Agar biz o‘rgangan adabiyot namunalarini sinchiklab
kuzatsak, ularda ham adiblar loflardagi usuldan foydala
-
nishganiga guvoh bo‘lamiz. Bunday namunalarda asar
mualliflari munozaraga kirishgan ikki qahramondan biri
-
ning topqirligini, zukkoligini ko‘rsatadi.
Masalan
, Alisher
Navoiy yozgan «Farhod va Shirin» dostonidagi Xisrav bilan
Farhod o‘rtasidagi munozarada Farhod zolim shohning har
bir savoliga mantiqli javob beradi.
Dedi: «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast».
Dedi: «Ruh ermas erdi tang‘a payvast».
Xisrav qarshisida turgan Farhodni mensimay, uning
qachondan ishq dardiga mubtalo bo‘lganini so‘raydi. Bu
so‘roqda Xisrav o‘zining Farhoddan ancha oldin Shiringa
ko‘ngil qo‘yganini ta’kidlash ma’nosi ham yo‘q emas.
Ammo Farhodning javobi Xisravni mot qiladi. Chunki
Farhod o‘z gapida ishq dardiga tug‘ilmasdan oldin mubta-
lo bo‘lganini aytgan edi. Alisher Navoiy bu lavhada xalq
og‘zaki ijodidagi loflardan foydalangan bo‘lsa ajab emas.
Shunday qilib, loflarda o‘zbekning kulgiga moyil xalq
ekani yana bir bor namoyon bo‘ladi. Loflar xalqimizning
zukkoligini, fikrlash chegarasi beqiyos ekanligini, so‘zga
chechan va hozirjavobligini dalillovchi janrlardan biri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: