Xx asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri


XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri



Yüklə 215,69 Kb.
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü215,69 Kb.
#125955
1   2   3   4
10-mavzu

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.

  • Sug‘oriladigan paxta maydonlarining keskin ko‘payishi aynan XX asrning 30-yillarida ro‘y berdi. Jumladan, 1929 - 1932 yillarda O‘zbekistondagi paxta ekin maydonlari 530 000 gektardan 928 000 gektarga oshdi. Natijada, bu paytga kelib paxta xomashyosini etishtirish 520 000 tonnadan 753 000 tonnaga ortdi. O‘zbekistonda 1932 yilda sotsialistik sektor va paxta mahsulotining salmog‘i 86 foizga etdi. Bu yillarda paxtachilik sohasida xam ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jamoa xo‘jaliklari misolida paxta yakkaxokimligi o‘rnatilishi tendensiyasini ko‘rish mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston Kompartiyasi «...ba’zi rayonlarda, ayrim kolxozlarda haddan ziyod paxta yakkaxokimligiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib (kolxozlardagi paxtachilikning salmog‘i 90 foiz va undan yuqori, rayonlarda esa 85 va undan yuqori foizni tashkil etgan), bu esa kolxozlar xo‘jaligini sindirayotganligini» tan olishga majbur bo‘ldi.

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.

  • G‘alla maydonlarining kamayib borishi hamda paxta maydonlarining oshib borish tendensiyasi keyinchalik ham barqaror xususiyat kasb etdi. Masalan, g‘alla turlarining ekin maydoni 1940 yilda 1 479 900 gektarni, g‘o‘za ekin maydoni esa 923 500 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 yilga kelib g‘alla ekin maydonlari 894 800 gektargacha kamaytirilgan, paxta etishtirish maydonlarining ortishi hisobiga ushbu ekin turi esa 1 386 600 gektarga etkazildi.
  • SHunday qilib, O‘zbekistonda paxtachilik sohasining sotsialistik asosda rivojlantirilishi «SSSRning paxta mustaqilligini qo‘lga kiritishida hal qiluvchi rol o‘ynadi». Markaz doimo respublikaning Moskva oldidagi baynalmilal burchi haqida eslatib, O‘zbekiston rahbariyatidan paxta etishtirishni oshirib borishni yanada ko‘proq va qattiqroq talab qila boshladi.

XX asrning 45-80-yillarida O'zbekiston sanoati rivojlanishining bir tomonlama xarakteri.

  • O‘zbekiston rahbariyati Sovet hukumati tomonidan tushirilgan, lekin bajarishning imkoni bo‘lmagan paxta etishtirish rejalariga doim rozi bo‘lgan, deb qat’iy ta’kidlay olmaymiz. Masalan, sovet totalitar rejimining qattiqqo‘lligiga qaramay, respublikaning siyosiy rahbariyati reja topshiriqlarini kamaytirishni so‘ragan. Jumladan, 1935 yilda Markaz tomonidan O‘zbekiston uchun paxta xomashyosi tayyorlash rejasi tushirilib, u 910 000 tonna qilib belgilangan. Respublikaning o‘sha paytdagi Fayzulla Xo‘jaev va Akmal Ikromov kabi siyosiy rahbarlari O‘zbekistonning iqtisodiy va insoniy resurslarini hisobga olmay asossiz ravishda belgilangan rejaga nisbatan o‘zlarining nuqtai nazarlarini oshkora aytishga jazm etganlar. Natijada, reja 15000 tonnaga kamaytirilgan. Moskva uchun O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlantirilishi faqatgina iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmay, siyosiy va mafkuraviy ahamiyat ham kasb etardi. Masalan, uning amalga oshirilishi jarayoni dinga qarshi targ‘ibot sifatida ham qaralgan. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining VI Plenumida (1940 yil yanvar) «VKP(b) va SSSR XKSning O‘zbekistonda paxtachilikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi tarixiy qarorini bajarish uchun umumxalq harakatini tashkil qilish sezilarli darajada O‘zbekistondagi partiya tashkilotlarining insonlar ongidagi kapitalizm qoldiqlari, diniy sarqitlar va ayollarga nisbatan feodal boylarcha munosabatlarga qarshi kurashni qay darajada tashkil etishi va boshqara olishiga bog‘liq bo‘ladi», deb ta’kidlangan.

Yüklə 215,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin