MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari bo’yicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar.
MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTM da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:
Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachi bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachi bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.