Yaponiyada maktabgacha ta`lim va tarbiya berish usullari



Yüklə 489 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü489 Kb.
#133432
  1   2   3   4

Yaponiyada maktabgacha ta`lim va tarbiya berish usullari
Nodira Imixonova Sayidburxon qizi
Namangan davlat universiteti
Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi
stajyor o`qituvchisi
+99899-831-00-93
Annotatsiya
Ushbu maqolada insoniyatning eng buyuk va eng birinchi vazifasi bo`lmish farzand tarbiyasiga yondashuvning eng go`zal usullari haqida so`z yuritiladi. Insonni hech bir narsa yaxshi axloqchalik aziz va mukarram qila olmaydi. Axloq insonning e'tiqodi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham xalq orasida, axloqsizning dini yo'q deyiladi. Husni xulq qadimdan insonlarning eng muhim bezagi bo'lib kelgan. Algebra fanining asoschisi, buyuk mutafakkir bobomiz Al-Xorazmiy "Komil insonni 1000 bilan baholaymiz, insonning yaxshi xulqi uchun unga "1" ni beramiz, kelib chiqishi, nasli tozaligi uchun "1" ning ortiga bitta "0" yozamiz, "10" hosil bo'ladi, agar inson chiroyli husnga ega bo'lsa "10"ning ortiga yana bitta "0" yozamiz, "100" hosil bo'ladi, agar inson ilmli va boy bo'lsa, "100"ning orqasiga yana bitta "0" yozamiz, "1000" ya'ni komil inson hosil bòladi. Lekin "1000" sonidan "1"ni , ya'ni yaxshi axloqni olib tashlasak, "0"lar qanday ahamiyatga ega bo'ladi. Hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi" deya fikr bildirib, yaxshi xulqsiz insonning boshqa yutuqlarini nolga tenglashtiradi. Yaxshi xulq esa insonning hayo, iffat, or-nomus kabi eng muhim fazilatlarga egaligi bilan baholanadi. Shu boisdan ham ushbu maqola orqali dunyoning eng go`zal xulqli millatlaridan biri bo`lmish Yapon millatida bolalarga tarbiya berish usullari yoritiladi.
Kalit so`zlar

amae”, Oilaning yuqori ahamiyati, Shaxsiy misol, Hissiyotlarga munosabat, “Ikudzi” tizimi: xudo, xizmatkor va teng, “Ikudzi” tizimi: xudo, xizmatkor va teng


Kirish
Yapon bolalari tarbiyali, odobli, oqko‘ngil va kamdan-kam hollarda o‘z hissiyotlari ustidan nazoratni yo‘qotadi. AdMe nashri ana shunday mustahkam tarbiyaning besh sirini taqdim etdi. Ona va bola juda yaqin: “amae”ning muhimligi Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko‘tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko‘tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko‘plab eslatmalarni topish mumkin. Ona-bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g‘amxo‘rlik bilan qabul qiladi.
“Ikudzi” prinsipiga asosan (bola avval xudo, keyin xizmatkor), besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko‘plab xorijliklar o‘ylaganidek irodasizlik va bo‘ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi.

Bunday munosabat “amae”ning shakllanishiga hissa qo‘shadi. Bu so‘zning boshqa tillarda muqobili yo‘q. “Amae” — bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar asosi bo‘lib, bolalar to‘laligicha ota-onalariga va ularning mehriga suyanishi mumkin. Qariyalar esa katta yoshli bolalaridan xuddi shu narsani qabul qilib oladi.


Aslida, “ikudzi” falsafasi inson manfaatlari ikkinchi darajaga tushadigan jamoaviy jamiyat a’zolarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Bu o‘ziga xos stress, yapon ota-onalar shunday sharoitlarda tizimda o‘z o‘rnini topadigan va o‘z qadrini yo‘qotmaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashga harakat qiladi.

Birinchi bosqichda (xudo) ular bolani cheksiz mehr va ko‘mak bilan o‘rab oladi. Ikkinchi bosqichda (xizmatkor) bu mehr hech qayerga ketmaydi, shunchaki bola jamiyat qoidalarini faol o‘rganadi va unda o‘z o‘rnini topishga harakat qiladi. Bunda dastlabki yillarda shakllangan onaga kuchli bog‘lanish bolaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bola onasining jahlini chiqarmaslik uchun o‘zini to‘gri tutishga harakat qiladi.


Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas.
Uchinchi bosqichda (teng) bola jamiyatning shakllangan a’zosi hisoblanadi. Uni tarbiyalashga kech bo‘ladi va ota-onalar o‘z urinishlari hosilini yig‘ib olishi kerak bo‘ladi.

Yüklə 489 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin