2.Til vositalaridan erkin foydalaniladi. Badiiy asarlarda adabiy tilga xos til birliklari,shuningdek, adabiy tildan tashqarida bo’lgan sheva, oddiy nutq , jargon kabilarga xos so’zlar bo’lishi mumkin. Bu uslubda muallifning o’z bayoni adabiy til me’yorlarida bo’ladi. Ammo asarda ishtirok etuvchilarning nutqida ularning xususiyatlarini ifodalash uchun adabiy til bo’lmagan til birliklaridan ham foydalaniladi . Masalan , yozuvchi Abdulla Qahhorning “Be’mor” hikoyasida farg’onalik yosh go’dak nutqini shunday ifodalagan: Xudoyo, ayamdi daydiga davo beygin. 3.Badiiy asarda tasvirlanayotgan davrning ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo’lgan so’z va iboralardan foydalaniladi. 4.Sonlar raqam bilan emas , so’z bilan ifodalanadi. 5.Badiiy asarlar badiiy uslubda yoziladi.