Mustaqil ishi badiiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari



Yüklə 315,86 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü315,86 Kb.
#127491
  1   2   3
MUSTAQIL ISH Tilshunoslik 107



107-Guruh talabasi
Rustamova Oyishaxonning
Tilshunoslik fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi


BADIIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
2.Badiiy uslubda ichki bo’linishlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Iminov M,Numonov T,Boboxonova D “O’zbek tili uslubiyati masalalari”(o’quv-uslubiy qo’llanma).- “Namangan”nashriyooti 2007y.
2.Erkaboyeva N ”O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami” (o’quv qo’llanma).- Toshkent: “Yosh kuch” 2021y.


Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi.

Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari:
*Obrazlilik va estetik ta’sir etish;
*Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari shundaki,unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga o’zbek shevalariga , kasb –hunarga doir leksik birliklar,bugungi kundalik iste’molidan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi.
*Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish) dan tashqari o’quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv ) vazifasini ham bajaradi.

*Badiiy uslub uchun obrazlilik , tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir.
*Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub , ulardan farqli ravishda ,inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi . Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham,rasmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham,so’zlashuv uslubning ham elementlari namoyon bo’laveradi.
*Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi , turli ifodaviy vositalarni qo’llashi yoki o’zi yangilarini yaratishi mumkin bo’ladi. Shuning uchun bu uslubda yozuvchilar mavjud so’zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o’ziga xos so’z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon etishga xizmat qiladi.
*Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko’lami,ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o’ta qamrovli va boy nutq ko’rinishidir.
Badiiy uslubuslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning g’oyaviy mazmuni va o’z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda ham qo’llashi mumkin. Masalan, O’ktam Usmonovning “Girdob” romanida qishloq xo’jaligiga oid terminlar , ilmiy ma’ruza (nutq) ko’p uchraydi.
Badiiy uslubning asosiy xususiyati – bo’yoqdor til birliklaridan , ko’chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi.
Bu uslubda jumlalarning qisqargan shakli , ritorik so’roq gaplar, yig’iq va to’liqsiz bo’laklar, o’rni almashgan bo’laklar cheklanmagan holda qo’llaniladi. Badiiy uslub inson amaliy faoliyatining barcha sohasini qamrab olishi, umumga qaratilganligi, barcha kasb egalari uchun mo’ljallanganligi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanib turadi. Badiiy uslubda hayot voqealari va kishilar to’g’risida oddiy axborot berilmaydi , aksincha, ular o’quvchi ko’z o’ngida , jonli tarzda , so’z bo’yoqlari yordamida barcha detal va xarakter xususiyatlari xayol pardasi ortida gavdalantirilib, o’quvchida estetik zavq uyg’otiladi , salbiy yoki ijobiy shaxs , hodisalarga nisbatan jiddiy qarash , kurash tuyg’usi hosil etiladi,shuningdek o’quvchi voqelik ichiga tortiladi va natijada yuksak badiiy zavq oladi.
Demak,badiiy uslubning vazifasi estetik zavq va voqelikka biror munosabat uyg’otishdir.

Yüklə 315,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin