63
Bolalar 7–8 oylik bo‘lganida ularning
boshqalardan eshitgan
so‘zlari bilan shu so‘zlarda ifodalangan ma’no o‘rtasida dast-
labki bog‘lanishlar ham hosil bo‘ladi. Bolalar o‘zlariga aytilgan
so‘zga javoban harakat qiladigan bo‘lib qoladi. Masalan: «aya»
so‘zini aytganimizda bola boshini onasi tomonga buradi. Bu pas-
siv nutqni egallashning boshlanishidir. Keyinroq bola 9–10 oy-
lik bo‘lganida, tovushlar birikmasini taqlid yo‘li
bilan talaffuz
etadi, lekin shu tovush birikmalarining talaffuzda bo‘lishi faol
nutq boshlang‘ichi borligini ko‘rish mumkin. Xullas, bolalarning
tug‘ilish paytidan to bir yoshga to‘lguncha tovushlar chiqarib, to-
vush birikmalarini talaffuz qilib turishi, nutq apparatining faoli-
yatiga tayyorgarlik davri bo‘lib hisoblanadi. Bola tovushlari birga
qo‘shib, narsalarning nomini va o‘z fikrlarini ifodalashga kirish
-
gan paytidan boshlab, u nutqni egallay boshlaydi.
Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o‘sib borib, u
bilan chambarchas bog‘langan holda ongli nutq hamda umum-
lashtirib fikrlash, abstraksiyalash qobiliyati paydo bo‘lib boradi.
Dostları ilə paylaş: