76
fonemalarning akustik (tovushga oid) xususiyatlari ularning
artikulatsion xislatlari bilan belgilanadi.
Hosil bo‘lish mexanizmlariga ko‘ra fonemalar unli va undosh-
larga bo‘linadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar soni
oltita (i, e, a, o, u, o‘). Undosh fonemalar 23 ta.
Unlilar talaffuzida asosiy vazifani tovush boylamlari, til va
lablar bajaradi. Unli tovushlar talaffuzida lab har xil shaklda
bo‘ladi, ya’ni u yoyiladi yoki burishib, cho‘chchayadi. Unli to-
vushlarni talaffuz etishda til og‘iz bo‘shlig‘ida turlicha harakat
qiladi, o‘zini gorizontal harakatidan oldinga cho‘ziladi yoki orqa-
ga tortiladi, vertikal harakatdan esa tanglay tomon ko‘tariladi
yoki pastki jag‘ bilan birgalikda quyi tushadi. Unlilar bo‘g‘izda
hosil bo‘ladigan, og‘iz bo‘shlig‘ida turli tusga kiradigan sof ovoz-
dangina iborat bo‘lgan tovush yoki fonemalardir.
Unli tovushlar til harakatiga nisbatan olinganda uch toifaga
bo‘linadi:
1. Tilning gorizontal harakatiga aloqador tovushlar.
2. Tilning vertikal harakatiga aloqador tovushlar.
3. Lablar ishtirokiga aloqador tovushlar.
Tilning gorizontal harakatiga aloqador unlilar 2 guruhga
bo‘linadi: til oldi yoki old qator unlilar – i, e, a; til orqa yoki orqa
qator unlilar – o, u, o‘.
Tilning vertikal harakatiga va og‘iz ochilish darajasiga aloqa-
dor unlilar 3 guruhga bo‘linadi: a) yuqori (tor) unlilar – i, u; b)
o‘rta (keng) unlilar – e, o‘; d) quyi (keng) unlilar – o, a.
Lablar ishtirokiga aloqador unlilar 2 guruhga bo‘linadi: lab-
langan – o‘, u, o va lablanmagan – i, e, a unlilar.
Dostları ilə paylaş: