Xalqaro Nordik Universiteti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#135795
  1   2
Raximova Fotima(punktuatsiya)

Xalqaro Nordik Universiteti

Raximova Fotima

Punktuatsiya - tinish belgilari


Oʻzbek tilida asosiy tinish belgilar 10 ta
1. Nuqta (.);
2. Soʻroq belgisi (?);
3. Undov belgisi (!);
4. Vergul (,);
5. Ikki nuqta (:);
6. Nuqtali vergul (;);
7. Koʻp nuqta (…);
8. Tire ( – );
9. Qavs ( () );
10. Qoʻshtirnoq (“”).
Punktuatsiya
lot. punctum — nuqta; kichkina dogʻ
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyani vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
1) Alifbodan tashqari boʻlgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi boʻlib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. Punktuatsiyaning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirishdir;
2) Yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar;
3) Punktuatsiyatizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.
Punktuatsiya
Punktuatsiya Tarixi
Punktuatsiya tarixi, punktuatsion tizimniig paydo boʻlishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon boʻladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan.
Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir. Oʻz navbatida, muayyan tiddagi Punktuatsiya anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin