilgan joyda ko’rilgan tugon varak yoki band deb atalgan. Turkistonda sugorish inshoatlarining bunyod etilishi va kanallarning ko’payishi, exshn maydonlarining kengayishiga imkon yaratdi. Birok, bu yerlardan to’shadigan daromadlar, asosan davlat xazinasi va xukmdorlar chuntagiga tushgan. XVI — XVII asr boshlarida yangi sugoriladigan yerlarning asosiy xrxsmi Juybor shaxlariga berilgan. 1047 yil (1637—1638 yy.) da Imomkulixon tomonidan chikarilgan yorlikda ko’ra, sayid Burxoniddin qilich avlodlariga tegishli yerlardan utadigan ariklar ularning ixtiyoriga berilgan. Shariat konunlariga ko’ra, suvni sogish va sotib olish mumkin emasligiga karamasdan, yirik yer egalari (ularning diniy yoki dunyoviy bo’lishlaridan katʼiy nazar) sugorish kanallarini egallab olganlar.
G u l ya m o v Ya. G. Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshix vremen do nashix dney. Tashkent. 1957; M u)(am m a d j o n o v A. R. Kuy i Zarafshon vodiysining sutorilish tarixi. — Tashkent. 1972. 140
XVII asrning 80 —йилларида Xiva xonlari tomonidan uyuiggirilgan xujumlar natijasida dalalarni suv bilan taʼminlashning bo’zilishi natijasida Ashtarxoniylar Yelatining ko’pgina viloyatlari (ayniksa Samarkand, Karshi va Fargona) da ocharchilik avj oldi. Dexdonlarning «yegani arpa yoki bugdoy noni , edi”. XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida mamlakat iktisodiyotidagi umumiy tushkunlik kishlok xujaligiga xam jiddiy taʼsir ko’rsatdi. Markaziy xukumatning kuchsizlanishi, Xiva xonligi bilan bo’lgan urushlar va Eron shoxi Nodirshox kyninlarining bostirib kirishi ko’plab sugorish tarmoklarining bo’zilishiga va ekin maydonlarining kamayishiga olib keldi. Bundan tashkari, o’sha davrda yashagan kishilarning taʼriflariga ko’ra, Subxonsulixonning vaziri «Mirza Beklarning o’zboshimcha xarakatlari bechora fukarolardan nixoyatda ogir solklarni undirish eshiklarini ochib yuborishi” natijasida xalk turmushi chidab bo’lmas darajaga keldi. Suv taʼminotining bo’zilishi ekinlarning xalokatiga sabab bo’ldi. Tabiiy ofatlar natijasida siyosiy bekarorlikning xujaliklarga taʼsiri yanada chuko’rlashdi. Jumladan, 1689 yigi ko’rgokchilik okibatida karshiviloyatiga chigirtkalarning xujumi natijasida xalkning axvoli yanada ogirlashdi. Daryolarda suv xajmi keskin kamaydi, xovo’zlar ko’ridi, «dexdonlarning jazirama issikda ko’rib kolgan ekinlarini... shamollar uchirib ketdi”. Ashtarxoniylar davlatining turli qismlarida avj olgan o’zboshimchaliklar va galayonlar yanada kuchaydi. Abo’lfayzxon xukmronligi davrida mamlakatning ko’pchilik viloyatlari batamom xonavayron bo’ldi. Eʼtiborga loyik tomoni shundaki, xar kanday ogir sharoitga karamasdan, dexdonlar o’z xujaliklarini saklab kolish va uni tebratishga xarakat qilganlar. Xonliklarda bo’lgani kabi, Buxoro amirligida xam yerga egalik qilish davlat mulki (amlok), xususiy mulk va vakf shaklida mavjud edi. Yirik xususiy yer egalari bevosita xujalik yuritishmasdan, o’z yerlarini chorakorlik va mardikorlik asosida ijaraga berishgan. Eqiladigan yer maydonlarining asosiy qismini davlat yerlari tashqil qilgan. Davlat yerlari soliklarni «xiroj” tarikasida yer rentasini tulagan dehqonlarga foydalanish uchun berilgan. Shuningdek, bu yerlar o’zbek uruglari boshlikushriga mukofot tarikasida