Y o’nalish guruhi nomi: 101-guruh Bank va audit iqtisodiyot nazariyasi fanidan



Yüklə 336,97 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü336,97 Kb.
#119098
Huawei



Y o’nalish guruhi nomi: 101-guruh Bank va audit

iqtisodiyot nazariyasi fanidan

MUSTAQIL ISH


Bajardi: Ubaydullayev Sa’dulla

Qabul qildi: Isroilova M.R.



Toshkent 2022





Reja:

1. Huawei kompaniyasi O'zbekistonda

2. Ijtimoiy Mas'uliyat

3. O'zbekistonda bizning muhim loyihalarimiz








Huawei kompaniyasi – infokommunikatsiya yechimlarini yetkazib berish bo’yicha dunyoda yetakchi kompaniya, maqsadi – to’liq bog’langan intellektual olamni yaratish uchun har bir inson, har bir uy va tashkilotga raqamli xizmatlarni olib kelish. Bizning, mijozlarning ehtiyojlariga yo’naltirilgan, innovatsiyali ishlanmalarimiz va rivojlangan hamkorlik tarmog’i tufayli, biz telekommunikatsiya tarmoqlari, terminal yechimlar va bulutli hisoblash tizimlarini ishlab chiqishda yuqori natijalarga erishdik. Butun dunyo bo’yicha Huawei ning 180 ming xodimi, operator, korxona va yakuniy foydalanuvchiga raqobatbardosh yechim va xizmatlar taqdim qilgan holda, ular uchun maksimal foydali sharoit yaratishga intilishadi. Huawei ning 2017-yilda sotuvlar hajmi 92,5 mlrd.doll.ni tashkil qildi va kompaniya Interbrand (top brendlar reytingini aniqlovchi) ro’yxatida 68-o’rinni egalladi.
Yer shari aholisining uchdan bir qismi, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida bizning innovatsiyali maxsulot, yechim va xizmatlarimizdan foydalanadi. 1987-yilda asos solingan Huawei kompaniyasi, to’liqligicha o’z xodimlarining qo’l ostida bo’lgan xususiy kompaniya hisoblanadi. Huawei kompaniyasi O’zbekiston bozorida 1999-yildan buyon mavjud. Biz mahalliy aloqa operatorlari, internet xizmatlar provayderlari, tizimli integratorlar va davlat kompaniyalari bilan hamkorlikni amalga oshiramiz. Biz AKT sohasi va media makonda iqtidorlilarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek Xitoyda industriya vakillari bilan tajriba almashishga yo’naltirilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan holda, ijtimoiy-korporativ mas’uliyatga katta e’tibor qaratamiz.
Huawei kompaniyasi O'zbekistonda

  • 1999-yilda vakolatxonaga asos solinishi

  • 2005-yilda XK MChJ Huawei Tech Investment Tashkent 

  • 300 xodim; 60% mahalliy ishchi-mutaxassislar

  • Huawei shtab-kvartirasining tender markazi butun dunyo bo'ylab kompaniyaning ofislariga tenderlarda ishtirok etish bo'yicha yordam ko'rsatish uchun

  • O'zbekiston aholisining yarmidan ortig'i Huawei qurilmalari asosidagi aloqa xizmatlaridan foydalanadi

  • 2014-yilda TATU bilan «Seeds for the Future» ("Kelajak nihollari") dasturi bo'yicha kelishuv imzolangan;

  • Huawai qo'llab-quvvatlashi yordamida tashkil qilingan ilmiy va amaliy loyihalarda faol ishtirok etgan o'qituvchilarga har yilgi mukofotlar va talabalarga rag'batlantiruvchi stipendiyalar topshirilgan;

  • 2017-yilda TATU ning 10 ta talabasi "Seeds for the Future" dasturi bo'yicha "Один пояс - одна дорога" ("Bir makon - bir yo'l") xalqaro forumiga jo'natilgan va unda qatnashishga munosib deb topilgan;

Atrof-muhit muxofazasi


  • Huawei kompaniyasi BMT ning 2004-yildagi Global Shartnomasiga qo'shilgan hamda O'zbekiston Respublikasi va dunyo operatorlariga tabiiy gaz iste'moli va sarfini qisqartirishda yordam bergan holda, yuqori texnologik yechimlarni taqdim qilmoqda.

  • 2015-2016-yillarning hisobotlariga ko'ra, biz o'zbek mobil operatorlariga elektr energiyasi iste'molini 21% ga kamaytirishda yordam berganmiz;

Ijtimoiy Mas'uliyat


  • AKT sammit va Oʻzbekiston AKT Koʻrgazmalarining homiyligi, 2015, 2016, 2017

  • TATU va INHA talabalariga Stipendiyalar taqdim etish, shuningdek 10 ta talabaga har yili Xitoyda amaliyot taqdim qilish;

  • TATU va O'zbekistonning 5 ta banki uchun video-konferensiya tizimining xayriya yo'li bilan sovg'a qilinishi;

  • HAINA - TATU qoshida Huawei vakolatli akademiyasining ochilishi

  • Kompaniyaning hamkor va mijozlari uchun - innovatsiya markazining ochilishi (showroom)

  • TATUda, Toshkent 59-son maktabida, International House litseyida "Aqlli sinflar"ning ochilishi

  • O'zbekiston Stol tennisi federatsiyasini qo'llab-quvvatlash

  • O'zbekistonda Boks Milliy Federatsiyasi bilan hamkorlik

  • Osiyoda FIFA ning eng yaxshi Referisi Ravshan Ermatov bilan hamkorlik

  • 2016 va 2017-yillarda Huawei kompaniyasi "O'zbekistonning eng innovatsion brendi" deb tan olindi

  • Markaziy Osiyo innovatsiyalar kunining nishonlanishi (2018)

O'zbekistonda bizning muhim loyihalarimiz


  • AK "O'zbektelekom" qoshida Milliy Mobil aloqa operatori "Uzmobile" tarmog'ining yaratilishi

  • AK "O'zbektelekom" Ma'lumotlarni qayta ishlash va Saqlash Markazining yaratilishi (2015)

  • Viloyatlarda yuqori tezlikli Internet (EVDO texnologiyasi) xizmatini taqdim etish bilan "Uzmobile" (CDMA 450) mobil tarmog'ining rivojlantirilishi (2015)

  • AK "O'zbektelekom" magistral tarmoqlarining O'zbekiston Respublikasining tuman markazlarigacha kengaytirilishi va mustahkamligini oshirilishi

  • FTTx texnologiyasi bo'yicha keng polosali optik tarmoqlarning rivojlantirilishi

  • UMS bilan birgalikda qishloq joylarda RuralStar loyihasining birinchi bor ishga tushirilishi

  • Beeline Uzbekistan bilan birgalikda birinchi marta 5G ning ommaviy sinovi



Foydalanilgan adabiyotlar
https://www.huawei.com/
Yüklə 336,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin