Texnologiyaning tavsifi: Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgna bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu texnologiya o‘quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardaen nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta'sir eta olishga, uni ma'qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanilishi: Ma'ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida ham qo‘llash mumkin.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Mavzular soniga ko‘ra o‘quvchilar 3-5 kichik guruhlarga ajratiladi.
Mashg‘ulot maqsadi va uni o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.
Har bir guruhga qog‘ozning chap tomonida kichik mavzu yozilgan varaqlar tarqatiladi.
O‘quvchilarning kichik mavzu bo‘yicha fikrlarini qog‘ozning o‘ng tomoniga yozish uchun vaqt belgilanadi.
Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng, ketma-ketlik asosida guruh vakillari o‘z ishlarini taqdimot qiladilar.
Tayyorlangan ishlar doskada ketma-ketlikda(tagma-tag), ya'ni zina shaklida ilib qo‘yiladi.
O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh beradi, ularni baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Masalan, 8-sinfda Adabiyot darsida “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi” mavzusini o‘tishda “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalanish samarali natija beradi.
Dastlab o‘qituvchi o‘quvchilarga A.Navoiyning hayoti va ijodiga doir darslikdagi ma'lumotlarni, quyi sinflarda o‘rganilgan bilimlarni, shuningdek, kutubxonadan va internetdan mavzuga doir ma'lumotlarni o‘rganib kelish topshiriladi.
Darsga tayyorgarlik ko‘rish davomida o‘qituvchi asosiy mavzuni quyidagi kichik mavzularga bo‘lib chiqadi va tarqatma materiallar tayyorlaydi. Masalan,
1-guruhga:
2-guruhga:
A.Navoiyning yoshlik yillari va devonlari haqida
|
|
3-guruhga:
A.Navoiy - davlat va jamoat arbobi.
|
|
4-guruhga:
A.Navoiy asarlari haqida.
|
|
5-guruhga:
A.Navoiy hayotining so‘nggi yillari va uning nomini abadiylashtirish maqsadida dunyo va yurtimizda olib borilgan ishlar.
|
|
O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini 5 guruhga bo‘lib, ularga tarqatma materiallarni tarqatadi va vaqt belgilaydi. (5-6 daqiqa). Vaqt tugashi bilan barcha guruhlar o‘z ishini yakunlaydi va har bir guruhdan spiker belgilanadi hamda 1-guruhdan boshlab taqdimot qiladi. Taqdimot uchun ham 2-3 daqiqa vaqt belgilash zarur. Guruh ishlari doskaga tagma-tag ilinadi:
Barcha guruhlar taqdimot qilib bo‘lgandan so‘ng, o‘qituvchi guruhlar ishini umumlashtirib, xulosalaydi. Aytilmagan fikrlar, yangi ma'lumotlar bo‘lsa, o‘qituvchi kichik ma'ruza sifatida aytib o‘tadi. Faol guruhlar rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, ona tili darslarida ham mazkur texnologiyadan foydalansa bo‘ladi. Masalan, 9-sinfda 58-darsda “Nutq uslublari haqida ma'lumot” mavzusi o‘rganiladi va keyingi darslarda so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy, rasmiy uslublar haqida 59-63-darslarda ma'lumot beriladi, matnlar tuzib, ular ustida ish olib boriladi. 64-darsda “Nutq uslublari” mavzusini mustahkamlash uchun 1 soat vaqt ajratilgan. Mazkur darsni “Zinama-zina” texnologiyasi asosida quyidagicha o‘tkazish mumkin:
Sinf o‘quvchilari 5 guruhga bo‘linadi va har bir guruhga quyidagi tarqatmalar tarqatiladi.
Dostları ilə paylaş: |