suyurgol va tanxo qilib berilgan. Tanxo va suyurgol yerlar asosan yirik xarbiy boshliklar va amaldorlarga berilgan. Mukofot tarikasida beriladigan bunday yerlar va ularda ishlaydigan dehqonlarning nixoyatda ko’payib ketishi okibatida xazinaga xiroj va boshka soliklardan to’shadigan daromadlar keskin kamaygan. Shuning uchun bo’lsa keraj, Ubaydullaxon davrida xazinani tuldirish ilinjida. bir kator kushimcha farmonlar chikarilgan. Shulardan biri solik yigishga alokador bo’lgan kishlok maʼmurlari xokimlar, omillar, arboblar, kadxudolar, unboshilar va ellikboshilarga tegishli edi. Bundan tashkari, xususiy yerlarda ishlaydigan dexonlarning davlat oldidagi ko’psonli majburiyatlari (xashar, bigor, mar dikor va boshkalar) xakida xam so’z yuritilgan. XVII asrda tanxo soligi keng tarkaldi. Tanxodor (tanxo egasi) xususiy yer egasi bo’lib, davlat bunday yerlarda ishlaydigan dehqonlardangina yer soligi olish bilan chegaralangan. Shunday qilib, bunday yerlarda yashagan azdoli xukukiy jixatdan tanzxodorga karam bo’lmasada, amalda esa bevosita va tugridan — tutri unga buysunar edi. Suyurgol va tanxo yerlarning xajmi ancha katta bo’lgan. Bunday katta yerlarning xujayinlari, asosan xonlarning avlodlari bo’lishgan. Mukofot tarikasida berilgan bunday yerlardan tashkari, xonlar tomonidan davlat oldidagi xizmatlari uchun ayrim shaxslarga, shuningdek yirik ruxoniylarga xam yerlar inʼom qilingan. Bundan tashkari, davlat majburiyatidan xoli yerlar (mulki xurri xolis) xam bo’lgan. Mulkiy yerlarda yashagan dehqonlar yirik yer egasiga karam bo’lib kolganlar. Xususiy mulkka tegshili yerlarning ko’payib borishi o’sha davr uchun xarakterli edi. Bunday yerlarning ko’payishiga feodal mulklarining davlat va xususiy yerlarga aylantirilishi, oldi — sotdi ork,ali davlat yerlarining sotilishi yoki inʼom etilishi sabab bo’lgan. Birinchi xolatda mulkiy yerlar ikki qismga bo’lingan: uning 2-Z ismi davlat yerlariga, 1-Z xususiy mulklar (mulki xurri xolis)ga aylantirilgan. Mulkiy yerlarning bunday qismi kozilar devonxonalarida ularning egalari — xususiy shaxslar va davlat urtasida maxsus xujjatlar bilan rasmiylashtirilgan. Ikkinchi xolatda davlat yerining sotilishi ikki tomonlama xujjatlashtirilgan: bunda davlat yerlari yerni sotib olgan shaxs va davlat urtasida bo’linib, shartli ravishda mulkiy yerlarga aylantirilgan. Yerga egalik qilishning bu shakli, yaʼni oldi — sotdi orkali davlat yerlarining mulkiy yerlarga aylantirilishi o’sha davrga xos xususiyat bo’lmaganligi tufayli maʼlum darajada xukukiy nayranglarga xam yo’l kuyilgan. Sovga qilingan yerlar xam xuddi sogilgan yerlar kabi rasmiylashtirilgan. Fakdt bu yerda xujjatta kuyiladigan xakikiy baxo urniga shartli rakamlar yoki ko’prok buyumlar ko’rsatilgan. Shuni taʼkidlash lozimki, bu davrda renta soligi (molu jixot, xiroj — favkulodda solik) muntazam ko’payib borgan. Shunga mos ravishda mulkiy yerlardan olinadigan va o’sha paytlarda mulkona deb atalgan rentaning davlat ulushi xam ko’payib borgan. Manbalarning guvoxlik berishicha, mulkona yerlar ko’p bo’lgan. Mulkiy yerlarning egalari bu yerlarni xadya tarikasida berishga xarakat qilishgan, birok xech kim bunday yerlarni yukoridagi shartlar asosida olishni istashmagan. «Bu yerda gap asosan mulkiy yerlarning egalari— feodallar xakida emas, balki xali mulkiy yerlari saklanib kolgan dexdonlar guruxi xakida ketmokda. Dehqonlarning nisbatan imtiyozli bunday guruxlari mulklarining qisqarishi XVI asrda xam sezilarli xolatda davom etayotgan edi. Joniylar davrida, ayniksa Urta Osiyoning markaziy viloyatlarida bunday dexonlarning yoppasiga xonavayron bo’lishi ko’zatilgan edi”. XVIII asr boshlarida soliklarning ko’pligidan dehqonlarning xonavayron bo’lib borishi, ularning noroziliklarini kuchaytirdi. Bundan chuchigan xukumat soliklarni oshirishga va yangilarini joriy etishga jurʼat eta olmadi. Shunga karamasdan, bu davrda xukmdorlar, amaldorlar va yirik mulkdorlar dehqonlarni xar tomonlama talash ilinjida yashashgan. Ular imkoni boricha jamoa yerlarini qisqartirish, ijarachi —dehqonlar guruxini ko’paytirishga xarakat qilishgan. Ilgari jamoachi — dehqonlar ozgina bo’lsada erkin bo’lishib, u xar 2 — 3 yilda yangi yerlarni ijaraga olishga majbur etilmagan. Dehqon xujaliklarini ogir solikardan tashkari o’zaro urushlar davridagi talon — tarojliklar xam xonavayron qilgan. Asrlar davomida xukmdorlar manfaatlariga moslashtirilib shakllantirilgan tartib — koidalar, ularning ijtimoiy taʼsiri xam dehqonlarni mavjud sharoitga kunikishga majbur etgan. XVIII asrda mulkiy yerlarning joyi, xosildorlik darajasi, sugorishga kulayligi va boshka xususiyatlariga karab, ularga renta asosida davlat solik ushri turlicha joriy etilgan. Baʼzi xollarda davlat oldidagi xizmatlariga karab, bunday soliklar mulkiy yer egasi ixtiyorida koldirilgan. Bunday yerlar «oklangan” (renta soligidan ozod qilingan) yerlar deb atalgan. «Oklangan” yerlardan foydalanish imtiyozi qilingan xizmat uchun mukofot yoki xak tulashning bir turi bo’lib, uning xajmi xonlik manfaati uchun keltirilgan foydaga karab belgilangan. Ko’pincha, mukofotlangan shaxslarga mulkiy yerlardan olingan renta soligining maʼlum bir qismigina berilgan. Urta Osiyoda feodal munosabatlar shakllangandan boshlab utgan ming yildan oshik davr mobaynida ko’plab shaxarlar mamlakatning iktisodiy va siyosiy markazi bo’lishga daʼvogarlik qilishgan. Somoniylar davrida Samarkand va Buxoro shaxarlari, xorazmshoxlar davrida Urganch, Amir Temur davrida yana Samarkand, Xusayn Istoriya O’zbekistana. T. 3. —Tashkent, 1993. —S.169. 144 Boyk^aro davrida Xirot, Abdullaxon davrida Buxoro shunday shaxarlar sirasiga kirgan. Xonliklar davrlarida Buxoro, Kukon va Xiva shaxarlari qisqa muddat ichida siyosiy va iktisodiy jixatdan kudratli bo’lib olish imkoniyatiga ega bo’lishgan. Birok, ularning kuvvati xujalikning ijtimoiy — iktisodiy tarakkiyotiga asoslanmasdan, balki ko’prok tashki omillarga, yaʼni boshka viloyatlarni talash va xonavayron qilish evaziga boyishni nazarda tutar edi. Bu vaktda Urta Osiyodagi feodal davlatlar butun mamlakatni markaziy xokimiyatga buysundira oladigan darajada siyosiy va iktisodiy bazaga ega emas edilar. Bu davlatlar mamlakatdagi barcha viloyatlarning bir —biri bilan mustaxkam iktisodiy alokada bo’lib turishi asosida emas, balki xar jixatdan parchalangan feodal xujaliklar asosida vujudga kelgan edi. Shu sababli temuriylardan keyin, butun mamlakatni birlashtiruvchi, mustaxkam asosga ega bo’lgan kudratli davlat vujudga kelmadi. Bu Urta Osiyoda feodal tarqoqlikni yanada kuchayti