121
uzoq vaqt davomida ko‘p marta berilib turish ovozning u yoki bu
darajada buzilishiga olib keladi.
Ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari
ovoz buzilishlarining oldini olishlari kerak. Profilaktika ish
-
lari ilk bolalik chog‘idan
boshlanadi, bunda ovoz rivojlanishida
bo‘lib o‘tadigan mutatsiya davri alohida ahamiyat kasb etadi.
Profilaktika ishlari nuqsonlarning
oldini olish, sog‘lom ovoz
-
ni
tarbiyalash, ovozni mashq qilib borishni o‘z ichiga oladi.
Umumgigiyena talablariga rioya qilish, organizmni shamollash-
dan saqlash kabi ehtiyot choralari
ham profilaktika jumlasiga
kiradi. Mumkin qadar baland ovozda gapirmaslik, ayniqsa gripp,
laringit kasalliklari vaqtida ashula, she’rlar aytishdan saqla-
nish kerak. Uzoq vaqt tinmay qo‘shiq aytish ham ancha zararli.
Bundan
tashqari, yugurishdan so‘ng va qattiq hayajon vaqtida
ashula aytmaslik lozim, chunki bunda nafasga zo‘r kelib, ovoz
noto‘g‘ri hosil bo‘ladi. Ovoz apparatidan o‘z o‘rnida
foydalanish
zarur. Boshqa ovoz diapazonida gapirishga harakat qilish, ashula
aytish repertuarini noto‘g‘ri tanlash ham ovozda o‘zgarishlar ro‘y
berishiga olib keladi.
O‘smirlar esa, ovoz mutatsiyasi davrida ma’lum muddat
past roq ovozda gapirishadi, ashula
aytmasliklari maqsadga mu-
vofiqdir.
Xronik tonzillit, adenoid, poliplarga vaqtida davo qilish va
bularning oldini olish, vaqt-vaqti bilan otolaringolog tekshiru-
vidan o‘tib turish ham ovoz nuqsonlari profilaktikasiga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: