V. S. Raxmanova



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/50
tarix08.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#128875
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
defektologiya asoslari

Labdagi nuqsonlar
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishda lablar ham faol ishtirok etadi.
1. Labning tug‘ma ikkiga bo‘linganligi lablangan barcha to-
vushlar (m, p, b, v, f) noto‘g‘ri talaffuz etilishiga olib keladi.
2. Lablarning yupqa, kaltaligi natijasida, og‘iz to‘liq yopilmay-
digan bo‘lsa, bunda lablangan tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi.
3. Lablarning haddan tashqari qalin bo‘lishi ularning kam 
ha rakat bo‘lishiga olib keladiki, bunda ham barcha lablangan 
tovush lar noto‘g‘ri talaffuz etiladi.
Yuqori labning kalta va pastki labning qalinligi ham talaf-
fuzga ba’zan ma’lum darajada ta’sir etadi.
Tanglaydagi nuqsonlar
Tanglay yuqorida aytilganidek, qattiq va yumshoq tanglaydan 
iborat. Qattiq tanglay tanglayning oldingi, harakatlanmaydigan, 
nofaol qismi. Yumshoq tanglay, ya’ni tanglay pardasi tanglayning 
orqa harakatchan, faol qismidir. Tanglay tuzilishida quyidagi 
kamchiliklar kuzatiladi:
1. Tanglay yoriq – bunda og‘iz va burun bo‘shliqlari orasi 
ochiq qoladi, natijada barcha tovushlar manqalanib, burun bilan 
talaffuz etiladi, tovushlar talaffuzidagi bunday nuqson, jumladan 
rinolaliya deb ataladi.


73
2. Yumshoq tanglay kalta, kamharakat – bunda havo oqimi 
burun bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi va barcha tovushlar burunli «M», 
«N» tovushlari kabi talaffuz etiladi.
3. Tanglay haddan tashqari baland turadi, tor bo‘ladi – bunda 
til va tanglay birikishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlar
masalan, «R», «L» kabi tovushlar noto‘g‘ri talaffuz etiladi.
4. Tanglay haddan tashqari past turadi, yassi bo‘ladi, bunda 
og‘iz bo‘shlig‘i o‘zining rezonatorlik funksiyasini, ya’ni ovoz 
kuchaytirib berish vazifasini to‘liq bajara olmaydi.
Burun bo‘shlig‘i va halqum nuqsonlari
Og‘iz hamda burun bo‘shliqlari nutqni kuchaytirib beradigan 
rezonatorlik funksiyasini bajaradi. Yumshoq tanglay pastga 
tushganda havo oqimi burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Havo oqimi 
burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida ovoz kuchayadi va ma’lum 
tusga, tembrga kiradi. Burun va halqumda turli xil shishlar 
bo‘lishi, burun to‘sig‘ining haddan tashqari qiyshayib qolishi, 
bodomcha bezlarining shishi, allergik holat, xronik tumov va 
boshqalar ham manqalanib gapirishga (yopiq rinolaliya) olib ke-
lishi mumkin.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin