2.Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar: Faoliyatning samaradorligi va natijaviyligini, uzviy aloqadorlik va bog‘lanishlardagi omilli tahlilini amalga oshirishda matematik usullardan foydalanish, analitik ishlar sifatligini, tahlilning chuqurligini va masalaning qanchalik chuqurligini ham ta’minlab beruvchi muhim omildir. Iqtisodiy matematik usullar masalani yechishning kompyuter algoritmini shakllantirishda ham qo‘l keladi. Iqtisodiy matematik usullar vaqt mezoni bo‘yicha, tezlik, aniqlik masalasida, dasturlash va natijalarni mayda birliklariga qadar aniqlanishi sababli samaradorligi yuqori turadi. Iqtisodiy matematik usullar iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Moliyaviy tahlilda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiy-matematik modellar tuzish, axborot manbalarini takomillashtirish, xodimlar malakasi va shu kabilar. Matematik usullarning integral, logarifm, korrelyatsion, regretsion, matematik dasturlash, nazariy o‘yin turlarini tarkiblash mumkin. 3.
Ko’rsatkichlar
O’tgan yil
Haqiqatda
Farqi (+;-)
Ishchilar soni, kishi (X)
235
240
5
Bir ishchining o’rta ishlagan ish kunlari soni, kun hisobida
275
278
3
Bir ishchi tomonidan o’rtacha kunlik ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ming so’m (Um)